Bilan o‘ziga tortar, ammo bir qarich ham


na istirohat keldi. 3. Sen ham


Download 17.25 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2023
Hajmi17.25 Kb.
#1144038
1   2   3
Bog'liq
ona tili 6-sinf 3-mashq

na istirohat keldi. 3. Sen ham, men ham shunga ishonibmiz-a? 4. Biz o‘sha o‘yinlarda faqat jismonan emas, balki ma’naviy jihatdan ham chiniqar ekanmiz. 5. Kozimbek bilan Manzuraxon perronda kezishar edi.
1. Nega endi natijaga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko‘rishmaydi? 2. Ayniqsa, uning odob va axloq haqidagi «Turkiy Guliston» asari bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. 3. Quyuq saksovulzor duch kelishi bilan kiyikcha o‘zini shu panohgohga urdi-yu, arang jon saqlab qoldi. 4. Bir kuni kechasi bir hiyla o‘ylab chiqdim-da, erta turgach, eski maktab sari jo‘nadim. 5. Oy goh eshik tirqishlaridan mo‘ralar, goh bulutlar orasida g‘oyib bo‘lardi. 6. Aytishlaricha, bu tun tugab, Oy o‘z o‘rnini Kunga bo‘shatib berayotgan erta tong chog‘ida Boychechak bilan Navro‘zoy nihoyat bir-birini topadi.
1. Bo‘rondan so‘ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymadi, balki yana ko‘paydi. 2. Xalqni qo‘rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo‘lgan odam marddir. 3. Sobir nafaqat o‘qishda, balki sportda ham eng faol o‘quvchi. 4. Balki, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. 5. Inson go‘zalligi bilan emas, balki mehnati bilan kamol topadi.
1. Sharifning haqiqat ufurib turgan gaplariga qarshi na Nozima bir narsa deya oldi, na Nabijon. 2. Bepoyon dasht bag‘riga yashiringan chashmani na Qahramon, na Bahrom topa olmadi. 3. Sen na boy erursan va na kambag‘al, Yashaysan bir-biring aldab galma-gal. 4. Hamid yaratmoqchi bo‘lgan yangi paxta navi haqida hozircha na institut direktoriga, na do‘sti Umidga hech narsa demadi. 5. Bozorvoy ming qo‘yli boylar sirasiga kirsa-da, na uyida tayinli qozon qaynamas, na eshigidan birov kirib chiqmas edi. 6. Javob ololmadi hech kim ham, zotan, Na sulton, na gado, na shoh, na faqir.
1. Qiz erta-yu kech soatga qaraydi, daqiqalar sanaydi. 2. Majlis ertaga qoldirilmaydi-yu. 3. Nosir oxun eski bo‘lsa- da, ozoda libosda edi. 4. Choy qaynatib ichishni-da unutdi. 5. Birrov kirdi-da, chiqib ketdi.
1. U anchadan keyin o‘ziga keldi-yu, tepasida xotini turganini, qizchalari yig‘layotganini payqadi. 2. Sekin unga yaqin bordim: bu manzara ham bizning ko‘ngilga yaqin-da, qadrdon! 3. Yoshgina bir qiz keng atlas ko‘ylagini hilpiratib, sahnaning o‘rtasiga keldi-da, nima- nidir e’lon qildi. 4. Na martaba, na boyligi bor edi uning. 5. Na qo‘shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitilmadi. 6. Jarang bersin gulyor tag‘in, Childirma-yu chiltor tag‘in.
1. U chaqqon harakat qilarkan, a’zoyi badani terlab ketgan, faqat buni o‘zi payqamas, hatto bir so‘zni takrorlardi: «Menga desa, otib yubormaydimi?» 2. «Haqiqatni, faqat haqiqatni aytaman» deb ont iching! 3. Ulardan faqat birga oldirilgan suratgina yodgor qoladi, xolos. 4. Keksa donishmandning soch-soqoligina emas, qosh-kipriklari, egnidagi chakmoni – hammasi qorday oppoq edi. 5. Suvchilarning yuzin silab o‘t, Faqat yaxshi tilak tilab o‘t.
1. To‘g‘ri-da, u tengi bolalar papka ko‘tarib maktabga borishadi, uni esa «kichkina» deb xafa qilishadi. 2. Xullas, hammasi ko‘ngildagidek borayotgan edi-yu, to‘satdan ikkovlari ham shaharga, o‘z uylariga qaytish fikriga tushib qolishdi. 3. Nahotki, u meni rostdan ham kutayotgan bo‘lsa! 4. Lekin ellik yil yo‘lda hamroh bo‘lgan, birga o‘y surib, birga qog‘oz qoralagan do‘stning ham aytadigan gaplari bordir, axir! 5. Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma. 6. U shunday ehtiyotkorlik bilan emakladiki, hatto qamishlar ham shitirlamadi. 7. Har yil bahor kelganda, hatto toshga kirar jon. 8. Sergaklikda tiriklarning siz-ku eng tiriklari. 9. Bular ona yurtning erkalari-da, Bular ertagi kun egalari-da!
1. Suv hayot manbayidir. 2. «O‘lsa o‘lgandir, bunga nima janjal!» – deb qo‘ydi tag‘in birov. 3. Yurmasman hech behishtni izlab, Topolmasam, chekmasman alam. 4. Hayratga tushmasman bu holdan sira, Dunyo, bu – quvg‘indi ohuday yelar. 5. Hayosizda or bo‘lmas, aslo vafodor bo‘lmas. 6. To‘rt mucham sog‘, do‘stlarim bor havas qilgulik, Nolimayman na kelajak, na o‘tmishimdan. 7. G‘afur aka bugun va’da qilgan she’rini yozayotgandir. 8. Ayting-chi, mard odam aslo o‘lurmi? Nomi qolar yurt qo‘shig‘ida.
Download 17.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling