«Bilim» axborot-kutubxona markazi


Download 55.94 Kb.

Sana24.05.2018
Hajmi55.94 Kb.

«

Bilim

»

 axborot-kutubxona markazi 

Axborot-bibliografiya bo‘limi 



 

 

Yozuvchining  bebaho   merosi 



Abdulla  Qahhor 

(1907-1938) 

Tavalludining 110 yilligiga bag’ishlangan 

 

 



 

Eslatma 


 

Toshkent - 2017 

 


Tug‘ilgan sana: 1907 Sentyabr 17 

Vafot etgan sana: 1968 May 25 

Tug‘ilgan joyi: 

Qo‗qon 


Yo‘nalishlar: Yozuvchilar

 

 



Abdulla Qahhor - Talantli o

zbek yozuvchisi. 1907 



yil  17  sentyabrda  Qo

qonda  tug



ildi.  Oldin  eski 

maktabda,  «Istiqbol»  maktab-internatida,  so‘ngra 

Qo



qon 

pedtexnikumida 

o



qidi. 



1925 

yilda 


Toshkentga kelib, turli tahririyatlarda mehnat qildi. 

1926—1930  yillarda  O

rta  Osiyo  davlat  universitetining  pedagogika 



fakultetida  tahsil  oldi.  Umri  mobaynida  turli  ijodiy  muassasalarda 

ishladi. 



Abdulla Qahhor — O‗zbekiston xalq yozuvchisi (1967). Temirchi 

oilasida tug‗ilgan. Bolaligi Qo‗qon va uning atrofidagi qishloqlarda o‗tdi. 

Oqqo‗rg‗on  qishlog‗idagi  Mamajon  qorining  usuli  savtiya  maktabida 

tahsil  ko‗rdi.  Oilasi  Qo‗qonga  ko‗chib  kelgach  "Istiqlol"  nomli  sho‗ro 

maktabiga  o‗qishga  kiradi,  undan  internat,  "Kommuna",  "Namuna" 

maktablarida,  so‗ng  bilim  yurtida  tahsil  ko‗radi.  Bilim  yurtining  "Adib" 

qo‗lyozma jurnalida dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi 

"Qizil  O‗zbekiston"  gazetasi  tahririyatining  "Ishchi-batrak  mak-tublari" 

varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gazetada ishlash jarayonida O‗rta 

Osiyo  davlat  universitetining  ishchilar  fakultetini  tamomlaydi  (1928). 

Abdulla  Qahhor  yana  Qo‗qonga  borib,  dastlab  o‗qituvchilarni  qayta 

tayyorlash  kursida  muallimlik  qiladi;  ko‗p  o‗tmay  "Yangi  Farg‗ona" 

viloyat  gazetasiga  kotib  va  "Chig‗iriq"  hajviy  bo‗limiga  mudir  etib 

tayinlanadi (1929).  

Abdulla  Qahhorning  "Oy  kuyganda"  ilk  hajviy  she‘ri  "Mush-tum" 

jurnalida  Norin  shilpiq  taxallusi  ostida  bosildi  (1924).  So‗ng  uning  bir 



qancha hajviy she‘r va hikoyalari "Mush-tum", "Yangi yo‗l" jurnallari va 

"Qizil O‗zbekiston" gazetasida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, kabi 

taxalluslar ostida e‘lon qilindi.  

Abdulla  Qahhor  30-yillarda  yana  Toshkentga  qaytadi  va  O‗rta 

Osiyo  davlat  universitetining  pedagogika  fakultetiga  o‗qishga  kiradi 

(1930),  ayni  vaqtda  "Sovet  adabiyoti"  jurnalida  mas‘ul  kotib  vazifasini 

bajaradi. O‗zdav nashrida muharrir va tarjimon (1935  —  1953). 1954  — 

1956 yillarda O‗zbekiston yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining raisi.       

Abdulla  Qahhor  umrining  oxirlarida  davolanish  uchun  Moskvaga 

boradi va o‗sha yerda vafot etadi.  

Toshkentdagi Chig‗atoy qabristonida dafn etiladi. Abdulla Qahhor 

ijodi  she‘riyat  bilan  boshlangan  esada,  uning  adabiy  merosi  negizini 

nasriy asarlar tashkil etadi. 

 "Boshsiz  odam"  (1929)  hikoyasi  chop  etilgan  vaqtdan  boshlab 

umrining  oxirigacha  hikoya,  ocherk,  publitsistika,  qissa  va  roman 

janrlarida samarali ijod qildi.  

Abdulla  Qahhorning  dastlabki  ijodidagi  "Qishloq  hukm  ostida" 

qissasi (1932) sho‗ro mafkurasi asosida yozilgan. Uning "Boshsiz odam" 

hikoyasi  bilan  boshlangan  hikoyanavislik  faoliyatida  esa  tarixiy  o‗tmish 

aks  ettirilgan.  "Ko‗shchinor  chiroqlari"  (1951)  romanida  (dastlabki 

varianti "Qo‗shchinor", 1946) jamoalashtirish davrining voqealari badiiy 

tasvirlangan.  

Abdulla  Qahhorning  30-yillar  ijodida  uning  birinchi  romani  — 

"Sarob"  muhim  o‗rinni  egallaydi.  Yozuvchining  ushbu  romani  bosh 

qahramon  Saidiyning  faoliyatini  ko‗rsatishga  qaratilgan, yana  unda  20-

yillarning  2-yarmidagi  o‗zbek  xalqi  hayotining  maishiy,  etnografik, 

iqtisodiy  va  ma‘naviy  manzaralari  yaqqol  aks  etib  turadi.  "Sarob"  keng 

mavzuli  roman  bo‗lgani  uchun  yozuvchi  o‗zining  badiiy  niyatini 

yalang‗och  holda  ko‗rsatmay,  uni  shu  davr  hayotining  boshqa 


manzaralari  ko‗rinishida  reallashtirishga  uringan.  Voqealar  tasvirida 

yozuvchi hayot haqiqatini saqlab qolgan.  

Abdulla  Qahhor  ijodiy  hayoti  davomida  40  dan  ziyod  asar  e‘lon 

qilgan. Bu kitoblar orasida 30 ga yaqin hikoyalar ham bo‗lib, ular o‗zbek 

adabiyotida  hikoya  janrining  badiiy  ufqlarini  kengaytirgani  bilan 

ahamiyatlidir.  

Abdulla  Qahhorning  nasriy  asarlari  orasida  "Qo‗shchinor 

chiroqlari"  romani  hamda  "Sinchalak"  (1958),  "O‗tmishdan  ertaklar" 

(1965)  va  "Muhabbat"  (1968)  qissalari  muhim  o‗rin  tutadi.  Abdulla 

Qahhorning iste‘dodi uchun komediya janri ham yaqin edi. Buni sezgan 

yozuvchi 50-yillar arafasida dramaturgiya sohasida ham qalam tebratib, 

shu  davrning  muhim  mavzularidan  biri  —  qo‗riq  yerlarni  o‗zlashtirish 

mavzuida  "Shohi  so‗zana"  ("Yangi  yer",  1949  —  1953)  komediyasini 

yaratdi.  Shuni  aytish  lozimki,  bu  komediyada  qo‗riq  yerlarning  — 

Mirzacho‗lning o‗zlashtirilishidan ko‗ra ba‘zi kishilar ongidagi sho‗rning 

bartaraf etilishi mavzui birinchi o‗ringa olib chiqilgan.  

Urushdan  keyingi  o‗zbek  adabiyotidagi  asosiy  konflikt  —  yangilik 

bilan  eskilik  o‗rtasidagi  ziddiyat  bu  komediyada  o‗zining  teran  badiiy 

tasvirini topgan. Bu asar-da Abdulla Qahhor ustalik bilan kulgili holatlar 

yaratgan va hajviy bo‗yoqlardan mohirona foydalangan holda konfliktni 

o‗ziga  xos  ravishda  hal  qilgan.  Ushbu  komediya  xorijiy  mamlakatlar 

sahnasida  ham  o‗ynalib,  o‗zbek  teatr  san‘atining  kamol  topib 

borayotganini  namoyish  etdi.  Bundan  ilhomlangan  yozuvchi  "Og‗riq 

tishlar"  (1954),  "Tobutdan  tovush"  (1962)  hamda  "Ayajonlarim"  (1967) 

komediyalarini  yaratdi.  Bu  asarlarda,  xususan  "Tobutdan  tovush"da 

o‗sha  davr  uchun  xos  bo‗lgan  illatlar  hajv  o‗ti  ostiga  olindi.  Ayniqsa 

so‗nggi asarda Abdulla Qahhor o‗ziga xos noziq tuyg‗u bilan jamiyatdan 

poraxo‗rlikdek dahshatli illatni tag-tomiri bilan yo‗qotish istagi-da uning 



ayrim  ko‗rinishlarini  sahnaga  olib  chiqdi,  u  "So‗nggi  nusxalar"  nomi 

bilan ham sahna yuzini ko‗rdi.  

Abdulla Qahhor yozuvchi sifatida o‗zbek tilini noziq his etuvchi va 

uning boy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanuvchi qalamkash edi. 

U o‗zining nasriy asarlarida ham, komediyalarida ham tildan foydalanish 

va  ona  tilining  cheksiz  imkoniyatlarini  namoyish  etishning  ajoyib 

namunalarini  berdi  va  o‗z  ijodi  bilan  o‗zbek  adabiy  tilining  kamol 

topishiga  ulkan  hissa  qo‗shdi.  Abdulla  Qahhor  hayotining  so‗nggi 

kunlarida sho‗ro jamiyatida shaxsga sig‗inishning avj olishi orqasida yuz 

bergan fojialarni tasvirlovchi "Zilzila" qissasi ustida ish olib bordi. Lekin 

uni tugata olmadi.  

Abdulla  Qahhor  tarjimon  sifatida  ham  mashhur.  U  Pushkin,  L. 

Tolstoy,  Gogol,  Chexov  asarlarini  o‗zbek  tiliga  tarji-ma  qilgan.  Ayni 

paytda Abdulla Qahhor asarlari rus, ukrain, belorus, qozoq, qirg‗iz, tojik, 

qoraqalpoq  kabi  tillarga  tarjima  qilingan.  Uning  ayrim  hikoyalari  esa 

ingliz,  nemis,  fransuz,  chex,  polyak,  bolgar,  rumin,  arab,  hind,  Vetnam 

tillarida chop etilgan.  

Abdulla  Qahhor  Hamza  nomidagi  O‗zbekiston  Davlat  mukofoti 

(1966)  laureati.  "Buyuk  xizmatlari  uchun"  ordeni  bilan  mukofotlangan 

(2000).  Uning  nomi  Toshkent  va  Qo‗qondagi bir  necha ko‗cha,  maktab 

va  jamoa  xo‗jaliklariga,  shuningdek  madaniyat  uylari  va  Respublika 

Satira teatriga berilgan. Toshkentda Abdulla Qahhor uy-muzeyi ochilgan 

(1987). 

          Abdulla  Qahhorning  ijodi  1924  yildan  boshlangan.  Dastlab 

«Mushtum»  jurnalida,  «Yangi  Farg

ona»  va  gazetalarda  uning  hikoya, 



fel’eton,  xabarlari  bosildi.  Yozuvchining  «Olam  yasharadi»  nomli 

birinchi 

hikoyalar 

to



plami 

1935 


yilda 

chop 


etiladi. 

          30-yillarda  adibning  uchta  «Hikoyalar»  to

plamlari  (1935,  1938, 



1939)  kitobxonlar  qo

liga  tegdi.  Bu  davrda  Abdulla  Qahhor  kichik 



hikoyalardan 

tashqari 

«Sarob» 

(1935) 


romanini 

yozdi. 


Urush  yillarida  yozuvchining  bir  qancha  fel'eton,  ocherk  va  hikoyalari 

e



lon  qilindi.  «Asror  bobo»,  «Dardaqdan  chiqqan  qahramon», 

«Kampirlar sim qoqdi», «Xotinlar», «Oltin yulduz» kabi o

ʻ

nlab hikoya 



va qissalarida o

zbek jangchilarining mardligi, xalqimizning mehnatdagi 



jonbozliklari, 

yuksak 


vatanparvarligi 

ifodalangan. 

Yozuvchining  urushdan  keyingi  yillarda  yaratgan  «Qo

shchinor 



chiroqlari»  (1951)  romani  jamoalashtirish  mavzuiga  bag

ishlangan. 



U  o

zining  «Shohi  so



zana»  (1951),  «Og

riq  tishlar»  (1954),  «Tobutdan 



tovush»  (1962),  «Ayajonlarim»  (1967)  komediyalari  bilan  o

zbek 



dramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qo

shdi.  



Ayniqsa,  «Shohi  so

zana»  pyesasida  dramaturg  qo



riq  va  bo



yerlarni 



o

zlashtirish 



mavzuini 

zo



mahorat 


bilan 

yoritdi. 

Pyesa  respublikamiz  va  qator  xorijiy  mamlakatlar  sahnalarida 

muvaffaqiyatli  namoyish  qilindi.  Yozuvchining  «Sinchalak»  (1958), 

«Muhabbat»  (1968),  «O

ʻ

tmishdan  ertaklar»  (1965)  qissalari  o



zbek 


nasrining  taraqqiyotiga  muhim  hissa  bo

lib  qo



shildi.  A.  Qahhor  o

rinli 


so

z  qo



llash  mahoratini  puxta  egallagan  adibdir.  Ijodida  voqelikni 

realistik  talqin  etish  ustuvorlik  qiladi.  Adib  serqirra  ijodkor  sifatida 

adabiyotning  deyarli  barcha  tur  va  janrlarida  qalam  tebratgan.  «Olam 

yasharadi» nomli birinchi hikoyalar to

plami 1932 yilda bosilgan. 



 

 

 



Adabiyotlar : 

 

Qahhor

,  Abdulla.   Tanlangan  asarlar  [Matn]  :  romanlar, 

qissalar. Jild – 1 / A. 

Qahhor

. – Toshkent:  Yangi sar avlodi, 2015. – 318 



b. – (Kamolot kutubxonasi) -  ISBN 978-9943-27-432-7 

 

Qahhor

, Abdulla. Tanlangan asarlar [Matn] : romanlar, qissalar. 

Jild  –  2  /  A. 

Qahhor

.  –  Toshkent:   Yangi  sar  avlodi,  2015.  –  418  b.  – 



(Kamolot kutubxonasi) -  ISBN 978-9943-27-730-4

 

Qahhor

, Abdulla. Muhabbat [Matn] : roman  / A. 

Qahhor


. –  

Toshkent:  Yangi sar avlodi, 2014. – 248 b. – (Kamolot kutubxonasi)/ -  

ISBN 978-9943-27-296-5 

 

Qahhor

, Abdulla.  Povest va hikoyalar [Matn]  / A. 

Qahhor


. –  

Toshkent:  Yosh gvardiya1965. - 228 b. 



Abdulla Qahhor haqida ma’lumot:

 

Abdulla Qahhor [

Matn

]  // O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi 



Jild – 1 . A-Beshbaliq / Tahrir hay‘ati M. Aminov, B. Ahmedov, H. 

Boboyev va boshq. – Toshkent: O‘zbekiston milliy enciklopediyasi Davlat 

ilmiy nashriyoti, 2000. – B. 22.  

Abdulla Qahhor (1907-1968)  Xalq dilining tarjimoni [

Matn


] / 

N. Karimov // XX asr adabiyoti manzalari. Birinchi kitob. – Toshkent: 

O‘zbekiston, 2008. – B. 329-339. 

Abdusamatov, H.  Abdulla 

Qahhor


 [Matn] : hayoti  va  ijodi 

hakida  ocherk / H.  Abdusamatov  ;  muxar.  B.  Gulomov  ;  rassom  I. 

Siganov . - Toshkent :  Badiiy Adabiyot nashriyoti , 1960 . - 208 b. 

Rahimjonov, I.  Abdulla Qahor va Hamza teatri [Matn] / I. 

Rahimjonov.  - Toshkent : O‗zbekiston APMKning nashriyoti , 1971 . -



 40 b. 

Sharafiddinov, O.  Abdulla 

Qahhor


 [Matn] : hayoti va ijodiy 

faoliyati lavhalalr O. Sharafiddinov ; muhar. A. Dilmurodov ; rassom T. 



Sa‘dullayev . - Toshkent : Yosh gvardiya , 1988 . - 256 b.  - (Mashhur  

kishilar hayoti. -  ISBN 5-633-00301-2 



    

 Qo’shjonov, M. Abdulla Qahhor ijodida satira va yumor 

[

Matn] 


/ M. Qo‘shjonov mas‘ul muharrir H. Yoqubov. – Toshkent:  

―Fan‖. 1973. – 140 b. 



Qo’shjonov, M. Abdulla  Qahhor  mahorati [

Matn]


: monografiya 

/ M. Qo‘shjjonov. -  Toshkent: Adabiyot va san‘at nashriyoti, 1988. – 232 

b.  

Abdulla Qahhor [electron resursi] ; 

Vikipediya, ochiq 

ensiklopediya

 

– URL: 



https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulla_Qahhor

 

Abdulla Qahhor hayoti va asarlari haqida 

[electron resursi] ; 

referat – URL:

http://taqvim.uz/ru/library/view/43

  

           Qahhor  Abdulla 

[electron resursi] : arboblar – 

URL:http://

 

people.ziyonet. uz/uz/person/view/qahhor_abdulla_ 



 

                



  

                   

 

 

                     

                       

            


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling