20
dastur asosida olib boriladi.
Bibliografik qidiruvning umumiy
dasturi o‘ziga xos mantiqiy zanjirni
hosil qiladi va maqsadga
hamda ilmiy natijalarga erishishga qaratilgan bo‘ladi.
Bibliografik
ishlov —bibliografik yozuvni kutubxonaning an’anaviy katalogida,
kartotekalar, bibliografik ko‘rsatkichlar, qo‘llanmalar va zamo-
naviy elektron katalogda aks
ettirish uchun bajariladigan
jarayonlar yig‘indisi. Bibliografik ishlov bibliografik tavsifni
tuzish, bibliografik yozuv elementlarini aniqlash,
tavsif boshini
shakllantirish, indekslash, annotatsiyalash yoki referat tuzish va
boshqa elementlarni berish bo‘lib,
uning maqsadi hujjatni
tanlash, o‘rganish, o‘qish, ko‘rib chiqish, qo‘shimcha materiallar
bilan tanishish, asar haqidagi ma’lumotlardan
foydalanish,
tanqidiy maqolalarni ko‘rib chiqish jarayonida u haqda to‘liq
axborot tayyorlash va uni iste’molchiga yetkazish maqsadida
chiqish ma’lumotlarini tayyorlashdan iborat. Asarni indekslashga
asarni mazmuniga ko‘ra bilim sohalari yoki fan tarmoqlari bo‘yicha
sistemalashtirish va predmetlashtirish kiradi.
Sistemalashtirish —
belgilangan axborot-qidiruv tili qoidasiga ko‘ra indekslar qo‘yib
chiqish va shu asosda tartiblashtirishdan iborat.
Predmetlashtirish —
predmet rubrikalari tili yordamida predmetli indekslash.
Bib-
Do'stlaringiz bilan baham: