4. Unlilar va ularning tasnifi.
Har bir til o‘zining unli tovushlar tizimiga ega. Bu tizim vokalizm deb ataladi. O‘zbek tilidagi unli tovushlar (a, i, o, u, o‘, e) uch tomondan tasnif qilinadi:
1.Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra.
1) old qator unlilar: a, e, i;
2) orqa qator unlilar: o, o‘, u.
2.Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra.
1) yuqori tor unlilar: i, u;
2) o‘rta keng unlilar: e, o‘.
3) quyi keng unlilar: a, o.
3. Lablarning ishtirokiga ko‘ra.
1) lablangan unlilar: u, o‘, o;
2) lablanmagan unlilar: i, e, a.
5. Til va tafakkur.
Tafakkur va fikrlash jarayoni bilish nazaryasi, psixologiya va nevrofziologiya, shuningdek kibernetikada aqliy amaliyotlarni texnik modellashtirish masalalari bilan boʻgʻliq shakllarda oʻrganiladi.Tafakkur individual (subyektiv) va ijtimoiy boʻlishi mumkin.Har bir inson oʻziga xos fikrlash qobiliyatiga ega, lekin u hech qachon jamiyat ongi, qoidalari va tafakkuridan ayri holda yashay olmaydi.
Biz tafakkurning til bilan zich alaqadorligi xususidagi ta’kidni takror va takror eslatib oʻtishimiz zarur.Tafakkur til shaklida voqelanadi,tilning oʻzi tafakkur hamdir . Aniqki, hech birimiz oʻz fikrlash qobiliyatimizni tilsiz tasavvur etolmaymiz - til vositasida biz oʻylaymiz, fikrlaymiz. Biologik nuqtai nazardan odam fikrlovchi hay-von, ya’ni tafakkur qobiliyati insonni hayvondan ajratadi.Tafakkur esa til, soʻz orqali yuzaga chiqadi. Shu bois Mir Alisher:
Insonni soʻz ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yoʻq ondin. deb soʻzni shuncha ulugʻlaydilar.
Bilet№ 20
B, D, J undoshlarini undoshlarning to`rtta tasnifi bo`yicha yozing.
B tovushi - lab-lab, sof portlovchi, jarangli undosh tovush bo‘lib, so‘z boshida (bahor), o‘rtasida (abadiy) va oxirida (kitob) uchraydi. Bu tovush so‘z oxirida kelganda jarangsizlashadi va p tovushi bilan almashadi: maktab – maktap, odob- odop. Bu tovush ko‘pincha ikki unli orasida kelganda yoki ikki fe’l birikib talaffuz qilinganda, v tovushi kabi aytiladi va ba’zan shunday yoziladi: kabob – kavob, qobirg‘a - qovurg‘a, sabil – savil, qurbaqa – qurvaqa, ko‘ra ber – ko‘raver kabi.
So‘z boshida kelgan b tovushi ayrim shevalarda talaffuz paytida m tovushiga o‘tadi: murch > burch (garmdori – Xorazm shevasida). Tarixan b va m tovushlarining almashinuvi turkiy tillarda kuzatiladi: ben – men, bunga – munga va h.
Do'stlaringiz bilan baham: |