Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi
Download 150.76 Kb.
|
OTM imtixon javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- I, O, E unlilarini tilning gorizontal harakatiga ko`ra tasnifini ayting. I
- Lablarning ishtirokiga ko‘ra
3. Tilning jamiyatdagi roli.
Jamiyat kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmuidir. Bu hamkorlik kishilarning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, ma’daniy sohalarda, moddiy ishlab va mehnat jarayonidagi uzviy birligidan iboratdir. Inson jamiyatdan tashqarida yashayolmaydi, balki jamiyatda tug‘iladi, kamol topadi, yashaydi va rivoj topadi. Umuman inson tushunchasi jamiyat tushunchasi bilan uzviy bog‘liq dir. Shuning uchun sotsiologiya va iqtisodiyotda insonning ta’riflansa, jamiyat inson orqali ta’riflanadi – bu ikki tushuncha bir-biridan ajralmasdir. Inson va jamiyat oʻzaro dialektik butun boʻlak munosabatlarida turgan butunliklardir - inson jamiyatning bir boʻlagi, tarkibiy qism boʻlganligi uchun ham insondir. Oʻz navbatida jamiyat insonlarni xilma-xil munosabatlar bilan birlashtirilganligi sababli jamiyatdir: biz turnalar va boʻrilar toʻdasini jamiyat deb ayta olmaymiz. Jamiyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri tildir. Til jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi eng muhim omillardan biridir. Tilshunoslik boʻyicha fanlardan sizga ma’lumki, tilning oʻzi murakkab hodisa boʻlib, u: a) ma’lum jamiyat a’zolari uchun tayyor , umumiy va majburiy boʻlgan UMIS tabiatli imkoniyatlar majmuasidan iborat boʻlgan lison, b) bu imkoniyatlarning bevosita voqealanishini tashkil etadigan AHVO tabiatli nutq, d) shu imkoniyatlarning yuzaga chiqish shart-sharoitlari va shakllarini belgilovchi me’yor kabi tomonlarning dialektik birligidir. Til – ijtimoiy hodisa ekan, hamisha jamiyat bilan birga rivojlanishdadir. Tilning davriy va mintaqaviy boʻlinishi va oʻzgarishi sizga dialektologiya, arxeologiya, til tarixi oʻquv fanlaridan ma’lum.Lekin bir jamiyatning oʻzidagi har qanday holat – hatto bir hudud va davrda jins, yosh, kasb-korga koʻra boʻlinishlar ham tilda oʻzini namoyon qiladi. I, O, E unlilarini tilning gorizontal harakatiga ko`ra tasnifini ayting. I unlisi quyidagicha tavsiflanadi: (Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra ,old qator unli; Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra, yuqori tor unli; Lablarning ishtirokiga ko‘ra, lablanmagan unli) 1) so‘z boshida (ipak), so‘z o‘rtasida (tilak) va so‘z oxirida (tulki) keladi. 2) so‘z ichida ikki jarangsiz undosh orasida nihoyatda qisqa aytiladi: bilan, sira. 3) k, g, x undoshlaridan keyin kelganda orqa qator unli kabi aytiladi: qir, G‘irot, oxir. 4) cho‘ziq varianti bor: muhim, musiqa. 5) e tovushiga moyil varianti bor: mix-mex. O unlisi quyidagicha tavsiflanadi: (Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra , orqa qator unli; Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra, quyi keng unli; Lablarning ishtirokiga ko‘ra, lablangan unli) so‘z boshida (olim), o‘rtasida (toza) va so‘z oxirida (bobo) keladi. E unlisi quyidagicha tavsiflanadi: (Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra , old qator unli; Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra, o‘rta keng unli; Lablarning ishtirokiga ko‘ra, lablanmagan unli) 1) so‘z boshida, so‘zning birinchi bo‘g‘inida keladi: eshik, elak, e’tibor, kel, bet kabi. Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling