Shaxs - alohida kishi, ijtimoiy-ahloqiy, ma’naviy mohiyatni о‘zida mujassamlashtirgan individ. Kishilar shaxs bо‘lib tug‘ilmaydi, balki jamiyatdagina shaxs bо‘lib shakllanadi va rivojlanadi. - Shaxs - alohida kishi, ijtimoiy-ahloqiy, ma’naviy mohiyatni о‘zida mujassamlashtirgan individ. Kishilar shaxs bо‘lib tug‘ilmaydi, balki jamiyatdagina shaxs bо‘lib shakllanadi va rivojlanadi.
- Inson ta’lim-tarbiya, mehnat, о‘zaro muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, ahloqiy-ma’naviy meyorlar, siyosiy qarashlar ta’siri ostida faoliyat yuritadi, ularni о‘zlashtiradi va shu jarayonda asta-sekin ijtimoiylashib boradi, ya’ni shaxs bо‘lib shakllanadi. Natijada insonda irsiy bо‘lmagan yangicha fazilatlar paydo bо‘ladi.U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat kо‘rsata boshlaydi.
- Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak kо‘rinishi, oliy maqomidir.U о‘zida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi.
- Insonning olijanob fazilatlari yetuk shaxslar timsolida о‘z aksini topadi. Insonga xos bо‘lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan о‘rnida, uning о‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda, muayyan g‘oyalarni amalga oshirishda yaqqol kо‘rinadi.
О‘zbekistonda bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida fozil va barkamol inson shaxsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bо‘lib qoldi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida keng kо‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar о‘z oldiga ana shunday shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish va shakllantirishni maqsad qilib qо‘ygan. - О‘zbekistonda bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida fozil va barkamol inson shaxsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bо‘lib qoldi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida keng kо‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar о‘z oldiga ana shunday shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish va shakllantirishni maqsad qilib qо‘ygan.
- Demokratik qadriyatlar tizimida shaxs erkinligi alohida о‘rin tutadi. Erkinlik – insonning intellektual-ma’naviy kamolotga erishuvining zarur sharti. Erkinlik tufayli inson yaratuvchilik qobiliyatini namoyon etadi, shaxsiy mas’uliyat va insoniy burchni tо‘la his etadi. Shaxs erkinligi, avvalo ahloqiy, sо‘z, vijdon, matbuot erkinligida rо‘yobga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |