Bilet – 11 Elektron pochtalar bilan ishlashni o‘rgatish


Download 1.87 Mb.
bet6/16
Sana13.02.2020
Hajmi1.87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

3. Algoritm tushunchasi.

"Algoritm" so’zi O’rta Osiyolik buyuk matematik al-Xorazmiyning (Alhorithmi) nomi bilan bog'liq. Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy (783-850) Xorazm o’lkasida tug ilib, o’sdi. Bu davrda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirar edi. Rivojlanib kelayotgan mavjud tuzum taqozo qilgan ijtimoiy-iqtisodiy talablar bu davrdagi taraqqiyot jarayonining asosiy omillaridan biri bo’ldi.

Ma’lumki, al-Ma’mun 809 yildan Marvda dastlab xalifa Xorun ar-Rashidning noibi, so’ng 813 yildan boshlab xalifa bo’ladi va 819 yili Bag'dodga ko’chadi. Al-Ma’mun Marvda bo’lganida Xorazmiyni, movarounnahrlik va xurosonlik boshqa olimlarni o’z saroyiga jalb qilgan.

Bag'dodda al-Ma’mun otasi tomonidan asos solingan ilmiy markaz — «Bayt ul-hikma» faoliyatini har tomonlama takomillashtirib, unga yirik davlat muassasasi tusini berib, avvaliga tarjimonlik faoliyatini keng ko’lamda rivojlantirdi. Vizantiya, Hindistondan ko’plab kitoblar keltirilib, «Bayt ul-hikma»ning faoliyat doirasi birmuncha kengaytiriladi, uning qoshida ikkita yirik rasadxona - birinchisi 828 yilda Bag'dodning ash-Shammosiya mahallasida, ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tog'ida 831 yilda barpo etiladi. Ikkala rasadxonaning ham faoliyatini Markaziy Osiyo va Xurosondan kelgan olimlar boshqaradi. Xorazmiy bu ilmiy markazning mudiri sifatida uning faoliyatini kuzatib turadi.

Xorazmiy bilan Bag'dodda, keyinchalik «Ma’mun akademiyasi» deb tanilgan «Bayt ul- hikma»da ijod etgan olimlar orasida Markaziy osiyoliklar salmoqli o’rinni egallagan. Xorazmiy ana shunday ilmiy muhitda yashab ijod qildi.

Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob»— algebraik asar, «Hind hisobi haqida kitob» yoki «qo’shish va ayirish haqida kitob»— arifmetik asar, «Kitob surat-ul-arz»— geografiyaga oid asar. «Zij», «Asturlob bilan ishlash haqida kitob», «Asturlob yasash haqida kitob», «Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida», «Kitob ar-ruhoma», «Kitob at-ta’rix», «Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola».

Xorazmiyning arifmetik risolasi qachon yozilgani noma’lum. Biroq unda olim algebraik risolasini eslaydi. Demak, bundan Xorazmiy arifmetik risolani algebraik risoladan keyin yozgani ma’lum bo’ladi. Bu risola XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima kilingan. Tarjimaning XIV asrda ko’chirilgan yagona qo’lyozmasi AQSHda Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanadi.

Risola «Dixit Algorizmi», ya’ni «Al-Xorazmiy aytdi» iborasi bilan boshlanadi. Bundan keyin Xorazmiy to’qqizta hind raqamining sonlarni ifodalashdagi afzalliklari va ular yordamida har qanday sonni ham qisqa qilib va osonlik bilan yozish mumkinligini aytadi. Asarning lotincha qo’lyozmasida hind raqamlari ko’pincha yozilmay, ularning o’rni bo’sh qoldirilgan yoki ahyon- ahyonda 1, 2, 3, 4, 5 sonlarga moye keladigan hind raqamlari yozilgan. Ko’pincha esa hind raqamlari o’sha davrda Yevropada keng tarqalgan rim raqamlari bilan almashtirilgan.

Xorazmiy hind raqamlari asosida o’nlik pozitsion sistemada sonlarning yozilishini batafsil bayon qiladi. U sonlarning bunday yozilishidagi qulayliklar, ayniqsa, nol ishlatilishining ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Keyin Xorazmiy arifmetik amallarni bayon qilishga o’tadi. Bunda Xorazmiy sonlarning martabalarini, ya’ni razryadlarini e’tiborga olishni hamda nolni yozishni unutmaslikni uqtiradi, aks holda natija xato chiqadi, deydi u.

Risolaning boshlanishida Xorazmiy undagi masalalar o’z davrining amaliy talablariga javob sifatida vujudga kelganligini qayd qiladi.

U shunday deydi: «...Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o’z ichiga oluvchi «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob»ni ta’lif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda va shuningdek, yer o’lchash, kanallar o’tkazishda, (amaliy) geometriya va boshqa shunga o’xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir».

Xorazmiyning arifmetik risolasi XII asrdayoq Ispaniyada seviliyalik Ioann tomonidan qayta ishlangan. Keyinchalik to yangi davrgacha Yevropa olimlari Xorazmiy risolasiga qayta- qayta murojaat qilib, u asosida darsliklar yozganlar. Bu qayta ishlangan nusxalar va darsliklarning nomida «Algorizm kitobi» degan ibora bo’lgan.

Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o’nlik pozitsion sanoq sistemasining Yevropada, qolaversa, butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. Yevropaga hind raqamlari arablar orqali o’tganligi uchun ular «arab raqamlari» deb ataladi va hozir ham shunday deb atalib kelinmoqda. Yevropaliklar uzoq vaqggacha hind raqamlariga asoslangan hisob tizimini «algorizmi» deb atab keddilar.

Faqat XVI asr o’rtalaridagina bu nom «arifmetika» iborasi bilan almashtiriladi. Shundan keyin to hozirgi kungacha «algorizm» yoki «algoritm» deganda har qanday muntazam hisoblash jarayoni tushuniladigan bo’ldi. Bu ibora bilan al-Xorazmiyning nomi fanga abadiy kirib qoldi.

Xorazmiyning algebraik risolasining to’liq nomi — «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala». Risolaning nomidagi «al-jabr» va «al-muqobala» so’zlari «to’ldirish» va «ro’para qo’yish» — o’rta asr algebrasining ikkita asosiy amalini anglatadi. «Al-jabr» so’zi lotincha transkripsiyada «algebra» bo’lib, Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomi bo’lib qoldi. Xorazmiyning algebraik risolasi uch qismdan iborat:


  1. algebraik qism, buning oxirida kichik bir bo’lim — savdo muomalasidagi bob keltiriladi;

  2. geometrik qism, algebraik usul qo’llanib o’lchash haqida;

  3. vasiyatlar haqidagi qism.

Al-Xorazmiyning nomini lotincha ifodasi — Algorithmi. Algoritm — informatika va matematikaning asosiy tushunchalaridan xisoblanadi.

  1. "Algoritm ijrochisi"

Algoritm ijrochisi — algoritmda ko'rsatilgan buyruqlarni bajara oladigan abstrakt yoki real (texnik, biologik yoki biotexnik) sistema.

Algoritmlarga xos xususiyatlar:



  • muhit (yoki vaziyat);

  • buyruqlar tizimi.

  • sodda, elementap amallar;

  • voz kechishlar.

Muhit (yoki vaziyat) — bu ijrochining faoliyat ko’rsatadigan sharoitidir. Masalan, ijrochi Robot uchun muhit - aniq koordinatalar maydonidan iboratdir. Robot uchun ushbu maydonla boshqa ob’ektlar joylashganligi muhim. Muayyan vaziyatda robotning joylashish koordinatasi muhitning holatini bildiradi.

Buyruqlar tizimi. Har bir ijrochi faqatgina ushbu ijrochi tushunadigan buyruqlarni (ya’ni, ijrochi bajaradigan buyruqlar ro’yxatiga mansublarni) bajara oladi. Har bir buyruq uchun uning

bajara olish sharti (qaysi holatlarda ushbu buyruq bajarilishi mumkin) berilishi va buyruqning bajarilishi natijasi tavsiflanishi zarur. Masalan, robot uchun «yuqoriga bir qadam» buyrug'i koordinata maydoni chegarasida bajarib bo’lmaydigan buyruq hisoblanadi. Biroq koordinata maydoni ichida ushbu buyruq bajarilishi natijasida robot bir pog'ona yuqoriga qadam tashlaydi. Ijrochi buyruqlarni bajarish jarayonida elementar amallarni (oddiy harakatlarni) bajaradi Voz kechishlar ijrochiga berilgan buyruqning bajarish sharti to’g'ri kelmaganida yuzaga

keladi.

Ijrochi buyruqlarni bajarish jarayonida oddiy xarakatlarni bajaradi..



Odatda ijrochiga algoritmning maqsadi ma’lum bo’lmaydi. Shuning uchun ijrochi “nimaga?” va “nima uchun?” kabi savollarni bermaydi.

Informatikada algoritmning universal ijrochisi kompyuterdir.



  1. Algopitmning xossalari

Algoritmlarning asosiy xossalari quyidagilardan iborat:

OTushunarlilik. Algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini qanday bajarishni aniq bilishi kerak.

©Diskretlik. Algopitm ijrochisi masalani yechish jarayonini alohida va sodda qadamlar ketma-ketligini bajarish deb tushunishi kerak.

©Aniqlik. Algoritmning har biri qoidasi, undagi amallar va buyruqlar bir ma’noli bo'lishi kerak. Shu xossaga asosan algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini mexanik bajarish imkoniyatiga ega bo'ladi.

©Natijaviylik. Bu xossaning mazmuni shundan iboratki, har qanday algoritmning ijrosi oxir-oqibat ma’lum bir yechimga kelishi kerak.

OOmmaviylik. Masalani yechish algoritmi umumiy hollar uchun yaratiladi, ya’ni faqatgina boshlangich qiymatlari bilan farqlanuvchi bir turdagi masalalar sinfi uchun tuziladi. Bunda boshlangich qiymatlar algoritmning qiymatlar qabul qilishi mumkin bo'lgan sohadan olinadi.

Algoritmlarni tasvirlash usullari

Amaliyotda algoritmlarni tasvirlashning keng tarqalgan usullari quyidagilar:



  • so’zlar yordamida (og'zaki nutqda ishlatiladigan so’zlar);

  • grafik usulda (grafik simvollar yoki blok-sxemalar yordamida);

  • dastur ko’rinishida (dasturlash tillariga oid xizmatchi so’zlar, operator va funksiyalar yordamida).

4. Kompyuterda arxiv tushunchasi.

Arxivlangan fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar bilan ishlashda, ya’ni fayllarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishda, nusxa olishda, saqlab qo’yishda, elektron pochta orqali axborot yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug’iladi.

Avvalo arxivlash bilan bog’liq bo’lgan asosiy tushunchalarni kiritamiz, keyin arxivlash uchun ko’p qo’llaniladigan asosiy arxivatorlar (arxivlovchi dasturlar) bilan tanishamiz.

Fayllarni arxivlash — fayllarni ma’lum bir qoida asosida siqilgan, ixchamlangan holatda diskda saqlash demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan chiqishi yoki faylning tasodifan o’chirilishi sodir bo’lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash uchun yordam beruvchi vosita sifatida ham qo’llaniladi. Arxivlash BACKUP pa­ket dasturi orqali ham (Win95 muhitida) amalga oshiriladi. Bu dastur haqidagi to’la ma’lumotlarni Spravka bo’limidagi „fayl­larni arxivlash“ kalit so’zli buyruq orqali olish mumkin.

Umuman arxivlash — bu uzoq muddat saqlanuvchi fayllar, kam qo’llaniladigan, eski hujjatlar, har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm va boshqalarni saqlash uchun qo’llaniladi. Arxiv bir qancha qismlardan iborat bo’lishi va unda har bir fayl alohida ko’rinishda saqlanishi mumkin. Bunday arxiv fayllari ko’p tomli deb ataladi. Shunday arxivlardan katta hajmli ma’lumotlarini qismlarga bo’lib disketlarga sig’adigan, qulay kurinishga kel­tirish uchun foydalanish mumkin. Bunda har bir qism fayl ham arxiv fayli deb ataladi.

Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar guruhi, to’liq fayllar strukturasi buyicha yoki papkalar buyicha ham qilish mumkin. Arxiv- lanuvchi fayllarda papkalar kup bulsa, ularni oldin bitta papkaga yig’ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida arxivlangan holdagi ma’lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi.

Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba’zi hollarda arxivlash natijasida boshlang’ich fayl 10 — 20 baravar siqilishi ham mumkin. Masalan, dastur fayllariga nisbatan matn va rasm fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi.

Hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish dara­jasi, tezligi, foydalanishda qulayliklari, imkoniyat darajasi jihatidan farq qiladi. Foydalanuvchi zar xil turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi bo’yicha farqlaydi. Siqish turi shu arxivning formati deyiladi.

Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini bildiruvchi sarlavhaga ega bo’ladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi ma’lumotlar saqlanadi:


  • fayl nomi;

  • fayl saqlanuvchi katalog haqida ma’lumot;

  • faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti;

  • faylning diskdagi va arxivdagi o’lchami;

  • arxivning to’liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning stiklik tekshirish kodi.

Arxiv fayllar ham oddiy fayllar kabi nomlanadi va maxsus kengaytmaga ega bo’ladi. Masalan, PKZIP/PKUNZIP dasturlarning fayllari .ZIP, ARJ dasturining fayllari . ARJ kengaytmaga ega bo’ladi. Kup tomli fayllar uchun esa arxivning davomi A01, A02 va zokazo kengaytmalar oladi.

ZIP formatli arxiv imkoniyatliroq hisoblanadi. Bu turdagi arxivlar PKZIP arxivatori bilan yaratiladi. Arxivni ochish uchun PKUNZIP dan foydalaniladi (PKWARE firmasi tomonidan yara­tilgan). ZIP formatli arxiv boshqa formatli arxivlardan arxivlash jarayonining tez amalga oshirilishi va yuqori darajada siqish imkonini berishi bilan ajralib turadi.

Hozirgi vaqtda ko’p qo’llaniladigan arxivatorlardan yana biri ARJ hisoblanadi (R. Yangom tomonidan yaratilgan). Bu arxivator arxivlash uchun ham, arxivdan chiqarish uchun ham xizmat qiladi.

Xuddi shuningdek, ZIP va ARJ larga o’xshash formatlaydigan LHA (X. Yoshizaki) arxivatori zam mavjud.



5. Word dasturida matnlar ustida amallar bajaring.

Word dasturi matn muharrirlaridan biri bo’lib, uning yordamida mukammal hujjatlar va ilovalar yaratishimiz mumkin. Word hujjat yaratish va uni etarlicha samarali qilish imkonini beradi.

Ishni yangi hujjat yaratish yoki mavjud hujjatni ochishdan boshlaymiz. Yangi hujjat yaratishda biz tayyor andozalardan birini tanlashimiz yoki bo’sh (toza) hujjat hosil qilishimiz mumkin.

Word dasturini ishga tushirganimizda u bizga turli andozalar ro’yxatini taklif etadi. Ish jarayonida bu ro’yxatni ko’rish uchun, fayl menyusidan sozdat


Bo’sh yangi hujjat hosil qilish uchun “novыy dokument” ilovasini tanlaymiz yoki ESC tugmasini bosamiz. Shunindek yaratilayotgan hujjatning mavzusidan kelib chiqib mavjud andozalardan birini tanlash mumkin. Agar andozalar orasidan keraklisi topilmasa, unda uni on-layn izlash va yuklab ollish mumkin.

Izlangan andoza topilgandan so’ng uning ustiga sichqoncha tugmasini ikki marta bosib andozani faollashtiramiz.

Andoza bilan tanishuv oynasidan eskiz ustiga sichqonchani ikki marta bosish

yoki “Sozdat” buyrug’ini tanlash orqali ushbu andoza asosidagi hujjat yaratiladi.


Andoza bilan tanishuv oynasidan eskiz ustiga sichqonchani ikki marta bosish yoki “Sozdat” buyrug’ini tanlash orqali ushbu andoza asosidagi hujjat yaratiladi.

Agar tanlangan andozadan tez-tez foydalanish zarurati bo’lsa, unda eskizning pastki o’ng burchagidagi tugma belgisini bosib qo’yish lozim. Shunda Word dasturi ishga tushganda har doim ko’rinib turadi.

Mavjud hujjatni ochish uchun “Fayl” menyusidan “Otkrыt” buyrug’ini tanlaymiz. Bunda bizga bir necha havolalar taklif etiladi:

- Oxirgi yaratilgan yoki tahrirlangan fayllar ro’yxati


Word dasturining asosiy menyulari

- Glavnaya – bu menyuda matnni tahrirlash uchun zarur bo’lgan buyruqlar

joylashgan;

yordamida bosiladi.

Matn rangini o’zgartirish uchun, Stvet shrifta tugmasi bosiladi. Boshqa rang tanlash uchun strelkani bosib, sichqoncha tugmasini xarakatlantirgan holda ranglarni oldindan ko’rish va yoqqan rangni tanlash mumkin.

Matn shriftini o’zgartirish uchun ro’yxatdan kerakli shrift tanlaniladi.





Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling