Bilamizki, mamlakatimizda boks eng rivojlangan sport turi. Har yili yangidan yangi charm qo'lqop ustalari viloyatlardan "yetishib" chiqadi. Xususan, ushbu yil yakunida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda
Download 18.5 Kb.
|
boks maqola
Bilamizki, mamlakatimizda boks eng rivojlangan sport turi. Har yili yangidan yangi charm qo'lqop ustalari viloyatlardan "yetishib" chiqadi. Xususan, ushbu yil yakunida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda. "Universal" sport majmuasida o'tkazilayotgan musobaqada ayollar va erkaklar chempionlik uchun da'vogarlik qilmoqdalar. 2021-yil 11-dekabr sanasida o'zim aynan majmuada kuzatgan bahslarim o'ta qiziqarli va murosasiz o'tdi. 48 kg vazn toifasida ringga ko'tarilgan Abubakr Abdumajidov buxorolik Asilbek Jalilovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va hakamlarning umumiy qaroriga ko'ra 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. 57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Shunqor Abdurasulov va Fazliddin Kattaqulov jangida qizil burchak ya'ni Shunqor Abdurasulov g'olib deb e'lon qilindi. Bahsda ham aynan ushbu bokschimiz yaqqol ustunlik qildi va hakamlarning bahosi ham "5". Huddi shu vazn toifasida jang qilgan Muhammadali Axmadov raqibi Yoqubjon Tursunboyevni 4:0 hisobida mag'lub etdi. Namanganlik bokschimiz buxorolik Muhammadali Axmadovga deyarli qarshilik ko'rsata olmadi. Yana 57kg vazn toifasida ringda jang olib borgan Baxtiyor Asadov va Ruslan Atamurodov bahsi ham yuqoridagi kabi qizil burchakdagi bokschining g'alabasi bilan yakunlandi. Hakamlar bir ovozdan Baxtiyor Asadovni g'olib deb topdi. Umuman olganda so'nggi yillarda yakkakurashlar, shu jumladan boksning rivojlanishi, nafaqat havaskor balki professional boksdagi yutuqlarimiz yosh sportchilarni ilhomlantirib, sportga jalb etmoqda. 2016-yildagi Rio Olimpiadasi, ayniqsa, ota-onalarni farzandini aynan boks mashg'ulotlariga olib borishiga undadi. Bugun esa aynan ana shu yigitlar va qizlar O'zbekiston chempionatida ishtirok etib, sovrinli natijalarga erishmoqda. Shuningdek, qizlarning boksda qayd etayotgan yutuqlarini alohida ta'kidlab o'tsak. Tokio-2020 Olimpiadasida qizlarimiz yaqqol ajralib turuvchi o'yin ko'rsatishmadi. Birgina Tursunoy Rahimova ilk bahsida g'alaba qozondi va Olimpiadada g'alaba qozonga ilk o'zbekistonlik ayol bokschi sifatida tarixga kirdi. So'ng Harbiylar o'rtasidagi Jahon chempionatidan qizlarimiz oltin va kumush medallar bilan yurtimizga qaytishdi. Bu g'alabalarni eslab o'tishimdan maqsad, ichki chempionatimiz qay darajada ahamiyatli ekanini ko'rsatib o'tish. Masalan, O'zbekiston chempionatidagi ayollar bahsida chempion sifatida yangi nomlar jaranglamoqda, bahsda favorit sifatida ko'rilgan qizlar yakunda mag'lubiyat bilan ringni tark etmoqda, kecha Jahon chempinatida sovrinli o'rinni egallagan bokschi qiz buggun raqibiga O'zbekiston chwmpionatida mag'lub bo'lmoqda. Erkaklar bahsida ham yosh yigitlar o'z viloyati nomidan ringda jang qilmoqda. Ammo bahsda teng kuchlilik vaziyati uchramaydi. Yigitlar raqbini yaxshi o'rgangan va qaysi holatda g'alaba qozonishi mumkinligini deyarli bilishadi. Download 18.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling