Bilan tasdiqlangan


Download 373.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana16.04.2023
Hajmi373.91 Kb.
#1358284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
14 wriftliiai pdf tayyor NIZOM QISQARTIRILGANI

INTIZOM NIZOMI. 


1. 
Harbiy intizom — bu barcha harbiy xizmatchilarning qonun, harbiy Nizomlar tomonidan, 
komandirlar (boshliqlar) buyruqlari bilan belgilangan tartib va qoidalarga qat’iy va aniq 
rioya etilishidir. 
2. 
Harbiy intizom har bir harbiy xizmatchining O’zbekiston Respublikasini himoya qilishga 
bo’lgan harbiy burch va shaxsiy mas’uliyat, o’z xalqiga mislsiz sadoqatini his qilishiga 
asoslanadi. 
Harbiy xizmatchilarda yuksak intizomni tarbiyalashning asosiy usuli ishontirishdir. Ammo 
ishontirish o’z harbiy burchiga sidqidildan yondashmaganlarga nisbatan majburiy choralar 
ko’rishni istisno etmaydi. 
3. 
Harbiy intizom xar bir harbiy xizmatchidan: 
— Harbiy qasamyodga sodiq bo’lishni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari va 
Konstitutsiyasiga qat’iy bo’ysunishni; 
— o’z harbiy burchini mohirlik va jasorat bilan bajarishni, harbiy ishni sidqidildan 
o’rganishni, harbiy va davlat mulkini asrashni; 
— harbiy xizmat qiyinchiliklarini mardonavor yengishni, harbiy burchini bajarish uchun o’z 
jonini ham ayamaslikni; 
— sergak bo’lishni, harbiy va davlat sirlarini qat’iy saqlashni; 
— harbiy xizmatchilar o’rtasidagi harbiy nizomlarda ko’rsatib berilgan o’zaro 
munosabatlarni qo’llab-quvvatlashni, jangovar birodarlikni mustahkamlashni; 
— komandirlarga (boshliqlarga) va bir-biriga hurmat ko’rsatish, harbiy salom-alik va 
xushfe’llik qoidalariga rioya qilishni; 
— jamoat joylarida o’zini munosib tutishni, nomunosib xatti-harakatlardan o’zini va 
boqshalarni tiyib qolishni va fuqarolarning or va nomusini himoya qilishni talab etadi. 
4. 
Yuksak harbiy intizomga: 
— harbiy xizmatchilarda yuksak axloqiy-ruhiy va jangovar fazilatlarni tarbiyalash
komandirlariga (boshliqlariga) ongli tarzda bo’ysunish; 
— har bir harbiy xizmatchining o’z majburiyatlari va harbiy nizomlar talablarini bajarishga 
shaxsiy mas’uliyati; 
— harbiy qismda (bo’linmada) ichki tartibga bo’ysunish, barcha harbiy xizmatchilar 
tomonidan kundalik rejimga qat’iy rioya qilish; 
— jangovar tayyorgarlikni puxta tashkil etish va u barcha shaxsiy tarkibni qamrab olishi; 
— komandirlarning (boshliqlarning) o’z qo’l ostidagilarga kundalik talabchanligi va 
ularning ijrochiligini nazorat qilish, harbiy xizmatchilarning sha’nini hurmat qilish va bu 
haqida doimiy qayg’urish, ishontirish, majburlash, jamoatchilik ta’siri kabi omillarni to’g’ri 
uyg’unlashtirish va o’rnida qo’llash; 
— harbiy qismda (bo’linmalarda) zarur moddiy-maishiy sharoitlarni yaratish orqali 
erishiladi. 
7. 
Komandir (boshliq) o’z qo’l ostidagilarga yaqin bo’lishi, ularning talab va ehtiyojini 
bilishi va uning qondirilishiga erishishi, qo’l ostidagilarning shaxsiy g’ururini toptalmasligi 
va yerga urilmasligini ta’minlashi, ularga doimo qonun, harbiy nizom va buyruqlarni qat’iy 
bajarishda namuna bo’lishi, axloqiy pokizalik, halollik, kamtarlik va to’g’rilikda o’rnak 
bo’lishi lozim. Har bir harbiy xizmatchi uning huquqlari va qonuniy ehtiyojlarining himoya 
qilinishiga to’la ishonishi, komandir (boshliq) tomonidan uning shaxsiyatiga dahlsizlik 
ta’minlanishiga, o’z sha’ni va g’ururi hurmatlanishiga g’amxo’rlikni his qilishi keraq 
16. 
Rag’batlantirish harbiy xizmatchilarni tarbiyalashning va harbiy intizomni 
mustahkamlashning muhim vositasidir. 


Har bir komandir (boshliq) ushbu Nizomda berilgan huquqlar doirasida o’z qo’l ostidagi 
harbiy xizmatchilarni ko’rsatgan jasorati, foydali tashabbusi, tirishqoqlik va a’lo xizmati 
uchun rag’batlantirishi lozim. 
Agar komandir (boshliq) o’rnak ko’rsatgan harbiy xizmatchilarni ragbatlantirish bo’yicha 
o’z huquqlarini yetarli deb hisoblamasa, u rag’batlantirish bo’yicha o’zidan katta komandir 
(boshliq)ga murojaat qilishi mumkin. 
85. 
Nojo’ya xatti-harakatga yo’l qo’ygan harbiy xizmatchiga intizomiy ta’zir berish yoki 
tavsiya qo’zg’ash 89-moddaga binoan qoida bo’yicha 1 sutkadan keyin, lekin bu voqea 
haqida komandirga (boshliqqa) ma’lum bo’lgandan keyin, 10 kun ichida amalga oshirilishi 
keraq Komandir (boshliq) intizomiy ta’zir qo’llash chog’ida o’z qo’l ostidagining shaxsiy 
izzat-nafsini yerga urmasligi va qo’pollikka yo’l qo’ymasligi keraq 
Komandir (boshliq)ning o’z qo’l ostidagi harbiy xizmatchiga ogohlantirish, tanbeh yoki 
qattiq ko’rsatma berishi xizmatdagi yo’l qo’ygan kamchiliklari uchun intizomiy ta’zir 
hisoblanmaydi. 
O’zini aybdor bilmagan harbiy xizmatchi intizomiy ta’zir berilgan muddatdan boshlab 10 
sutka ichida shikoyat qilishi mumkin. 

Download 373.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling