bilet “Bu yurt barchamizninki” matnini o’qing va mazmunini ochib beradigan ta savollar tuzing


-BILET 1. “Is’hoqxon To‘ra Ibrat ” matnini o‘qing va matnni ochib beruvchi savollar tuzing


Download 89.71 Kb.
bet18/28
Sana03.01.2023
Hajmi89.71 Kb.
#1076432
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
9 sinf imtihon javoblari o\'zbek tili kkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkk

19-BILET
1. “Is’hoqxon To‘ra Ibrat ” matnini o‘qing va matnni ochib beruvchi savollar tuzing.
Is’hoqxon To‘ra Ibrat
(1862 – 1937)
Ma’rifatparvar shoir, olim, sayyoh, matbaachi va muallim Is’hoqxon To‘ra Ibrat 1862- yili Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida ziyoli oilada tavallud topgan. Ibrat 1886- yilda Qo‘qon madrasasini tugatgach, ona qishlog‘I To‘raqo‘rg‘onga qaytadi. O‘z faoliyatini ma’rifat tarqatishga qaratadi. „Usuli qadim“ qabilidagi maktablarni isloh etib, jadid maktablarini ochishga kirishadi. 1887- yilda u Sharq va G‘arb mamlakatlariga safar qilib, Istanbul, Sofiya, Afina, Rim, shuningdek, Qobul, Makka, Kalkutta, Bombey kabi shaharlarda bo‘ladi. Safar davomida arab, fors,
hind, urdu, ingliz tillarini mukammal o‘rganadi. Sharq xalqlari tillari qatorida G‘arb xalqlari tillarini ham o‘rganish ishtiyoqida bo‘ladi. Eng muhimi, yozilajak ilmiy asarlari uchun boy material to‘playdi. Ibratning milliy kutubxona, kitobxonlik ishlarining ilk tashkilotchisi va targ‘ibotchisi sifatida ham xizmatlari beqiyosdir. U asos slogan „Kutubxonai Is’hoqiya“ fondi bu jihatdan ancha boy bo‘lib, unda kitob berish va olish ma’lum tartib-qoidaga moslashgan edi.
1. Ma’rifatparvar, sayyoh, matbaachi deganda nimani tushinasiz?
2. Is’hoqxon To‘ra Ibrat asosan nechanchi yillari o’z ish faoliyati gurkuragan davr bo’ldi?
3. U asos slogan fond qanday nomlangan?


2. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlar qo‘ying va gaplarni ona tilingizga tarjima qiling.
Xiva …. Xorazmning noyob qadimiy shahridir. Madrasaga o‘n qirrali …. shaklidagi naqsh tushurilgan.
Xiva ko‘hna Xorazmning noyob qadimiy shahridir. Madrasaga o‘n qirrali yulduzlar shaklidagi naqsh tushurilgan.


3.Muslim Yo’ldoshevning “Bir dam o’tir, onajonim” she‘rini o’qing va mazmunini tushuntirib bering.

Bir dam o‘tir, onajonim
Tanish eshik, qadrdon uy, jonajon hovli,
Ichkariga yo‘llanaman dilim orziqib.
Onam peshvoz chiqar chopib, qo‘lida chovli,
Norin solib turgan ekan, shoshib, hovliqib.


Har gal shunday, qaylarnidir kezib kelaman,
Munisginam har safar ham bir ish bilan band.
Qo‘li tegmas qo‘liga hech, hayron bo‘laman,
Qaydan ekan onamdagi shunchalik g‘ayrat.


Yo do‘ppisi tizzasida, qatimi uzun,
Yo tandirga o‘t qalagan patir yopgani.
Eslolmayman, yasan-tusan bir chetda tursin,
Qoshlariga bir yolchitib o‘sma tortganin.


Ayvon sari yetaklaydi, so‘rab hol-ahvol,
Par yostiqlar qo‘yar, to‘shar yangi ko‘rpacha.
„Orom olib, bir ozgina uxlab ola qol,
Norinim ham tayyor bo‘lar sen turgungacha“.

O‘zing o‘tir onajonim norining keyin


Qo‘ni-qo‘shni emas gapir avval o‘zingdan.
Ichikibsan, sog‘inibsan yana ne deyin
Hammasini uqib oldim shundoq ko‘zingdan.

Tashvishlarim yuzlaringga solibdi ajin,


Yuzginangning madhi o‘zi yetuk bir doston.
Beboshligim ko‘zlaringda topibdi aksin,
Ko‘zlaringga qasidalar bitay, onajon!
Muslim Yo‘ldoshev




Download 89.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling