Ideal
|
Ideal
|
Ideologiya (yunon. idia - tarz, obraz, tushuncha va ta’limot) – ijtimoiy qarashlar va g‘oyalar tizimi. Unga siyosiy, huquqiy, axloqiy, falsafiy, estetik, diniy qarashlar kiradi. U ijtimoiy ongning bir qismi bo‘lib, ijtimoiy borliq asosida vujudga keladi va rivojlanadi.
|
Ideologiya
|
Ideology
|
Idrok – ayrim buyum va hodisalarni yaxlit holda aks ettiruvchi psixik jarayon.
|
Vospriyatie
|
Perception
|
Ijod – insonning yaratuvchilik faoliyati bo‘lib, uning natijasida ilgari bo‘lmagan sifat jihatdan yangi moddiy yoki ma’naviy qadriyat namunalari hosil qilinadi.
|
Tvorchestvo
|
Creation
|
Ijtimoiy muhit – insonni o‘rab turgan va uning shakllanishi, yashashi va faoliyati yuz beradigan moddiy, ma’naviy va ijtimoiy shart–sharoit. Bu sharoit insonning shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazadi.
|
Sotsialnoe okrujenie
|
The social environment
|
Ijtimoiy faollik – sub’ektning jamiyat hayotida ongli holda mustaqil ishtirok etishi, uning ma’lum ijtimoiy–ma’naviy sohada vujudga keladigan muammolarni hal etishga qaratilgan harakati.
|
Sotsialnaya aktivnost
|
Social Activity
|
Ijtimoiy fikr – yuz berayotgan vaziyatlar, voqealar va xatti–harakatlarning jamiyat a’zolari tomonidan ma’qullanishi yoki ma’qullanmasligi: baholashdir.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |