Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi


Bilet№ 18 Leksikologiya, obyekti, vazifalari


Download 150.76 Kb.
bet49/83
Sana16.06.2023
Hajmi150.76 Kb.
#1512202
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
Bog'liq
OTM imtixon javoblari

Bilet№ 18

  1. Leksikologiya, obyekti, vazifalari.

Leksikologiya o‘zbek tili kursining lug‘at tarkibi (leksikasi)ni o‘rganadigan bo‘limidir.
Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar va iboralar yig‘indisi leksika deyiladi. Bu so‘zlar shu tilning lug‘at boyligini tashkil etadi.
Leksikologiya tilning lug‘at tarkibini ikki tomonlama: 1) ichki va 2) tashqi tomondan tekshiradi.
Leksikologiya – grekcha – lexsikos – «lug‘atga (so‘zga) oid», logos – «ta’limot», «fikr» elementlaridan tuzilgan.
Leksikologiya tilning fonetika va grammatika bo‘limlari bilan bevosita bog‘liq. Fonetika nutq tovushlarini o‘rganadi. Leksika shu tovushlar asosida shakllanadigan so‘zni, grammatika o‘z qonun-qoidalari asosida so‘zlarni o‘zaro bog‘laydi va tilni fikr ifodalash uchun tayyorlaydi. Demak, tovush bo‘lmasa, so‘z bo‘lmaydi, so‘z bo‘lmasa grammatikaning ham bo‘lishi mumkin emas.
Ma’lumki, so‘zlovchi tilning lug‘at tarkibidan maqsadiga muvofiq tarzda foydalanadi. Bu leksikologiyaning uslubiyat bilan o‘zaro bog‘liq ekanini bildiradi.
Lug‘at tarkibi shu tilda so‘zlashuvchi xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniyat tarixi bilan bog‘liq. Shuning uchun leksikologiya tarix, arxeologiya, adabiyot, falsafa kabi ijtimoiy fanlar bilan ham yaqindan aloqadadir.
2. Antonimiya.
Antonimiya leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: [katta]-[kichik], [yosh]-[qari], [mitti]-[ulkan], [oq]-[qora] va hokazo. Antonim leksemalarning umumiy, birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham bo‘lishi lozim. Antonim leksemalar asosida borliqdagi qarama-qarshi hodisaning in`ikosi bo‘lgan qarama-qarshi tushuncha yotadi. Antonim leksemalar bir turga kiruvchi giponim leksemalar: [issiq]-[sovuq] (harakat), [katta]-[kichik] (hajm), [erkak]-[ayol] (jins) va hokazolar.
Antonimlarning mantiqiy asosini ikki tur qarama-qarshilik tashkil etadi:
a) kontrar qarama-qarshilik;
b) komplementar qarama-qarshilik.
Kontrar qarama-qarshilik – darajalanuvchi leksema qatoridagi tafovutning farqlarga, farqning ziddiyat, ya’ni qarama-qarshilikka o‘sib borishi natijasida birinchi a’zo bilan oxirgi a’zoning antonimlashuvi.
Komplementar antonimiyada qarama-qarshilik uchinchi, oraliq bo‘g‘insiz bo‘ladi: [rost]-[yolg‘on], [arzon]-[qimmat], [oson]-[qiyin]. Bu leksemalar orasida oraliq uchinchi leksema yo‘q.
Antonimlar strukturasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
har xil o‘zakli antonim: [katta]-[kichik], [kirmoq]-[chiqmoq], [muhabbat]-[nafrat];
bir xil o‘zakli antonim: [madaniyatli]-[madaniyatsiz], [aqlli]- [aqlsiz], [ongli]-[ongsiz].
Fanda antonimlar asosan sifat va ravish turkumiga xos degan hamda har xil o‘zaklilarini tan olishdek tor tushunish ham mavjud.

Download 150.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling