Bilim soxasi: Ta`lim soxasi


Download 2.69 Mb.
bet3/75
Sana27.10.2023
Hajmi2.69 Mb.
#1725845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
8398 мутахассисликка кириш

Kirish.




I.1. Maxsus pedagogika fani talabalarni kasbga oid pedagogik bilimlari, ko’nikma va malakalari bilan qurollantiradi. Pedagogik faoliyatga ijobiy yondashish yo’llarini ko’rsatadi va pedagogik fikrlash madaniyatini tarbiyalaydi.
Oliy o’quv yurtlarida maxsus pedagogika fanining o’qitilishi hozirgi davrda defektolog-o’qituvchilar oldiga qo’yiladigan talablardan kelib chiqishi lozim.

Mazkur dastur mazmuni maxsus ta`lim-tarbiyaning korrektsion-pedagogik qonuniyatlarini aks ettiradi. U defektolog-bakalavrlarni o’qitishga qo’yilayotgan hozirgi zamon talablari asosida tuzilgan, ilg’or pedagogik tajribalar, predmetlararo aloqalar ham e`tiborga olingan.


Maxsus pedagogika kursi 5 ta alohida yo’nalishga bo’lingan. Bular: mutaxassislikka kirish, oligofrenopedagogika, surdopedagogika, tiflopedagogika va logopediya bo’limlaridir. Dasturda har bir yo’nalish bo’yicha ma`ruza, laborator va amaliy mashg’ulotlar mavzulari berilgan.
Amaliy mashg’ulotlar maxsus muassasalar bazasida o’quv-tarbiyaviy jarayonni kuzatish va tahlil qilish bilan o’tkaziladi. Laborator mashg’ulotlarda auditoriyada maxsus muassasalardagi kuzatishlar umumlashtiriladi.
Maxsus pedagogika kursi umumiy pedagogika va psixologiya, tibbiy fanlar, maxsus metodikalar bilan bog’lab o’qitiladi.
Har bir ma`ruza mavzusi amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida mustahkamlanadi. Ma`ruzalar, amaliy va laborator mashg’ulotlarda egallangan bilimlar talabalar tomonidan mustaqil ishlarni bajarish va maxsus adabiyotlarni o’rganish jarayonida to’ldirilib va kengaytirilib borilishi zarur.
I.2. Bu kursni o’rganish natijasida talabalar quyidagilarni bilishi kerak:

  • Aloxida yordamga muxtoj bo’lgan bolalarni rivojlantirish va korrektsiyalashda maxsus ta`lim-tarbiyaning roli;

  • rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maxsus muassasalar tizimi;

  • korrektsion-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish;

  • jismoniy, aqliy, axloqiy va mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari, tamoyillari;

  • ota-onalar bilan ishlash xususiyatlari;

  • tarbiyachining ish tizimi;

  • o’qituvchi-defektolog va tarbiyachi ishidagi o’zaro bog’liqliklarni bilish;

  • maxsus adabiyotlarni tahlil qilish;

  • rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolaga psixologik-pedagogik tavsiya berish;

  • bolalar bilan muomala qilish;

  • korrektsion-tarbiyaviy ish jarayonini tahlil qilish va baholash;

  • bolalarni o’qitish va tarbiyalash uchun didaktik metodlarni tanlay bilish;

  • rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash nazariyasini amaliyotda qo’llay bilish.


Download 2.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling