bilet bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlarning tuzilishi, ahamiyati va xilmaxilligi haqida ma’lumot bering. Postembrional rivojlanish xillarini va assidiya metamorfozini tushuntiring. Katta yoshdagi odam organizmi tomirlarida litr qon


Download 1.54 Mb.
bet29/45
Sana30.04.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1411827
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45
Bog'liq
9-sinf imtihon javoblari biologiya

1-savolga javob:
Hozirgi vaqtda o‘simliklar quyidagi ikki: tuban va yuksak o‘simliklar guruhlariga bo‘lib o‘rganiladi.
1. tuban o‘simliklarorganik olamning dastlabki bosqichlarida kelib chiqqan. Ular suvli muhitda yoki sernam joylarda yashashga moslashgan. Evolutsiya jarayonida uncha rivojlanmagan va hozirgi davrgacha ba’zi birlari sodda tuzilishini saqlab qolgan. Tuban o‘simliklar bir hujayrali, koloniya hosil qiluvchi va ko‘p hujayrali organizmlar hisoblanib, tanasi to‘qima va organlarga ajralmagan. Shuning uchun ularning tanasi qattana yoki tallomdeb ataladi. Bir hujayrali o‘simliklarda tirik organizm uchun xos bo‘lgan barcha tiriklik xususiyatlari bitta hujayrada amalga oshadi. Koloniyali holda yashov chi o‘simliklar bir va ko‘p hujayralilar orasida turuvchi organismlar hisob lanadi. Bunday organizmlar ayrim hujayralar to‘dasidan iborat bo‘lib, mustaqillikni saqlab qolgan holda hayotiy tomondan bir-birlari bilan bog‘lanishda bo‘lishi kuzatiladi. Ko‘p hujayrali tuban o‘simliklarda esa hujayralar o‘rtasidagi hayotiy vazifalar o‘zaro taqsimlangan bo‘ladi. Tuban o‘simliklarga misollar keltiring.2. Yuksak o‘simliklarevolutsion jihatdan ancha yosh hisoblanadi. Ko‘pchilik yuksak o‘simliklarda poya, barg va ildiz kabi vegetativ organlar rivojlangan, shuningdek, to‘qimalarga ajralishi ham kuzatiladi. Ular poyabargli o‘simliklardeb ataladi. Ko‘p hujayrali o‘simliklarning tana si turli hayotiy vazifalarni bajaruvchi bir necha xildagi hujayralardan tashkil topgan. Hujayralari bir-biridan shakl va tuzilishi jihatdan farq qiladi. Hujayralarning takomillashishi va ixtisoslashishi tufayli ularda barcha hayotiy jarayonlar ya’ni, oziqlanish, nafas olish, o‘sish, ko‘payish va boshqalar sodir bo‘ladi.
2-savolga javob:
Biologik sintez reaksiyalarning to‘plami plastik almashinuv deb ataladi. Modda almashinuvida bu turning nomi uning mohiyati bilan bog‘liq: hujayra tashqaridan kelayotgan oddiy moddalar hisobiga o‘zi uchun zarur bo‘lgan birikmalarni hosil qiladi. Quyida plastik almashinuvning eng muhim shakllaridan bo‘lgan DNk, RNkva oqsil biosintezi bilan tanishamiz. Hujayrada DNK sintezi.DNkmolekulasi ikki zanjirdan tuzilgan qo‘sh spiral bo‘lgani uchun uning sintezi shu qo‘sh spiralni yaratishdan iborat. Bu zanjirlar bir-biriga to‘la komplementar, ya’ni biri ikkinchisinito‘ldiribturadi. DNk molekulasining sintezi uning boshlang‘ich qo‘sh zanjirining ikkita alohida zanjirlarga ajrali shiga va ular har birining strukturasiga mos ikkinchi zanjir yaratilishiga asoslangan. DNk zanjirlarini bir-biridan ajratuvchi alohida ferment mavjud bo‘lib, bu ferment DNk molekulasida asta siljib, birin-ketin nukleotidlar orasidagi kuchsiz vodorod bog‘larini uzadi. Boshqa ferment esa har bir alohida zanjir bo‘ylab harakatlanishi davomida eski zanjir nukleotidlarga komplementar bo‘lgan yangi zanjir nukleotidlarni ulaydi. Demak, yangi sintezlangan DNk ikki zanjirli duragay molekula bo‘lib, uning bitta zanjiri eski, ikkinchisi esa yangidir. Bu jarayonda bir zanjirdagi adenin A qarshisida ikkinchi zanjirda timin T, guanin G qarshisida sitozin C va aksincha, joylashadi. DNk molekulasining ikki hissa ortishiga DNK replikatsiyasideyiladi. RNKlar sintezi, asosan yadroda, DNk molekulasidagi nukleotidlar tartibi shaklida yozilgan axborotni i-RNkga ko‘chirib olgandek o‘tishiga – transkripsiya deb ataladi. DNk zanjiri matritsasi asosida RNk sintezlanishi jarayonda DNkdagi nukleotidlar qatori RNkdagi nukleotidlar qatorida takrorlanadi, faqat DNkdagi T(timin) o‘rniga u(uratsil), dezoksiriboza o‘rniga riboza joylashadi. Shuni ta’kidlab aytish kerakki, DNkmolekulalari juda katta, ularda yozilgan axborot juda ko‘p, RNklar DNkmolekulasining kichik bir qismiga to‘g‘ri keladi. Bitta DNkmolekulasida yuzlab, minglab i-RNk, t-RNk, r-RNklar sintezlanishi mumkin. har bir i-RNkdagi axborot kamida bitta oqsil molekulasi sintezi uchun yetarlidir.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling