Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi


Download 150.76 Kb.
bet56/83
Sana16.06.2023
Hajmi150.76 Kb.
#1512202
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83
Bog'liq
OTM imtixon javoblari

5. Bo`g`in, urg`u, pauza.
Bo‘g‘in o‘pkadan chiqib kelayotgan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan aytiladigan tovushlar yoki ayrim bir tovushdir. Unli tovush bo‘g‘in hosil qiluvchi tovushdir. Shuning uchun so‘zda nechta unli tovush bo‘lsa, bo‘g‘inlar soni ham shuncha bo‘ladi. Masalan, adolat so‘zida uch bo‘g‘in bor: a-do-lat.
So‘z bo‘g‘inlaridan birining yoki gap tarkibidagi so‘zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq yoki cho‘ziqroq talaffuz qilinishi urg‘u deb ataladi. Urg‘u ikki turga ajratiladi:
1) so‘z urg‘usi (yoki leksik urg‘u) so‘z bo‘g‘inlaridan biriga tushadigan urg‘udir. Yozuvda urg‘u bo‘g‘indagi unli ustiga qo‘yiladigan maxsus belgi ( ´ ) orqali ko‘rsatiladi. Masalan: А́́slida insо́n tabiatní́ng oltindа́n hа́m bebahо́ mo‘jizasí́́́ -ku! Dunyodа́ insondа́n azí́z, insondа́n qimmatlí́ narsа́ bо́rmi o‘zí́? (O.Husanov). Leksik urg‘u so‘zning qaysi bo‘g‘iniga tushishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: a) bog‘liq urg‘u; b) erkin urg‘u.
2) gap urg‘usi (yoki mantiqiy urg‘u, ma’no urg‘usi) gap bo‘laklaridan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytilishidir. Bu urg‘u, odatda, individual xarakterga ega bo‘lib, so‘zlovchi o‘zicha muhim sanagan so‘zni mantiqiy urg‘u bilan talaffuz qiladi va bu bilan tinglovchining e’tiborini shu bo‘lak bilan ifodalangan ma’noga tortadi, yoki o‘sha bo‘lakning ma’nosini bo‘rttirib, kuchaytirib ko‘rsatadi.
Urg‘u sifatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1) dinamik urg‘u so‘z bo‘g‘inlaridan birining kuchli aytilishi: o‘zbek va rus tili urg‘usi kiradi; 2) musiqiy urg‘u so‘z bo‘g‘inlaridan birining balandroq aytilishidir. yapon, xitoy tillari urg‘usi shunday xususiyatga ega.
Pauza – nutq oqimidagi ayrim to`xtalishlar. Pauzaning sintaktik va nosintaktik turlari bor: sintaktik pauza gap bo`laklarini belgilash funksiyasini bajaradi; nosintaktik pauza esa so`zlovchining nafas olishini rostlash ehtiyoji bilan yuzaga keladi.



Download 150.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling