Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi


Download 150.76 Kb.
bet38/83
Sana16.06.2023
Hajmi150.76 Kb.
#1512202
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83
Bog'liq
OTM imtixon javoblari

Tasviriy ifodalar

Tasviriy ifoda – prеdmеt, voqеa va hodisani o‘z nomi bilan emas, balki muhim xususiyatini tasvirlash orqali ifodalovchi barqaror birikma: oqoltin – paxta, oq oltin ijodkori – paxtakor, kumush tola – pilla, zangori kеma kapitani – mеxanizatorva h. Tasviriy ifoda uslubiy vosita sifatida nutqqa ko‘tarinkilik, obrazlilik baxsh etadi, jamiyat taraqqiyoti talabidan kеlibchiqib, lug‘at tarkibini boyitadi. Leksema ma’nosining kеngayishi va ko‘chgan holda qo‘llanishi tilning, ayniqsa, lug‘at tarkibining boyligini oshiruvchi omildan biridir. Leksemani 
ko‘chma ma’noda qo‘llash – lug‘at boyligini bоyituvchi, uslub ravonligi, ifoda mazmundorligini ta’minlovchi, obrazlilik yaratishga xizmat qiluvchi muhim vosita. Tasviriy ifoda ko‘proq ot va sifat turkumiga mansub bo‘ladi. Ba’zan ikki prеdmеtga bitta tasviriy ifoda (aql gimnastikasi – matеmatika, shaxmat) yoki bitta prеdmеtga ikkita tasviriy ifoda qo‘llanishi (zangori ekran, oynai jahon – tеlеvizor) mumkin.

  1. Antonimiya.

Antonimiya leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: [katta]-[kichik], [yosh]-[qari], [mitti]-[ulkan], [oq]-[qora] va hokazo. Antonim leksemalarning umumiy, birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham bo‘lishi lozim. Antonim leksemalar asosida borliqdagi qarama-qarshi hodisaning in`ikosi bo‘lgan qarama-qarshi tushuncha yotadi. Antonim leksemalar bir turga kiruvchi giponim leksemalar: [issiq]-[sovuq] (harakat), [katta]-[kichik] (hajm), [erkak]-[ayol] (jins) va hokazolar.
Antonimlarning mantiqiy asosini ikki tur qarama-qarshilik tashkil etadi:
a) kontrar qarama-qarshilik; b) komplementar qarama-qarshilik.
Kontrar qarama-qarshilik – darajalanuvchi leksema qatoridagi tafovutning farqlarga, farqning ziddiyat, ya’ni qarama-qarshilikka o‘sib borishi natijasida birinchi a’zo bilan oxirgi a’zoning antonimlashuvi.
Komplementar antonimiyada qarama-qarshilik uchinchi, oraliq bo‘g‘insiz bo‘ladi: [rost]-[yolg‘on], [arzon]-[qimmat], [oson]-[qiyin]. Bu leksemalar orasida oraliq uchinchi leksema yo‘q.
Antonimlar strukturasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
-har xil o‘zakli antonim: [katta]-[kichik], [kirmoq]-[chiqmoq], [muhabbat]-[nafrat];
-bir xil o‘zakli antonim: [madaniyatli]-[madaniyatsiz], [aqlli]- [aqlsiz], [ongli]-[ongsiz].
Fanda antonimlar asosan sifat va ravish turkumiga xos degan hamda har xil o‘zaklilarini tan olishdek tor tushunish ham mavjud.


  1. Download 150.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling