Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi


Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra


Download 150.76 Kb.
bet64/83
Sana16.06.2023
Hajmi150.76 Kb.
#1512202
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83
Bog'liq
OTM imtixon javoblari

2.Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra.
1) yuqori tor unlilar: i, u;
2) o‘rta keng unlilar: e, o‘.
3) quyi keng unlilar: a, o.
3. Lablarning ishtirokiga ko‘ra.
1) lablangan unlilar: u, o‘, o;
2) lablanmagan unlilar: i, e, a.
5. Polisemantik so`zlar, ularning xususiyatlari.
Tildagi so‘zlar bir va birdan ortiq ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Bir ma’nolilik hodisasi monosemiya, ko‘p ma’nolilik hodisasi esa polisemiya deb yuritiladi. Masalan, marmar, g‘oya, xulosa, taassurot kabi so‘zlar va ilmfan sohalariga doir atamalar bir ma’noli so‘zlardir. O‘z va ko‘chma ma’nolari tufayli ikki yoki undan ortiq ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar esa ko‘p ma’noli (polisemantik) so‘zlar deyiladi. Masalan: etak - choponning etagi, tog‘ning etagi. Tilshunoslikda so‘zning ko‘p ma’nolilik xususiyatini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ko‘p ma’noli so‘zlar turli usullar vositasida ma’no ko‘chishi orqali o‘ ma’nosidan boshqa ma’nolar ifodalagan holda tilning ifoda imkoniyatlarini boyishida muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, ko‘p ma’noli so‘zlar o‘z ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’nolarga ham ega bo‘ladi. So‘zning nutqdan tashqarida, ya’ni tilda ifodalagan ma’nosi o‘z ma’nosi deb ataladi. Masalan, ko‘z, etak so‘zlari yakka holda ishlatilganda uning asl, ya’ni o‘z ma’nosi anglashiladi. 
Bilet№ 24

  1. Leksik tizimining tuzilishi.

Leksikologiya o‘zbek tili kursining lug‘at tarkibi (leksikasi)ni o‘rganadigan bo‘limidir.
Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar va iboralar yig‘indisi leksika deyiladi. Bu so‘zlar shu tilning lug‘at boyligini tashkil etadi.
Leksikologiya tilning lug‘at tarkibini ikki tomonlama: 1) ichki va 2) tashqi tomondan tekshiradi. Tilning lug‘at tarkibini ichki tomondan o‘rganadigan sohasi semasiologiya deb yuritiladi. Unda so‘z va iboralarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati o‘rganiladi. Har qanday so‘z tilda paydo bo‘lishi bilan o‘zining shakli va ma’nosiga ega bo‘ladi, borliqdagi predmet, hodisa, belgi, harakatlarni ifodalaydi. So‘zdagi ma’no turli ta’sir va talablar asosida taraqqiy etib boradi. Demak, semasiologiya so‘z hamda turg‘un iboralarning ma’no xususiyatlarini tekshiradi.
Leksikologiyaning yana bir sohasi etimologiya deb yuritiladi. U tilning lug‘at tarkibidagi so‘z va iboralarning tarixan kelib chiqishini, yasama so‘zlarning va boshqa tillardan kirgan so‘zlarning ma’noli qismlarini izohlaydi. Demak, etimologiya so‘zning ikki tomonini ham, ya’ni ichki – ma’no tomonini hamda tashqi – tovush tomonini ham tahlil qiladi.
Leksikologiyaning yana bir sohasi leksikografiya14 deb yuritiladi. Leksikografiyaning vazifasi tildagi so‘zlarni yozma ravishda to‘plashdir. Leksikografiya so‘z va iboralarni ma’lum bir sohalar bo‘yicha to‘plab, muayyan tartibda keltiradi (alifbo tartibiga soladi) va lug‘at kitoblari shaklida nashr etadi.

Download 150.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling