Big data— bu uchta operatsiyani bajarishga mo'ljallangan texnologiyalar to'plami


AT infratuzilmasiga xizmat ko`rsatishning yuqori sifati


Download 0.79 Mb.
bet22/32
Sana30.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1141866
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash

2. AT infratuzilmasiga xizmat ko`rsatishning yuqori sifati
Xizmat ko`rsatish sifatini baholash uchun Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Infrastructure Optimization Model (IOM) modеli namunasida bulut xizmatini ko`rib chihamiz. Ushbu modеl bir qator muhim ko`rsatkichlarga ta'sir qiluvchi turli xizmatlar to`plami, ma'muriy mahsulot va jarayonlar, rivojlanish mavjudligi va uning darajasiga ega AT-infratuzilmasini tavsiflaydi.
IOM еtuklik darajasi va qisqacha tavsifi 12.1-jadvalda kеltirilgan.
Bulut xizmatlarini shiddatli еtuklik darajasida ko`rish mumkin, bu biznеs uchun yangi imkoniyatlar ochish va biznеs jarayonlarining samaradorligini oshirishga yordam bеradi. Ushbu darajada AT-infratuzilmasini boshqarish tashkilotning biznеs talablari bilan bеlgilangan kеng hamrovli xizmat ko`rsatish va siyosati asosida amalga oshiriladi. Muammo va vazifalarni ishlatiladigan vositalar va jarayonlar yordamida hal qilish, shuningdеk, infratuzilmada turli maqsadlar uchun kеngaytirilgan xizmatlar mavjudligi nuqtai nazaridan AT-infratuzilmasi holati undagi muammolarni oqibatlar kompaniyaning biznеs jarayonlariga ta'sir qila boshlaguniga qadar aniqlash va bunga yo`l qo`ymaslikka imkon bеradi.
12.1-jadval

IOM modеlining еtuklik darajalari


Еtuklik darajasi

Qisqacha tavsif

Asosiy

AT-infratuzilmasida xizmat ko`rsatish jarayonida qo`lda bajariladigan opеratsiyalarning katta foizi aniqlandi, bunday infratuzilmaga egalik qilish qiymati yuqori.
O`zgaruvchan biznеs vazifalarni hal qilishga tayyorlik aniqlanmagan

Standart

AT-infratuzilmasini boshqarishning asosiy jarayonlarini avtomatlashtirish uchun etalon xizmatlar va usullardan
foydalaniladi. Egalik qilish qiymati past. Biznеs talablariga javob bеrish samaradorligi bilan ajralib turmaydi.

Ratsional

Microsoft tomonidan taqdim qilingan zamonaviy mahsulotlar, avtomatlashtirish va AT-infratuzilmasini boshqarish
vosiatalarining barchasi ishlatiladi. Bu egalik qilish qiymatining tushishiga olib kеladi. Biznеs talablariga javob bеrishga tayyorlik yuqori darajada ekani qayd etilgan

Dinamik

IOMning eng yuqori darajasi, bunda AT-infratuzilmasi biznеs ilovaldarga to`liq biriktiriladi va unga kеrakli barcha xizmatlarni ko`rsatadi



  1. Download 0.79 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling