Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi


Bilet№ 16 Omonimlar haqida ma`lumot bering va misollar yordamida tushuntiring


Download 150.76 Kb.
bet44/83
Sana16.06.2023
Hajmi150.76 Kb.
#1512202
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
Bog'liq
OTM imtixon javoblari

Bilet№ 16

    1. Omonimlar haqida ma`lumot bering va misollar yordamida tushuntiring.

Shakli (yozilishi va aytilishi) bir xil, ma’nosi har xil so‘zlar omonimlar deyiladi. Omonim so‘zi grekcha «bir xil» degan ma’noni ifodalaydi. Masalan: ot - hayvon, ot - uloqtirmoq, ot – ism.
Omonim so‘zlar turkumiga (yuz – insonning tana a’zosi, ot; yuz - miqdor bildiruvchi son) oid bo‘ladi.
Omonimlar 2 turga ajratiladi: 1) lug‘aviy omonimlar; 2) grammatik omonimlar.
Lug‘aviy omonimlar:
1) so‘zlar doirasida; 2) iboralar doirasida bo‘ladi.
Grammatik omonimlar qo‘shimchalar doirasidagi shakliy tenglikdir. SHakli bir xil, ma’nosi har xil qo‘shimchalarga grammatik omonimlar deyiladi. Masalan: -im qo‘shimchasi bilim – ot yasovchi qo‘shimcha, fe’ldan ot yasaydi. Kitobim – I shaxs, birlik qo‘shimchasi; -ki (tepki) – ot yasovchi qo‘shimcha, -ki (kechki) – sifat yasovchi qo‘shimcha.

    1. Grafika._Obyekti,_vazifalari.'>Grafika. Obyekti, vazifalari.

Tilshunoslik lug‘atlarida grafika tushunchasiga ikki xil ta’rif berishadi: 1. Nutq tovushlarini yozib ifodalash vositalarining muayyan tizimi. 2. Tilshunoslikning alifbodagi harflar tarkibini, shaklini, harf va nutq tovushlari orasidagi munosabatni belgilash bilan shug‘ullanuvchi amaliy sohasi”. Grafika grekcha grafikos so‘zidan olingan bo‘lib, yozuv degan ma’noni bildiradi.
Grafika og‘zaki nutqni turli shakllar, belgilar, raqamlar va chiziqlar yordamida aks ettiruvchi tilshunoslik sohasi hisoblanadi. Grafik vositalarga harflar, belgilar va tinish belgilari kiradi. Harf – tovush ifoda etuvchi shakl.
Grafik tamoyil. Bu tamoyil asosidagi imlo qoidalari tovush bilan uning yozuvdagi shakli o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalashga asoslanadi. Masalan, sirg‘aluvchi j tovushi bilan qorishiq portlovchi j tovushlari yozuvda bitta shakl – harf bilan berilishi (jo‘ja-gijda kabi), sayoz til orqa –ng tovushini ifodalovchi harflar birikmasi ng hamda n va g tovushlarini ifodalovchi n va g harflari yonma-yon kelganda ham n va g talaffuz etilishi grafik tamoyil asosida belgilangan: ko‘ngil – bitta tovush, senga - ikkita tovush.
1995-yil 24-avgustda lotin grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvining imlosiga doir qoidalari tasdiqlandi. Bu imlo qoidalari quyidagi bo‘limlardan iborat:

  1. Ayrim harflar imlosi: unlilar imlosi, undoshlar imlosi.

  2. Asos va qo‘shimchalar imlosi.

  3. Qo‘shib yozish.

  4. Ajratib yozish.

  5. Chiziqcha bilan yozish.

  6. Bosh harflar bilan yozish.

  7. Ko‘chirish qoidalari


    1. Download 150.76 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling