Bilim sohasi


Download 12.56 Kb.
Pdf просмотр
bet1/28
Sana09.06.2018
Hajmi12.56 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bilim sohasi: 
 
 
Ta`lim sohasi: 
 
Ta`lim yoʻnalishi: 
100000 -Gumanitar 
 
110000 – Pedagogika 
 
5111900 – Defektologiya 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI  
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
 
NIZOMIY NOMIDAGI  
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
“Maxsus ta`lim metodikalari” kafedrasi  
 
“Matematika oʻqitish maxsus metodikasi” 
fanidan 
 
 
 
 
 
OʻQUV - METODIK  KOMPLEKS 
 
 
 
 
 
Bilim sohasi:                                         100000 - Gumanitar 
Ta`lim sohasi:                                       110000- Pedagogika  
Bakalavriat yoʻnalishi:                         5111900 – Defektologiya 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
TOSHKENT – 2014 
 
Annotatsiya 
Ushbu  oʻquv-uslubiy  majmua    “Matematika  oʻqitish  maxsus  metodikasi”  
fani boʻyicha yaratilgan boʻlib,  unda mazkur fanning oʻquv dasturi, ishchi dasturi, 
ma`ruza  mashg`ulotlarining  ta`lim  texnologiyasi    va  amaliy  mashg`ulotlarining 
ta`lim texnologiyasi jamlangan. 
О‘quv-uslubiy  majmuani  ishlab  chiqishga  qо‘yiladigan  talablarning  ON, 
YaN  va  test  savollari,  mustaqil  ta’limni  bajarishga  doir  kо‘rsatmalar,  kurs  ishi 
(loyihasi)ni bajarishga doir kо‘rsatmalar fanning ishchi dasturida, glossariy (asosiy 
tushunchalarning  izohli  lugʻati)  talabalarga  taqdim  etilgan  о‘quv  adabiyotida  о‘z 
aksini topgan.  
          Mazkur  oʻquv-uslubiy  majmua  oliy  ta’lim  muassasalarining  professor  – 
о‘qituvchilari  uchun  tavsiya  etiladi.  Shu  bilan  birga  mazkur  о‘quv-uslubiy 
majmuadan  ilmiy  tadqiqotchilar  hamda  maxsus  metodika,  xususan  matematika 
bо‘yicha  о‘qitish maxsus metodikasi bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.  
 
 
 
Tuzuvchi:                p.f.n., dots   M.P.Xamidova 
                                 oʻqituvchi F.A.Karimova  
 
 
 
 
 
Oʻquv-uslubiy majmua  Nizomiy nomidagi TDPU  Ilmiy kengashining 2014 
yil  26  avgustdagi  1-  sonli  qaroriga  kо‘ra,  о‘quv  jarayoniga  tatbiq  etish  uchun 
tavsiya etilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
MUNDARIJA 
 
 
1. “
Matematika 
oʻqitish maxsus metodikasi” fani boʻyicha oʻquv dasturi 
2. “
Matematika 
oʻqitish maxsus metodikasi” fani boʻyicha ishchi  dastur 
3. Ma’ruza mashg`ulotlari ta’lim texnologiyasi 
4. Amaliy mashg`ulotlar ta’lim texnologiyasi 
5. Elektron koʻrinishdagi oʻquv adabiyoti  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI  
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
 
 
  Roʻyxatga olindi: 

 BD-5111900- 3.09 
2012 yil «____» ________ 
 
Vazirlikning 2012 yil «____» 
____________ dagi «___» - sonli 
buyrugʻi bilan tasdiqlangan 
 
 
 
 
MATEMATIKA OʻQITISH MAXSUS METODIKASI 
 
FAN  DASTURI 
 
 
 
 
 
 
Bilim sohasi: 
 
Ta`lim sohasi: 
Ta`lim yoʻnalishi: 
100000 - Gumanitar 
110000 – Pedagogika 
5111900 - Defektologiya 
 
 
 


 
 
 
 
 
Toshkent – 2012 


 
Fanning  oʻquv  dasturi  Oliy  va  oʻrta  maxsus,  kasb-hunar  ta`limi  oʻquv-
uslubiy  birlashmalar  faoliyatini  muvofiqlashtiruvchi  kengashning  2012  yil  «___» 
___________ dagi «____»-sonli majlis bayoni bilan ma`qullangan 
 
 
 
Fanning  oʻquv  dasturi  Nizomiy  nomidagi  Toshkent  Davlat  Pedagogika 
Universitetida ishlab chiqildi. 
 
 
Tuzuvchilar:             
 
  M.P.Xamidova - 
   
 D.B.Yakubjanova -  
 
 
 
Nizomiy nomidagi TDPU «Maxsus 
ta`lim metodikalari” kafedrasi  dotsenti, 
pedagogika fanlari nomzodi  
 Nizomiy TDPU “Maxsus ta`lim 
metodikalari” kafedrasi  katta 
oʻqituvchisi  
Taqrizchilar: 
N.M. Xodjaeva - 
 
D.A.Nazarova - 
 
 
Chilonzor tumanidagi 66-yordamchi  
maktab direktori
 
Abdulla
 
Avloniy 
nomidagi 
XTXMOQTI    Maxsus  ta`lim  kafedrasi 
mudiri, p.f.n., dotsent  
 
 
 
Fanning  oʻquv  dasturi  Nizomiy  nomidagi  Toshkent  Davlat  pedagogika 
universiteti Ilmiy-uslubiy Kengashida tavsiya qilingan (2012 yil ______ dagi «__» 
- sonli bayonnoma) 


 
Kirish 
 
Ushbu dastur aqli zaif va eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar maxsus ta`lim 
muassasalarida  matematika  oʻqitish  maxsus  metodikasi  kursining  umumiy 
masalalari, ya`ni  fanning predmeti, maqsad va vazifalari, oʻqitishning umumiy va 
maxsus  didaktik  tamoyillari,  ta`limni  tashkil  etish  shakllari  va  ta`limni 
rejalashtirish  vosita  va  metodlari,  shuningdek,  aqli  zaif  va  eshitishida  nuqsoni 
boʻlgan bolalarga matematikani oʻqitish jarayonida korrektsion-pedagogik ishlarni 
olib borish xususiyatlari hamda  matematika  oʻqitish maxsus metodikasi kursining 
xususiy masalalari kabi masalalarini qamraydi. 
 
Oʻquv fanining maqsadi va vazifalari 
 
 
Matematika  oʻqitish  maxsus  metodikasi  kursini  oʻqitishdan  maqsad-  
talabalarda  aqli  zaif  va  eshitishida  nuqsoni  boʻlgan  bolalarga  maxsus  ta`lim 
muassasalarida  matematika  oʻqitishning  umumiy  va  xususiy  masalalari  haqidagi 
bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat. 
Matematika  oʻqitish  maxsus  metodikasi  kursi  Defektologiya  fakulteti 
talabalarini  kar  va  zaif  eshituvchi  bolalar  maktablarining  boshlangʻich  sinflarda 
hamda  yordamchi  mehnat  ta`limi  maktablarida  matematika  oʻqitishni  amalga 
oshirish uchun tayyorlashga moʻljallangan. 
 
Dastur ikki boʻlimdan iborat: 
I boʻlim. Matematika asoslari va yordamchi mehnat ta`limi maktabida 
matematika oʻqitish maxsus metodikasi. 
II boʻlim. Eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar maktablarida matematika  oʻqitish 
maxsus metodikasi. 
 
I  boʻlim  quyidagilarni  oʻz  ichiga  oladi.  Matematika  asoslari  va  yordamchi 
mexnat  ta`limi  maktabda  matematika  oʻqitish  maxsus  metodikasi  kursining 
maqsadi  -  defektolog  talabalarga  matematika  asoslarini  oʻrgatish,  qaysiki,  bu 
bilimlar  ularga  matematika  oʻqitish  metodikasini  ancha  ongli  oʻzlashtirishga 
koʻmaklashadi;  yordamchi  mexnat  ta`limi  maktab  oʻquvchilarining  matematik 
tasavvurlarini  tarkib  toptirish  xususiyatlarini  ochib  berish,  aqli  zaif  bolalarning 
matematik bilim, koʻnikma va malakalarni egallashdagi qiyinchiliklarni koʻrsatish 
va bu qiyinchiliklarni bartaraf qilish yoʻllarini topishga yordam berishdan iborat. 
II boʻlim quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 
Eshitishida  nuqsoni  boʻlgan  bolalar  maktablarida  matematika  fan  sifatida 
oʻqishning  barcha  yillarida  oʻrganilishi  munosabati  bilan  mazkur  kursni  har  bir 
defektolog oʻquv va oʻqishdan tashqari ishlarda uni olib borish uchun bilishi shart. 
Mazkur kursning asosiy vazifasi quyidagilardir: 

 
Talabalarni  «Matematika  oʻqitish  maxsus  metodikasi»  boʻlimlari  yuzasidan 
defektolog uchun zarur boʻlgan nazariy va uslubiy bilimlar bilan qurollantirish.  


 
Fan boʻyicha talabalarning bilimiga, koʻnikma va malakasiga 
 qoʻyiladigan talablar 
 
Matematika  oʻqitish  maxsus  metodikasi  oʻquv  fanini  oʻzlashtirish  jarayonida 
amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:  

 
aqli  zaif  va  eshitishida  nuqsoni  boʻlgan  bolalar  maxsus  ta`lim  muassasalarida 
matematika  oʻqitish  maxsus  metodikasi  kursining  umumiy  masalalari,  ya`ni 
predmeti,  maqsad  va  vazifalari,  oʻqitishning  umumiy  va  maxsus  didaktik 
tamoyillari,  predmet  mazmuni,  ta`limni  tashkil  etish  shakllari  va  ta`limni 
rejalashtirish,  vosita  va  metodlari,  shuningdek,  aqli  zaif  va  eshitishida  nuqsoni 
boʻlgan bolalarga matematikani  oʻqitish jarayonida korrektsion-tarbiyaviy ishlarni 
bajarish  xususiyatlari  hamda  matematika  oʻqitish  maxsus  metodikasi  kursining 
xususiy masalalari haqidagi bilimlarni bilish kerak; 

 
matematika  asoslari,  yordamchi  mexnat  ta`limi  maktabda  matematika  oʻqitish 
maxsus  metodikasi  hamda  eshitishida  nuqsoni  boʻlgan  bolalar  maktabida 
matematika  oʻqitish  maxsus  metodikasi  boʻyicha  nazariy    bilimlarni  egallagan 
boʻlishi  va  nazariy  bilimlarni  amaliyotda  qoʻllay  olish,  matematika  oʻqitishga 
ijodiy izlanuvchanlik bilan yondoshish; matematika  oʻqitish sohasida oʻz bilim va 
malakalarini  mustaqil  ravishda  toʻldirib  borish    koʻnikmalariga  ega  boʻlishi 
kerak; 

 
yordamchi mexnat ta`limi va eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar maktab ta`limida 
«Matematika» darslarini tahlil qila olish, «Matematika»  darslari  uchun  an`anaviy 
va  noan`anaviy  darslar  reja-matnlarini  tuza  olish,  darslarda  qoʻllash  uchun  zarur 
didaktik  materiallarni  tayyorlay  olish,  matematika  boʻyicha  sinfdan  tashqari 
ishlarni  tashkil  eta  olish  va  tadbirlarni  oʻtkaza  olish,  hosil  qilingan  nazariy  va 
uslubiy bilimlarni kar va zaif eshituvchi bolalarni matematika oʻqitish amaliyotida 
qoʻllay  bilish,  matematika  darslaridan  aqli  zaif  va  eshitishda  nuqsoni  boʻlgan 
oʻquvchilarni  tarbiyalash  va  rivojlantirish  vositasi  sifatida  foydalanish 
malakalariga ega boʻlishi kerak.  
 
Fanning oʻquv rejadagi boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi 
 va uslubiy jihatdan uzviy ketma – ketligi 
 
Matematika oʻqitish maxsus metodikasi fani ixtisoslik fani hisoblanib,  5 – 6 – 
semestrlarda  oʻqitiladi.  Dasturni  amalga  oshirish  oʻquv  rejasida  rejalashtirilgan 
«Oligofrenopedagogika», 
«Surdopedagogika», 
«Oligofrenopsixologiya», 
«Surdopsixologiya», «Ona tili oʻqitish maxsus metodikasi», «Pedagogik mahorat», 
«Pedagogik  texnologiya»,  «Tarbiyaviy  ishlar  maxsus  metodikasi»  kabi  fanlar 
boʻyicha  talabalardan etarli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlik talab etiladi. 
 
Fanning ta`limdagi oʻrni 
 
Talabalar  nazariyada  olgan  bilim,  malaka  va  koʻnikmalarini  rivojlanishida 
nuqsoni  mavjud  bolalar  maxsus  maktab,  maktab-internatlaridagi  amaliyotda 

10 
 
takomillashtiradilar.  Nazariy  bilimlarini  ilk  bor  hayotga  tatbiq  etish  koʻnikmalari 
hosil  qilinadi.  SHuning  uchun  ushbu  fan  asosiy  ixtisoslik  fani  hisoblanadi, 
defektolog kadrlarni tayyorlash jarayonida muhim ahamiyatga egadir. 
 
Fanni oʻqitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
 
Talabalarning  matematika  oʻqitish  maxsus  metodikasi  fanini  oʻzlashtirishlari 
uchun  oʻqitishning  ilgʻor  va  zamonaviy  usullaridan  foydalanish,  zamonaviy 
pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini  tadbiq  qilish  muhim  ahamiyatga  egadir. 
Matematika  oʻqitish  maxsus  metodikasi  kursini  oʻrganishda  talabalarning  oʻrta 
maktabda olgan bilimlariga tayaniladi va  matematika asoslarini mustaqil ravishda 
takrorlash nazarda tutiladi. Mazkur fanni oʻqitish jarayonida zamonaviy metodlar, 
pedagogik  va  axborot  kommunikatsion  texnologiyalarini  qoʻllanilishi  nazarda 
tutilgan. 
-  maxsus  pedagogika  yoʻnalishlari  boʻyicha  ma`ruzalar  darslarida  zamonaviy 
kompyuter texnologiyalari yordamida prezeptatsion va elektoron texnologiyalar; 
-  rivojlanishida  nuqsoni  mavjud  bolalar  ta`lim-tarbiya  jarayonini  tashkil  etish, 
shakllari,  usullari,  tamoyillari  boʻyicha  mavzularda  oʻtkaziladigan  amaliy 
mashgʻulotlarda «Aqliy hujum», «BBB»  kabi pedagogik texnologiyalardan; 
-  rivojlanishida  nuqsoni  mavjud  bolalar  maxsus  korrektsion  mashgʻulotlar 
tashkil etish usullarini aniqlash, tahlil etish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarda kichik 
guruh  munosabatlari,  «PMK»,  «FSMU»,  «Elkan»,  «3  bosqichli  intervyu», 
«Gamburger» texnologiyalarini qoʻllash nazarda tutiladi. 
 
 
Asosiy qism 
 
Fanning nazariy mashgʻulotlarining mazmuni 
 
Yordamchi maktabda matematika oʻqitish maxsus metodikasi 
 
Toʻplamlar nazariyasi elementlari 
Toʻplam tushunchasi. Toʻplamlarning elementlari. Boʻsh toʻplam. Qism toʻplam. 
Toʻplamlar  oʻrtasidagi  munosabatlar.  Toʻplamlarning  kesishmasi  (koʻpaytmasi). 
Toʻplamlarning  birlashmasi  (yigʻindisi).  Toʻplamlarning  ayirmasi.  Universal 
toʻplam.  Toʻplamlarning  dekart  koʻpaytmasi.  Akslantirishlar.  Ekvivalentlar 
munosabati. Toʻplamlarning quvvati. Sonli toʻplamlar haqida tushuncha.  
Nomanfiy butun sonlar 
Natural  son  tushunchasining  mantiqi.  Natural  sonlar  qatorining  aksiomalari. 
Yigʻindining  xossalari.  Ayirmaning  xossalari.  Koʻpaytmaning  xossalari. 
Boʻlinmaning xossalari. Sonlarning boʻlinish belgilari. 2 va 5 ga, 4 va 25 ga va 50 
ga boʻlinish belgilari. 3 ga 9 ga va 6 ga, 12 ga, 15 ga boʻlinish belgilari. 7 ga, 11 ga 
va 13 ga boʻlinish belgilari. 
 

11 
 
Tub va murakkab sonlar 
Sonlarni  tub  koʻpaytuvchilarga  ajratish.  Sonlarning  umumiy  boʻluvchilari. 
Berilgan  sonlarning  EKUB  ni    topish.  Eng  katta  umumiy  boʻluvchi  haqidagi 
teoremalar. Sonlarning EKUK (boʻlinuvchisini) topish. 
Pozitsion sanoq sistemasi 
Sanoq  sistemasi  toʻgʻrisida  tushuncha.  Pozitsion  va  pozitsion  boʻlmagan  sanoq 
sistemalari. Oʻnli sanoq sistemasi. Biror sistemadagi sondan oʻnli sistemaga oʻtish. 
Oʻnli sistemadagi sondan boshqa sistemdagi songa oʻtish. Ikkilik sanoq sistemasi. 
Oddiy kasrlar 
Kasr  tushunchasi.  Kasrlarni  hosil  qilish.  Kasrlarning  yozilishi,  surat  va  mahraj 
tushunchalari  bilan  tanishtirish.  Kasrlarni  taqqoslash.  Toʻgʻri  va  notoʻgʻi  kasrlar. 
Aralash  son  tushunchalari.  Kasrlarni  qisqartirish.  Kasrlarni  qoʻshish  va  ayirish. 
Kasrlarni koʻpaytirish va boʻlish. 
Oʻnli kasrlar 
Oʻnli  kasrlarni  hosil  qilish.  Oʻnli  kasrlarning  yozilishi  va  oʻqilishi.  Kasrlarni 
taqqoslash.  Oʻnli  kasrlarni  qoʻshish  va  ayirish.  Oʻnli  kasrlarni  koʻpaytirish  va 
boʻlish. CHeksiz oʻnli davriy kasrlar. 
 
Yordamchi maktabda matematika oʻqitish uslubiyatining  
umumiy masalalari 
 
Matematika oʻqitish uslubiyatining boshqa fanlar va ta`limning boshqa 
uslubiyatlari bilan bogʻliqligi 
Matematika  oʻkitish  maxsus  metodikasining  eng  avvalo  boshlangʻich 
matematika  oʻqitish  uslubiyati  bilan  bogʻliqligi.  Matematika  oʻqitish  maxsus 
metodikasining  aqli  zaif  bolalar  tarbiyashunosligi  (oligofrenopedagogika)  va 
umumiy ruxshunoslik fanldari (psixologiya) bilan bogʻliqligi. Maxsus matematika 
oʻqitish metodikasining aqli zaif bola ruxshunosligi bilan bogʻliqligi. Matematika 
oʻqitish  maxsus  uslubiyatining  ta`limni  boshqa  uslubiyatlari:  tabiatshunoslik, 
joʻgʻrofiya,  tarix,  rasm,  chizmachilik,  jismoniy  tarbiya  va  mehnat  ta`limi  bilan 
bogʻliqligi. 
 
Yordamchi maktabda matematika oʻqitish vazifalari va mazmuni 
Yordamchi  maktabda  matematika  oʻqitishning  ta`limiy,  tarbiyaviy  korrektsion 
rivojlantirish  va  amaliy  vazifalari.  Yordamchi  maktabda  matematika  oʻqitish 
kursining mazmuni: nomanfiy butun sonlar arifmetikasi, kasrlar, asosiy miqdorlar 
arifmetikasi, koʻrsatmali geometriya elementlari. Arifmetik masalalar. 
Matematikadan oʻquv dasturi. Yordamchi maktablar uchun matematikadan oʻquv 
dasturining  tuzilish  tamoyillari.  Oʻquv  dasturini  tuzishda,  yordamchi  maktab 
oʻquvchilari  tarkibini,  ularning  matematik  materialni  oʻzlashtirish  xususiyatlarini 
va oʻquvchilarning matematik oʻqitishga tayyorgarliklarini hisobga olish. Aqli zaif 
oʻquvchini  oʻqitish,  tarbiyalash  va  bilish  faoliyatini  korrektsiyalashni  birga  olib 
borish.  Rivojlanish  darajasi  va  aqliy  imkoniyatlari  turli  boʻlgan  oʻquvchilarga 
oʻquv talablarini differentsiyalash.  Oʻquv materialini joylashtirishda kontsentrizm 

12 
 
talabiga  amal  qilish,  har  bir  kontsentrning  vazifalari.  Yordamchi  maktab 
oʻquvchilari tomonidan egallanadigan bilim, koʻnikma va malakalar hajmi. 
 
Yordamchi mehnat ta`limi maktab oʻquvchilarining matematik bilimlarni 
egallash xususiyatlari 
Aqli  zaif  bolalarning  arifmetik  va  geometrik  materialni  oʻzlashtirish 
xususiyatlari,  umumiy  va  individual  qiyinchiliklar  va  ularning  kelib  chiqish 
sabablari. 
Oʻquvchilarning masalalar echishdagi xususiyatlari. 
 
Matematika oʻqitish usullari 
Yordamchi  maktabda  matematika  oʻqitish  usullarinining  matematika 
oʻqitishning  muayyan  didaktik  vazifalari,  mazmuni,  vositalari  va  matematika 
oʻqitishni  tashkil  qilish  shakllariga  bogʻliqligi.  Yordamchi  maktabning  quyi  va 
yuqori  sinflarida  matematika  oʻqitishda  turli  metodlardan  foydalanishning  oʻziga 
xosligi.  Bitta  sinf  sharoitida  oʻqitish  metodlarini  tanlashda  aqli  zaif 
oʻquvchilarning bilish faoliyati xususiyatlarini va ularning rivojlanish darajasi har 
xilligini hisobga olish. Oʻqitish jarayonida didaktik oʻyinlarning ahamiyati. 
Oʻqituvchining  matematika  darsiga  tayyorlanishi.  Matematika  oʻqitish  maxsus 
metodikasidan  oʻquv  materialini  rejalashtirish:  chorak  rejalari,  tematik  reja, 
kundalik ish rejalari. Dars reja-konspektiga qoʻyilgan talablar. 
 
Yordamchi mehnat ta`limi maktabida matematika darsi 
Matematika  darslarining  turlari.  Matematika  darslari  turlarining  dars 
maqsadiga  muvofiq  boʻlishi.  Matematika  darslarining  bosqichlari.  Yordamchi 
maktabda matematika darsiga qoʻyiladigan asosiy talablar. 
Matematika  darslari  sistemasi.  Matematekadan  uy  ishlari:  mazmuni,  hajmi, 
(oʻquvchilarning  individual  imkoniyatlarini  hisobga  olish).  Matematikadan 
oʻquvchilarning  bilimlarini  tekshirish.  Ogʻzaki  soʻrash.  Mustaqil  yozma  ishlar. 
Nazorat  ishi  va  matematik  bilimlarni  oʻzlashtirish  darajasi  turli  boʻlgan 
oʻquvchilarga  tabaqalashtirilgan  talablar.  Matematika  darslarida  didaktik  oʻyin 
materiallari. 
       Yordamchi  maktabda  matematika  darsi.  Matematika  darslari  turlarining  dars 
maqsadiga  muvofik  boʻlishi.  Yordamchi  maktabda  matematika  darsiga 
qoʻyiladigan  asosiy  talablar.  Matematika  darslari  sistemasi.  Matematikadan  uy 
ishlari:  mazmuni,  hajmi,  (oʻquvchilarning  individual  imkoniyatlarini  hisobga 
olish).  Matematikadan  oʻquvchilarning  bilimlarini  tekshirish.  Ogʻzaki  soʻrash. 
Mustaqil  yozma  ishlar.  Nazorat  ishi.  Matematik  bilimlarni  oʻzlashtirish  darajasi 
turli boʻlgan oʻquvchilarga tabaqalashtirilgan talablar.  Oʻqituvchining matematika 
darsiga  tayyorlanishi.  Matematikadan  oʻquv  materialini  rejalashtirish:  chorak 
rejalari  va  kundalik  ish  rejalari.  Dars  reja-konspektiga  qoʻyilgan  talablar. 
Matematikadan  dasturda  belgilangan  oʻquv  materialini  oʻzlashtirmovchi 
oʻquvchilar  uchun  individual  dastur.  Yordamchi  maktabda  matematika  oʻqitish 
vositalari.  Yordamchi  maktab  oʻquvchilari  uchun  matematika  darsliklari. 

13 
 
Darslikning  vazifasi,  mazmuni,  tuzilishi,  bezatilishi.  Darslikda  mashqlarning 
tabaqalashtirilganligi. Matematika darslarida didaktik oʻyin materiallari. 
 
Yordamchi mehnat ta`limi maktabida matematika oʻqitish 
metodikasining xususiy masalalari 
Yordamchi maktabda matematika oʻqitishga tayyorgarlik davri. 
Matematika  ta`limiga  tayyorgarlik  davri  zarurligi.  Matematika  oʻqitishda 
tayyorgarlik 
davrining 
asosiy 
vazifalari. 
Oʻqituvchining  oʻquvchilarni 
matematikadan  oʻquv  mashgʻulotlariga  tayyorgarligini  har  tomonlama  oʻrganishi. 
Yordamchi  maktabning  1-sinfiga  kelgan  aqli  zaif  oʻquvchilarning  narsalarning 
kattaligi  haqida,  fazoviy,  vaqtga  oid  va  miqdoriy  tasavvurlarining  holatini 
oʻrganish.  Tayyorgarlik  davrida  matematika  darslarini  tashkil  qilish,  koʻrgazma 
qoʻllanmalar,  tarqatma  materiallar,  didaktik  oʻyinlar.  Tayyorgarlik  davrida 
oʻquvchilarning  nutqini  oʻstirish,  aqliy  va  oʻquv  faoliyatiga  oid  malakalarni 
shakllantirish. 
 
Birinchi oʻnlikni oʻrganish metodikasi 
Oʻn ichida sonlarni nomerlashni oʻrganish sistemasi, mazmuni. oʻquvchilarni 
birinchi  oʻnlik  sonlari  bilan  tanishtirish  metodikasi  (sonlarni  hosil  qilish,  har  bir 
sonning  sonlar  qatorida  tutgan  oʻrni.  10  ichida  sanash,  sonlar  tarkibi).  Natural 
qatordagi  sonlarni  taqqoslash.  Nol  soni  va  nol  raqami  bilan  tanishtirish. 
Oʻqoʻvchilarning  sanoq  malakalarini  mustahkamlash  uchun  mashqlar  turlari.  10 
ichida  oʻqish  va  ayirishni  oʻrganish  vazifalari  10  ichida  qoʻshish  va  ayirishni 
oʻrgatishda  koʻrsatma  qoʻllanmalar  va  didaktik  materiallar.  Qoʻshish  va  ayirish 
usullari  bilan  tanishtirish.  Oʻquvchilarni  qoʻshish  va  ayirishni  tashkil 
etuvchilarning nomlari va natijalari bilan tanishtirish. 
 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling