Bilet – 11 Elektron pochtalar bilan ishlashni o‘rgatish


Forumlarda ishtirok etish tartibi


Download 1.87 Mb.
bet3/16
Sana13.02.2020
Hajmi1.87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

Forumlarda ishtirok etish tartibi:

  • forumdan ro’yxatdan o’tish. Forum qoidalariga va O’zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya qilish shart;

  • forumdan ro’yxatdan o’tishda rasmiy shaxslar login uchun o’zlarining xaqiqiy ma’lumotlarini Ism Sharifi, shuningdek ish joyi va lavozim xam majburiy shartlarga kiradi;

  • ma’lumotlarni kiritish bilan birga foydalanuvchi profil uchun avatar sifatida surat xam taqdim etishi lozim;

  • ma’lumotlarini oshkor qilishni istamagan foydalanuvchilar esa o’zlari ma’qul deb topgan niklarni tanlashlari mumkin;

  • stenzuraga oid so’zlashuv, xaqorat, fleym, offtop, spam va reklama ta’qiqlanadi;

  • insonlar shaxsiyatiga tegadigan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutstiyasi va qonunlariga zid muhokamalar, resurslarga ishoratlar, fayllar va tasvirlar nashr qilish ta’qiqlanadi;

  • O’zbekiston Ruspublikasi qonunlariga muvofiq tarzda faoliyat olib bormaydigan saytlarga ishorat joylash yoki shunday ma’lumotlarga ega bo’lgan saytlardan ma’lumot joylash ta’qiqlanadi.

Blog - bu tarkibi matn, tasvir va multimedia ma’lumotlaridan iborat bo’lgan doimiy ravishda qo’shilib turiladigan ma’lumotlar yoki izohlardan iborat bo’lgan sayt. Bloglar odatda u yoki bu material veb sahifasi tarkibida mavjud bo’lib, materialga berilgan izohlarni o’zida mujassamlaydi.

Viki – bu saytning o’zi tomonidan taqdim etiladigan uskunalar yordamida uning tuzilmasini va tarkibini foydalanuvchilar o’zgartira olish imkoniga ega bo’lgan veb sayt.

Chat deganda real vaqt tizimida Internet tarmog’i orqali xabarlarni tezkor almashish vositalari va ushbu muloqotni ta’minlab beruvchi dasturiy ta’minot tushuniladi. Forumlarga nisbatan chat tizimida muloqot qilish va xabarlar almashish real vaqt tizimida sodir bo’ladi.

Chat - bu bir vaqtning o’zida bir necha foydalanuvchining Internet orqali muloqotidir. Bunda foydalanuvchilar odatda matn yozishish orqali yangiliklar bilan almashishadi, yoki biror mavzuni muhokama qilishadi, yoki gaplashishadi. Chat tizimida barcha foydalanuvchilar o’zaro yozuv ko’rinishidagi xabarlarni almashish orqali muloqot qiladi.



2. Mantiqiy masalalarni yechishni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish

Umumta’lim maktablarning moddiy–texnika resurslari ortib borishi bilan matematika darsida o’qituvchi an’anaviy ko’rsatmali vositalarni kompyuter slaydlari bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Bunday imkoniyatlar ayniqsa masala yechishni o’rgatish jarayonida qo’l keladi. Masala syujetining dinamikasi slaydlarda yoki multiplikatsiya orqali ko’rsatib berilishi mumkin. Bunday vositalar ayniqsa, murakkab masala ustida ishlashda, o’zaro proportsional bog’langan miqdorlarga oid masalalarni tushuntirishda va ayniqsa harakatga doir masalalarni yechishda qo’l keladi. O’qituvchi eng oddiy slaydlarni o’zi yaratish imkoniga ega. Keyinchalik esa, bunday ko’rsatmali elektron vositalar mutaxasislar yordamida tayyorlanib, maktablarga tarqatilishi ham mumkin bo’ladi. Biz quyida ba’zi bir masalalar uchun slaydlar namunalarini keltirishga harakat qildik. Masala. Do’konda birinchi kun 160 kg olma sotildi, bu barcha olmaning 1/3 qismi, ikkinchi kun qolgan olmaning 4/5 qismi sotildi. Uchinchi kun sotish uchun necha kg olma qolgan? Bu butun va kasr qismi orasidagi munosabatni topishga oid masala. Yechish. Ekranda masalaning matni keltirilgach, rasmlar paydo bo’ladi. Birinchi bo’lib, birinchi kun barcha olmalarning 3/1 qismiga teng ekanligi ko’rsatilib, hamma olmalar massasi topiladi va yechimi yoziladi.



Keyin qolgan olmalar hisoblanadi. Uning uchun hamma olmalar massasidan birinchi kungi olmalar massasi ayriladi.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling