1. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra
1) lab undoshlari : b, p, m, v, f
a) lab-lab undoshlari: b, m, p; b) lab-tish undoshi: v, f.
2) til undoshlari : g, d, j (gijda so‘zidagi kabi), j (jiyda so‘zidagi kabi), z, y, k, l, n, ng (ong), r, s, t, x, ch, sh, q, g‘ (jami 18 ta).
a) til oldi undoshlari: d, j (jurnal), j (jahon), z, l, n, r, s, t, ch, sh (jami 11 ta ); b) til o‘rta undoshi: y;
d) til orqa undoshlari: k, g, ng (jang); e) chuqur til orqa undoshlari: q, g‘ , x.
3) bo‘g‘iz undoshi. h
2. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra undosh tovushlar uch turga bo‘linadi:
1) portlovchi undoshlar (jami 9 ta): b, g, d, j (jo‘ja so‘zidagi), k, p, t, ch, q
2) sirg‘aluvchi undoshlar (jami 9 ta) v, j (jurnal, vijdon), z, y, s, f, x, sh, g‘, h
3) portlovchi-sirg‘aluvchi undoshlar (jami 5 ta) m, n, ng, l, r
3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undosh tovushlar dastlab ikki turga bo‘linadi:
1) shovqinli undoshlar (jami 19 ta) b, v, g, d, j (ajdar), j (jiyan), z, y, k, p, s, t, f, x, ch, sh, q , g‘, h
a) jarangli undoshlarni (jami 9 ta): v, b, g, d, j (garaj), j (jo‘xori), z, y, g‘ .
b) jarangsiz undoshlar (jami 10 ta): k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h.
2) sonor (yoki shovqin ishtirok etgan ovozdor) undoshlar (jami 5 ta) m, n, ng, l, r
2. So‘zlararo ma’noviy munosabatlar haqida.
Leksik birliklar lisonda turli semantik munosabat asosida har xil paradigma hosil qilgan holda mavjud bo‘ladi. Sinonimik, antonimik, graduonimik, partonimik, giponimik munosabat ana shunday lisoniy munosabat.
Sinonimiya. Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi. Sinonim leksema orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi.
Giponimiya. Leksemalararo semantik munosabatning yana bir turi giponimiya (aniqrog‘i, gipo-giperonimiya), ya’ni tur-jins munosabati. Giponimik munosabatda giperonim (jins) va giponim farqlanadi.
Antonimiya leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: [katta]-[kichik], [yosh]-[qari], [mitti]-[ulkan], [oq]-[qora] va hokazo. Antonim leksemalarning umumiy, birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham bo‘lishi lozim.
Graduonimiya. Lug‘aviy birliklar o‘zaro ma’noviy munosabatiga ko‘ra ma’lum bir darajalanish qatorini hosil etishi fanga qadimdan ma’lum va uning eng yorqin namunasi - [o‘rta] so‘zini o‘z ichiga olgan so‘zlar qatori.
Do'stlaringiz bilan baham: |