3. Badiiy vazifa. Badiiylik go‘zallikning nutqiy ko‘rinishidir. Borliqda go‘zallikning ko‘rinishlari juda ko‘p. Butun mavjudotning, xususan insonning tuzilishi, yurish-turishida qanchadan qancha yetuklik, jumladan go‘zallik bor.
4. Inson hayotini dasturlash va boshqarish vazifasi. Til olamni tartibga soluvchi va boshqaruvchi kibernetik9 tizimdir. Til olamni tartibga soladi va uni to‘la boshqaradi. U faqat insonni emas, hatto hayotni ham boshqaradi. Inson hayotida yuz beradigan voqealar uning ongidagi fikr va obrazlarga hamda odam ularni qaysi so‘zlar bilan ifodalashiga to‘la muvofiq keladi.
5. Tilshunoslikning fanlar bilan o`zaro aloqadorligi.
Tilshunoslik fani kishilar tili haqidagi fan sifatida ijtimoiy-gumanitar fanlar guruhiga kiradi. “Tilshunoslik til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi haqidagi; muayyan tillarning ish ko‘rish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan” Tilshunoslik fani hozirgi zamon fanining barcha asosiy turlari bilan bog‘liq.
Tilshunoslik – ko‘p qirrali fan. U fan sifatida umumiy va xususiy, nazariy va amaliy tilshunoslikka ajratiladi.
Bilet№ 17
So‘zning lug‘aviy va grammatik ma’nosi.
So‘zning muhim belgisi ma’noga egaligidir. So‘z ma’nosida borliqdagi biror narsa-hodisa haqidagi tushuncha aks etadi. Tushuncha tafakkur birligi bo‘lib, narsa va hodisalarning mantiqan ajratilgan muhim belgilarini umumlashtirib, birlashtirib aks ettiruvchi fikr shaklidir. Tushunchaning sezgi, idrok va tasavvurdan farqi shundaki, u konkret belgi va jihatlarni emas, eng umumiy belgilarnigina saqlab qoladi. Tushuncha uchun umumiylik xos. Kishining fikrlashi tushuncha asosida vujudga keladi. Shu ma’noda, so‘z – tushunchaning tildagi ifodasi. So‘z tushunchaning moddiy qobig‘ini shakllantiruvchi va ichida saqlab turuvchi “idish”ni tashkil etsa, tushuncha so‘zning mazmun tomonini – ma’nosini tashkil etadi. So‘zning biror so‘z turkumiga xos belgisi, so‘z birikmasi va gapdagi vazifasini ko‘rsatuvchi xususiyati grammatik ma’no deyiladi. Chunonchi, "Bolalar qiziqarli kitobni o‘qiydi" gapini olsak, "Bolalar" so‘zida 2 xil ma'no ajralib turadi:1) lug‘aviy ma'no - ya'ni bu so‘zning borliqdagi odam jinsiga mansub bo‘lgan, yosh jihatdan voyaga yetmagan shaxsni yoki voyaga yetgan kimsaning farzandi, avlodini atab kelish; 2) ko‘plik sonda, bosh kelishikda, gapda ega vazifasida kelgan turdosh ot. Bu ma’nolardan birinchisi lug‘aviy, leksik ma’no bo‘lsa, ikkinchisi grammatik umumlashgan ma’nodir. Grammatik ma’no juda ko‘p so‘z uchun bir xil, ya’ni umumiy bo‘ladi. Lug‘aviy ma’no esa har bir so‘zda alohida.
Lug‘aviy ma’noning bir necha turi mavjud. Bu turlar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir necha juftlikni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |