Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi


Bilet№ 21 Paronimlar va ularning nutqdagi ahamiyati


Download 150.76 Kb.
bet57/83
Sana16.06.2023
Hajmi150.76 Kb.
#1512202
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83
Bog'liq
OTM imtixon javoblari

Bilet№ 21

  1. Paronimlar va ularning nutqdagi ahamiyati.

Birdan ortiq so‘zning shakliy o‘xshashligi paronimiya deyiladi. Talaffuzi bir-biriga juda yaqin, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar paronim so‘zlar deyiladi. Masalan, asr va asir, afzal va abzal, sher va she’r kabi so‘zlar talaffuzda bir xil aytisa-da, yozilishda farq qiladi. Ma’nosi ham butkul boshqa-boshqa. Paronimni ikki xil yozilishga ega bo‘lgan, ammo ma’nosi bir xil bo‘lgan dubletdan farqlash kerak: aravaaroba, shabadashabboda, benihoya – benihoyat, gado – gadoy kabilar paronim emas, dublet, variantdosh so‘zlardir.
Paronimlar talaffuz jihatdan o‘xshash bo‘lganligi uchun undan qofiya sifatida keng foydalaniladi. Paronimning uslubiy xususiyati. Paronimni to‘g‘ri qo‘llamaslik oqibatida xatolik yuz beradi: Chanoqdagi lo‘ppi ochilgan paxta quyoshda yarqirab, kumushdek toblanadi. Bu gapdagi toblanadi so‘zi o‘rnida tovlanadi so‘zi ishlatilishi kerak edi.
2. Sinonimiya.
Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi. Sinonim leksema orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi.
Sinonim leksema sememalaridagi atash va vazifa semasi aynan bir xil bo‘lib, ifoda semasi farqlanadi. Misol sifatida [yuz]-[bet]-[aft]-[bashara]-[turq] qatorini keltirish maqsadga muvofiq. Ma’nodoshlik qatoridagi mazkur leksemalarning barchasida atash semalari bir xil: «odam boshi old tomoni», «peshonadan iyakkacha». Ammo ifoda semalari har bir leksemada o‘ziga xos. Aniqrog‘i, «shaxsiy munosabat» har bir leksemada boshqa-boshqa namoyon bo‘lgan. U [yuz] leksemasida «shaxsiy betaraf munosabat» ko‘rinishida bo‘lsa, [turq] leksemasida «o‘ta kuchli shaxsiy salbiy munosabat» tarzida.
Ma’nodoshlik qatoridagi leksemalarning ifoda semasi turli-tuman. Ulardan ayrimlari quyidagilar:
1) ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat sema;
2) leksemaning qo‘llanish davrini ko‘rsatuvchi sema: «eskirgan», «yangi», «o‘ta yangi», «arxaik», «tarixiy».
3) leksemaning qo‘llanilish doirasini ko‘rsatuvchi sema: «shevaga xos», «so‘zlashuvga xos», «kitobiy», «ko‘tarinkilik» va h.
Ma’nodoshlik qatoridagi leksemaning bittasi dominanta (bosh) leksema bo‘lib, boshqalari shu leksema atrofida birlashadi, ma’nodoshlik qurshovi hosil qiladi. Dominanta leksemaning yuqorida sanalgan barcha ifoda semasi neytral, betaraf. Masalan, [katta]-[ulkan]-[bahaybat] sinonimik qatori «kitobiylik», «ko‘tarinkilik» ifoda semalari asosida tashkil topgan. Qatordagi katta leksemasida bu sema belgilanmagan (neytral), [ulkan] va [katta] leksemalarida ifodalangan, oydin­lash­tirilgan.

Download 150.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling