Bilet №13 Shaxsiy musobaqa davriga tavsif bering?


bo‘yicha nimalarni bilasiz?


Download 223.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana11.08.2023
Hajmi223.36 Kb.
#1666442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Javoblar 2

bo‘yicha nimalarni bilasiz? 
J: 
27-modda. Sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurashish
 
Dopingga qarshi qoidaning buzilishi, shu jumladan sportda foydalanish 
taqiqlangan substansiyalar va (yoki) usullar (bundan buyon matnda taqiqlangan 
substansiya va (yoki) taqiqlangan usul deb yuritiladi) ro‘yxatiga kiritilgan 


substansiyadan va (yoki) usuldan foydalanish yoki foydalanishga urinish sportda 
doping deb e’tirof etiladi. 
Sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurashish dopingga qarshi 
xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan dopingga qarshi qoidalarga muvofiq 
amalga oshiriladi. 
Quyidagi bir yoki bir nechta qoidabuzarlik dopingga qarshi xalqaro tashkilotlar 
tomonidan tasdiqlangan dopingga qarshi qoidalarning buzilishi deb e’tirof etiladi: 
sportchining taqiqlangan substansiyadan va (yoki) taqiqlangan usuldan 
foydalanganligi yoki foydalanishga uringanligi; 
musobaqa paytida yoki musobaqadan tashqari paytda sportchi organizmidan
shuningdek sport musobaqasida ishtirok etayotgan jonivor organizmidan olingan 
namunada taqiqlangan substansiyalarning yoxud ular metabolitlarining yoki 
markerlarining mavjud bo‘lishi; 
sportchining namuna olinishi uchun kelishdan bosh tortganligi, sportchining 
dopingga qarshi qoidalarga muvofiq xabardor qilingandan keyin namuna olinishiga 
uzrli sabablarsiz kelmaganligi yoki sportchining namuna olinishidan boshqacha 
tarzda bo‘yin tovlaganligi; 
sportchidan musobaqadan tashqari paytda namuna olinishi imkoniyatiga 
taalluqli dopingga qarshi talablarning buzilganligi, shu jumladan o‘zining turgan 
joyi haqidagi axborotni taqdim etmaganligi hamda uning testlashda ishtirok etish 
uchun kelmaganligi; 
doping nazorati elementini soxtalashtirish yoki soxtalashtirishga urinish; 
Jahon dopingga qarshi agentligining Taqiqlangan substansiyalardan terapevtik 
foydalanish uchun xalqaro standartga muvofiq beriladigan ruxsatnomasiz 
terapevtik foydalanish uchun taqiqlangan substansiyalarga va (yoki) taqiqlangan 
usullarga ega bo‘lish. 

Download 223.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling