Bibliografiya lat p65


Badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikka oid MBX


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/149
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#206662
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   149
Bog'liq
bibliografiya

Badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikka oid MBX
Badiiy adabiyot ko‘pchilikni qiziqtirgani uchun ham unga
oid so‘roqlar ko‘p uchraydi. Bibliografik qidirish tajribasidan
ma’lumki, bunday so‘roqlar juda xilma-xil va ularni quyidagicha
guruhlashtirish mumkin: yozuvchilar va ularning asarlari; sarlav-
hasi bilan kitobxonga ma’lum bo‘lgan badiiy asar; aniq bir
mavzuga oid badiiy asar; aniq bir janrga oid badiiy asar; aniq
milliy adabiyot namunasi; adabiyot nazariyasi va tarixi bilan
bog‘liq adabiyotshunoslikka oid asar; o‘lkashunoslik xarakteridagi
adabiy so‘roq; faktografik so‘roq.
Ularning har birini bajarishda so‘roq maqsadini, axborot
talabgorining tayyorgarlik darajasini, qidirish manbasini, xususiya-
tini bilish, ulardan foydalanish malakasini egallagan bo‘lishi
shart. Qidirishning asosiy manbasi kataloglar, jurnal va to‘p-
lamlardagi maqolalar yoki umumiy kartotekadagi tegishli bo‘limdir.
Bibliografik qidirish jarayonida kitobxonlarning o‘zlariga
ma’lum bo‘lgan asarlarni sarlavhasi bilan so‘rash hollari ko‘p
uchraydi. Bunday paytda badiiy asarlarning sarlavhalar kartote-
kasidan foydalaniladi. Aniq bir mavzuga oid yozuvchilarning
asarlarini qidirishda mavzuli bibliografik so‘roq bajariladi. Bunda
bibliografik so‘roqning xronologik va milliy chegarasi, ko‘pincha,
qiyinchilik tug‘diradi. Aniq janrga oid so‘roq bilan kitobxon
murojaat qilsa, bu ham mavzuli bibliografik so‘roq kabi baja-
riladi. Qidirish manbasi sifatida umumiy katalog, boshqa turdagi


188
bibliografik kartotekalar, ma’lumotlar bazasi, badiiy asarlar
kartotekasi, tavsiya va boshqa bibliografik qo‘llanmalar tavsiya
qilinadi. Milliy adabiyot namunalari so‘ralganda yana umumiy
katalogga murojaat qilinadi yoki elektron katalogdan foyda-
laniladi. KBK jadvali asosida milliy adabiyotlar guruhlashtiriladi,
hamda boshqa xalqlar adabiyoti, masalan, qozoq, qirg‘iz, tojik,
nemis, ingliz adabiyoti tegishli bo‘limlarda joylashtiriladi.
Shuning uchun kutubxonalarda mavjud an’anaviy va elektron
katalog yordamida kitobxon so‘rog‘i bajariladi. Shu kabi boshqa
so‘roq turlari ham tegishli manbalar yordamida ijro etiladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling