bilet “Bu yurt barchamizninki” matnini o’qing va mazmunini ochib beradigan ta savollar tuzing


Download 89.71 Kb.
bet9/28
Sana03.01.2023
Hajmi89.71 Kb.
#1076432
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
9 sinf imtihon javoblari o\'zbek tili kkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkk

Tillashayx jome masjidi
Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon
qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham
o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me’moriy obida atrofidagi e’tiborga molik obidalar ham ta’mirlandi
1. Masjidning tashqi qiyofasini tasvirlang.
2. Yana qanday masjidlarni bilasiz?
3. Me’moriy obidalarda qanday bezaklardan foydalanilgan?



2. Baxillik, saxovat, ruhlanmoq, musavvir , tengdosh sozlarining tarjimasini yozing va ular ishtirokida gaplar tuzing. (o’z ona tilingizga tarjima qiling va gaplar tuzing)
1. Baxillik - …
2. Saxovat - …
3. Ruhlanmoq - …
4. Musavvir - …
5. Tengdosh - …


3. Tabiatni asrash uchun siz nima qilyapsiz?
Ekologik madaniyat tabiatni barcha go‘zalliklari bilan his qilishdan, sevishdan boshlanadi. Har bir inson tabiatdan bahra oladi. Ammo bu hali tabiatga muhabbat degani emas. Tabiatga muhabbat
uni tushunishdan, uning go‘zalliklarini anglashdan, tabiat bilan munosabatga kirishishdan boshlanadi. Madaniyatli kishi tabiat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatni saqlaydi. Jo‘mraklardan ortiqcha suv oqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to‘kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, ko‘chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va xiyobonlarni gulzorga
aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatning eng oddiy ko‘rinishlari sanaladi. Biz kelajak avlodlarga yaratgan ma’naviy va moddiy boyliklarimizni, bizgacha mavjud bo‘lgan tabiatni, shu bilan birga ekologik madaniyatimizni ham meros qoldiramiz.
(Ekologiyani asrash uchun siz nima qilayapsiz?...)

11-
BILET
1. “Odob ziynatimatnini oģqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.

Download 89.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling