Bilan tasdiqlangan
Download 373.91 Kb. Pdf ko'rish
|
14 wriftliiai pdf tayyor NIZOM QISQARTIRILGANI
- Bu sahifa navigatsiya:
- QOROVULNING KIYIM-KЕCHAGI 1.
235.
Qorovulning soqchi (soqchining qorovul) holatiga o’tishi uning postni qabul qilgani (topshirgani) haqidagi bildiruvi bilan belgilanadi. 241. Qorovul bo’linmasi tarkibidagilardan hech kimning qorovul boshlig’ining ijozatisiz qorovulxonani tark etishga haqqi yo’q. 242. Qorovulxonada tinchlik va tartib-intizom saqlanishi kerak musiqa asboblarini chalish va o’ynash taqiqlanadi. Radioeshittirishlarni quloqqa qo’yib eshitadigan telefonlar orqali tinglash, o’kish, yozish, shaxmat va shashka o’ynashga ruxsat etiladi. Faqat maxsus belgilangan joyda chekish va poyabzal tozalashga ruxsat beriladi. Kichik qo’riqlovchi bo’linma shtatidan tayinlanadigan, xususiy tarkibi bir-ikki kecha soqchilikda turadigan qorovullarning qorovulxonasida televizor o’rnatishga va teledasturni qorovul boshlig’ining ko’rsatmasi bilan belgilangan vaqtda, qorovul xizmatining bajarilishiga va uxlab dam olayotgan bo’linmaga halal bermay, tomosha qilishga ruxsat etiladi. 245. Qorovulning shaxsiy tarkibiga, qorovul boshlig’i va uning yordamchisidan tashqari, qorovulxonaga kelgan kishi bilan gaplashish taqiqlanadi; faqat qorovulni tekshirish uchun kelgan shaxsning savollariga javob berishga ruxsat etiladi. QOROVULNING KIYIM-KЕCHAGI 1. Qorovulning kiyim-kechagi shineldan (pochapo’stindan, issiq, dala kamzulidan), toza va yaroqli kundalik dala kiyim-kechagi to’plamidan, poyabzal, bosh kiyimi, bel kamari va o’qdon (o’q, joylashgan ramka) xaltasidan iborat bo’ladi. Jangovar Bayroqda postda turgan harbiy qism qorovullari bayramona kiyim-kechakda bo’lishlari mumkin. Post kiyim-kechagi sifatida: kish vaqti uchun po’stin va kigiz etik, yoz vaqti uchun qalpoqli plash yoki plash-chodra va xo’l bo’lmaydigan poyabzal kiyilishi mumkin. Post kiyim-kechagi, po’stindan tashqari, har bir postga ikki to’plamdan iborat bo’lib, ulardan biri qorovulxonada, boshqasi postda turadi. Bundan tashqari, qorovulxonada plash yoki plash-chodir va qorovul boshlig’i, o’qchining yordamchilari, tarqatuvchilari va tashqariga olib chiquvchilar uchun maxsus xo’l bo’lmaydigan etik bulishi kerak. Alohida hollarda garnizon boshlig’ining buyrug’i bilan soqchilar o’q, o’tkazmaydigan zirxli kiyim va po’lat qalpoq, kiyishlari mumkin. Download 373.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling