O‘lkashunoslik kartotekalari
Bu mazmunan aniq olingan bir hudud (viloyat, tuman,
shahar va b.)ga oid bo‘lgan materiallarning bibliografik kartote-
kasidir. Unga shu joyning iqtisodi, ekologiyasi, madaniyati,
san’ati, adabiyoti, tarixi, tabiiy boyliklari, milliy qadriyatlari,
adabiy hayoti va boshqa masalalarga oid materiallar kiritiladi.
Buning uchun barcha manbalar o‘rganiladi va hujjatlar yig‘iladi.
Kartoteka tashkil etishning muhim jarayoni uning sxemasini
ishlab chiqishdir (rubrikator). Bunda asosiy bo‘limlar quyi-
dagicha tashkil etilishi mumkin: umuman, o‘lka haqida, o‘lka
tarixi, tabiati, tabiiy boyliklari, iqtisodi, ekologiyasi, sog‘liqni
saqlash, tibbiyot, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayoti,
madaniy va ilmiy hayoti, maorif va boshqalar. Har bir bo‘lim
umumiydan xususiyga qarab joylashtiriladi. Bibliografik yozuvlar
annotatsiyalar, qisqa sharhlar bilan to‘ldiriladi. Kichik tuman va
shahar kutubxonalarida „O‘lkamiz hayotidan“, „Chirchiqlik
ijodkorlar“, „Bizning qahramonlarimiz“, „Shahrimiz shoirlari“
kabi mavzularda kartoteka tashkil etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |