Bilim olish istagi, biz uchun farzdir. Shiorimiz bizning, dars muqaddasdir


Ko’pburchaklardan tashkil topgan shakllar


Download 60.63 Kb.
bet3/4
Sana18.10.2023
Hajmi60.63 Kb.
#1707470
1   2   3   4
Bog'liq
Fazoviy jismlar kombinatsiyasi dars ishlanma docx

Ko’pburchaklardan tashkil topgan shakllar:

kub, parallelepiped, prizma, piramida.







Ko’pyoq deb yassi ko’pburchaklar bilan chegaralangan shaklga aytiladi.
Yassi ko’pburchaklar – ko’pyoqning yoqlari, ko’pburchaklarning uchlari- ko’pyoqning uchlari, tomonlari- ko’pyoqning qirralari deyiladi.
KUB- deb barcha yoqlari kvadratlardan tashkil topgan shaklga aytiladi. Kubning 6 ta yog’i, 8 ta uchi, 12 ta qirrasi mavjud.
PIRAMIDA- deb asosi ko’pburchakdan , qolgan yoqlari esa bitta uchga ega uchburchaklardan iborat shaklga aytiladi. Ko’pburchak piramidaning asosi, uchburchaklar esa piramidaning yon yoqlari deyiladi. Piramidalar asosining tomonlari soniga qarab uchburchakli, to’rtburchakli, beshburchakli va hakazo n-burchakli piramidalarga ajraladi.
PRIZMA-deb ikki yog’i teng ko’pburchakdan, qolgan yoqlari to’rtburchakdan iborat ko’pyoqqa aytiladi. Teng yoqlar prizmaning asoslari,to’rtburchaklar esa prizmaning yon yoqlari deyiladi. Asosining soniga qarab prizmalar uchburchakli, to’rtburchakli, beshburchakli va hakazo n-burchakli prizmalar deb yuritiladi.
To’rtburchakli prizma –PARALLELEPIPED deyiladi. Parallelepipedda ham 6 ta yoq, 8 ta uch va 12 ta qirra mavjud.
Yangi mavzuni mustahkamlash:

  1. Fazoviy va yassi shakllar nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?

  2. Kubning nechta uchi ,qirrasi va yog’i bor?

  3. Uchburchakli piramidaning nechta uchi , qirrasi va yog’i bor?

  4. Shar va sferaning farqi nimada?

  5. Aylanish jismlariga tevarak atrofdan misollar keltiring?


  6. Download 60.63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling