3.Orfoepiya va uning o`rganilish obyekti.
Orfografiya grekcha orphos ( to‘g‘ri ) va grapho (yozaman) so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, «to‘g‘ ri yozaman» degan ma’noni bildiradi.
Jamiyatning har bir a’zosidan to‘g‘ri so‘zlay olish va savodli yoza bilish talab etiladi. O‘quv muassasalari oldida turgan asosiy vazifa ham shu talab asosida kelib chiqadi. Adabiy tilning ikki shakli bo‘lib, ulardan biri yozma nutqdir. Bu nutq orfografiya qonun-qoidalariga asoslanadi. Demak, orfografiya adabiy tilning yozma shakliga xos bo‘lib, u tildagi o‘zak-negiz va qo‘shimchalarni yagona tarzda to‘g‘ri yozish haqidagi qoidalar yig‘indisidir.
Imlo qoidalari orfografiyaning fonetik, morfologik, shakliy, an’anaviy va differensiatsiya tamoyillari asosida ishlab chiqilgan. Fonetik va morfologik tamoyillar o‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillaridir.
4. N, Q, H undoshlarini undoshlar tasnifi bo`yicha guruhlang va yozing.
N tovushi til oldi, portlovchi-sirg‘aluvchi, burun, sonor, jarangli undosh tovush bo‘lib, so‘zning boshida (nom, nima, nusxa), o‘rtasida (aniq, tiniq) va oxirida (un, to‘n, son) kela oladi. Bu tovush ayrim so‘zlar tarkibida b yoki m tovushlaridan oldin kelganda, shu tovushlar ta’sirida talaffuzda (yozuvda aslicha yoziladi) m tovushiga o‘tadi: manba>mamba, tanbal>tambal, ko‘nmadi >ko‘mmadi kabi.
H tovushi bo‘g‘izda hosil qilinadigan, sirg‘aluvchi, jarangsiz tovush bo‘lib, so‘z boshida (halol, hikoya, hukumat), o‘rtasida (sayohat, ohu) va oxirida (sayyoh, eh) qo‘llanadi. Bu tovush asosan arab, fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda uchraydi.
Q tovushi chuqur til orqa, sof portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo‘lib, so‘z boshida (qadr, qovoq, qo‘l), o‘rtasida (oqil, baqir, chuqur ) va oxirida (o‘roq, yo‘q,) keladi. Bu tovush ayrim ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar oxirida kelganida unli bilan boshlangan qo‘shimchalar qo‘shilsa, g‘ tovushiga almashadi: quloq+im>qulog‘im, to‘yoq+i >tuyog‘i. To‘qson, maqtov, maqsad kabi so‘zlarda esa x tovushiga o‘xshab talaffuz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |