Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi


Tovushlar va ularning turlari


Download 150.76 Kb.
bet59/83
Sana16.06.2023
Hajmi150.76 Kb.
#1512202
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83
Bog'liq
OTM imtixon javoblari

Tovushlar va ularning turlari.

Tovush bilan fonemani o‘zaro farqlash zarur. Tovush nutqning fonetik jihatdan bo‘linmaydigan eng kichik birligidir, u ma’no ifodalamaydi, lekin har qanday so‘z tovushlar vositasida shakllanadi. Masalan, a, d, m, o tovushlarini ma’lum bir tartibda talaffuz qilish orqali odam, omad, moda singari boshqa-boshqa ma’nodagi so‘zlar hosil qilinadi. So‘zlar tovush tarkibiga ko‘ra turlicha bo‘ladi.
1. Bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlar: ot – ol, ol – oq, oq - osh, osh – ov, ov – oz, oz – on, on – or, or – os, os – och, och – og‘ , og‘ - ox; oz – iz, iz – uz, uz – ez, davlat – savlat, ko‘za – g‘o‘za kabi.
2. Tovushlarning joylashish tartibiga ko‘ra farq qiladigan so‘zlar. Masalan: qo‘y – yo‘q (birinchi so‘z tarkibidagi birinchi tovush ikkinchi so‘zning oxirida qo‘llanadi.)
3. Biror tovushning ortiqligi bilan farq qiladigan so‘zlar: o‘lka – yo‘lka, et-bet, sava – savat, tana – tashna, taxt – taxta, o‘roq - so‘roq kabi.
Demak, so‘zlar tovushlardan tuziladi, ular bir, ikki, uch, to‘rt va hokazo miqdordagi tovushlarning tartiblashishidan hosil bo‘ladi.

Bilet№ 22

  1. Yozuvlar va ularnig turlari.

Orfografiya grekcha orphos ( to‘g‘ri ) va grapho (yozaman) so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, «to‘g‘ ri yozaman» degan ma’noni bildiradi.
Jamiyatning har bir a’zosidan to‘g‘ri so‘zlay olish va savodli yoza bilish talab etiladi. O‘quv muassasalari oldida turgan asosiy vazifa ham shu talab asosida kelib chiqadi. Adabiy tilning ikki shakli bo‘lib, ulardan biri yozma nutqdir. Bu nutq orfografiya qonun-qoidalariga asoslanadi. Demak, orfografiya adabiy tilning yozma shakliga xos bo‘lib, u tildagi o‘zak-negiz va qo‘shimchalarni yagona tarzda to‘g‘ri yozish haqidagi qoidalar yig‘indisidir.
Imlo qoidalari orfografiyaning fonetik, morfologik, shakliy, an’anaviy va differensiatsiya tamoyillari asosida ishlab chiqilgan. Fonetik va morfologik tamoyillar o‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillaridir.

Download 150.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling