Bibliografiya lat p65


Bibliografiya ishini tashkil etish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/149
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#206662
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   149
Bog'liq
bibliografiya

Bibliografiya ishini tashkil etish
Bibliografiya tushunchasi axborotlar infratuzilmasini, ya’ni
iste’molchilarning axborot resurslariga kirib borishlarini ta’minlay-
digan axborot markazlari, ma’lumotlar bazasi, banki, aloqa
tizimi tushunchasi bilan bog‘liq. Buni anglash uchun quyidagi
tushunchalarni alohida ko‘rib chiqamiz:
Axborot markazi — axborotni yig‘ish, analitik-sintetik tahlil
qilish, qayta ishlash va tarqatish vazifasini bajaruvchi tashkilot.
Axborotni tahlil qilish markazi — aniq bir bilim sohasi bo‘yicha
axborotni to‘plash, yig‘ish, saqlash, baholash, tahlil qilish
maqsadida tashkil etilgan tashkilot yoki bo‘lim.
Axborot almashuv markazi — tijorat asosida boshqa markazlar
uchun zarur axborotni tarqatish bilan shug‘ullanuvchi axborot
markazi.


155
Bibliografik markaz — bibliografik axborotni ishlab chiqish,
to‘plash, qayta ishlash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi axborot
markazi. Bundan tashqari, axborot agentliklari mavjud, ular u
yoki bu yo‘nalishda axborotni qidirish, to‘plash, tanlash va
tarqatish bo‘yicha tijorat asosida ish olib boruvchi tashkilot yoki
shaxslar.
Jamiyatning axborotlashib borishi bilan kutubxonalar ham
axborot-resurs markazlari va axborot-kutubxona markazlari sifatida
mas’uliyatini oshirib bormoqdalar. Chunki asosiy axborot man-
balari — turli xil hujjatlarning aynan kutubxonalar fondida yig‘ilishi
sir emas.
Axborotlashtirish — axborot resurslariga tezkorlik bilan kirib
borishni ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksidir. Kutub-
xonalar tajribasida bu butun kutubxonachilik va bibliografik ish
jarayonlarini avtomatlashtirish va yangi zamonaviy texnologiyalar
asosida axborot markazlarini tuzishdan iborat.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling