Bilet №11 Yer yuzida hayvonot dunyosining evolutsiyasi


Download 53.5 Kb.
Sana25.05.2020
Hajmi53.5 Kb.
#109687
Bog'liq
JUMANIYOZOVA YULDUZ


Bilet №11

1.Yer yuzida hayvonot dunyosining evolutsiyasi.

Bugungi populatsiyalarda kuzatiladigan oʻzgarishlar nafaqat evolutsiya mavjudligini, balki barcha turlarning umumiy ajdoddan kelib chiqishi uchun zarur boʻlgan qator mexanizmlar borligini ham isbotlaydi. Genomlar sirasiga intronlar koʻchishi, genlar duplikatsiyasirekombinatsiyatranspozitsiya, retrovirus kiritmalar (genlarning gorizontal koʻchishi), ayrim nukleotidlar almashinishi, yoʻqolishi va qoʻshilishi, shuningdek xromosoma qayta qurilishlari kiruvchi turli mutatsiyalarga duchor boʻlishi kuzatilgan. Genom duplikatsiyasi (poliploidiya), notekis krossingoverxromosoma inversiyasi, xromosomalar translokatsiyasi, boʻlinishi, qovushishi, duplikatsiyasi va yoʻqolishi kabi xromosoma qayta qurilishlari maʼlum.[7][8] Shuningdek, organizmlar tuzilishida oʻzgarishlar[9][10] va funksional oʻzgarishlar[9][11] — turli adaptatsiyalar,[12], yangi nav ozuqa hazm qilish qobiliyati paydo boʻlishi (jumladan — neylon va pentaxlorfenol)[13] va hk hodisalar kuzatiladi. Bundan tashqari, yangi turlar shakllanishidagi turli-tuman oraliq bosqichlar aniqlanib, turlanish asta-sekin kechishi isbotlandi.

2.Hayvonot dunyosi evolutsiyasining asosiy bosqichlari.

Evolutsiya dalillari Yerdagi barcha organizmlarning umumiy ajdoddan kelib chiqqanini isbotlovchi ilmiy dalil, maʼlumot va konsepsiyalardir.[~ 2] Bu isbotlar yordamida evolutsiya nazariyasi ilmiy hamjamiyatda tan olindi, evolutsiya sintetik nazariyasi esa turlanish jarayonlari haqidagi ilgʻor qarashlar tizimiga aylandi.[1][~ 3]

Evolutsiyaviy jarayonlar ham tabiiy, ham laboratoriya sharoitlarida kuzatiladi. Yangi turlar paydo boʻlgani maʼlum.[2] Shuningdek mutatsiya tufayli yangi xususiyatlar rivojlangani ham kuzatilgan.[3] Turlar ichida evolutsiya boʻlishi tajribaviy isbotlangan, turlanish jarayonlari esa tabiatda bevosita kuzatilgan.



Hayotning evolutsiyaviy tarixi haqida maʼlumot olish uchun paleontologlar organizmlarning qazilma qoldiqlarini tahlil qilishadi. Zamonaviy turlar orasidan qarindoshlik darajasini aniqlash uchun ularning tuzilishi,[4] genomlari, embrional rivojlanishi (embriogenez)[5] oʻrganiladi. Evolutsiya haqida qoʻshimcha axborotni hayvon va oʻsimliklarning geografik tarqalish qonuniyatini oʻrganuvchi biogeografiya beradi.[6] Shu barcha maʼlumotlar yagona manzara — hayotning evolutsiyaviy daraxtini chizadi.
3.Bir hujayralilar, ya’ni soda hayvonlar.

Bir hujayralilar — tanasi bitta hujayradan iborat organizmlar. Prokariotlar va eukariotlarga boʻlinadi. Prokariotlar (bakteriyalar, viruslar va koʻkyashil suv oʻtlari, yaʼni sianobakteriyalar)da yadrosi boʻlmaydi. Eukariotlar (bir hujayrali yashil va boshqa suv utlari, bir hujayrali hayvonlar) esa mitotik usulda boʻlinadigan hujayra yadrosiga ega. Bir hujayrali eukariotlar tuzilishi va organoidlar majmui jihatidan koʻp hujayrali organizmlarning hujayralariga oʻxshaydi. Lekin, fiziologik jihatdan bir butun organizm boʻlishi, yaʼni koʻp hujayrali organizmlar bajaradigan barcha funksiyalarga ega boʻlishi bilan farq qiladi. Bir hujayralilar orasida sodda tuzilgan (xlorellalar, amyobalar) bilan bir qatorda juda murakkab tuzilganlari (atsetabulyarilar, infuzoriyalar) ham bor. Koʻpchilik Bir hujayralilar koloniya hosil qiladi. Bir hujayralilar dan koʻp xujayrali organizmlar kelib chiqqan.
Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling