Bilim va tafakkurimiz shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida
Download 15.88 Kb.
|
мақола
“Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida "Yoshlar oyligi" Бугун ҳар бир масъул идора раҳбари ўз вазифаларининг энг аввалига ёшлар билан иш олиб боришни қайд этиб қўйгани аниқ. Чунки замон, давлатимиз раҳбарининг талаби шу. Ҳокимлардан тортиб, ҳар бир идора раҳбарларининг ёшлар билан юзма-юз мулоқотлар ўтказаётгани, бундай мулоқотларда ёшларнинг жуда кўп муаммолари тез ечимини топаётгани ниҳоятда қувонарлидир. Зотан, бир нафаргина йигит ё қизнинг ҳаётига оид муаммонинг ижобий ечимини топиши – бу келажакда бир оиланинг фаровонлиги ва мустаҳкамлигига қўйилган пойдевордир. Xalqimizda azaldan biror ish qilishda yoshi ulug‘ otaxonu onaxonlar bilan maslahat qilinadi, ular bilan kengashib, ish tutiladi. Chunki ularning hayotiy tajribasi hammamiz uchun ibrat vazifasini o‘taydi. Qolaversa, ular o‘tmish, bugungi kun hamda kelajakni bir-biriga bog‘lab turuvchi ko‘prik vazifasini ham o‘taydi. Yillar davomida duch kelgan sinovlarda toblangan, yaxshi-yomonning farqiga boradigan nuroniylar jamiyatning ishonchli ustunlaridir. Shuning uchun xalqimiz ularga ishonadi, quloq tutadi Keksalarga hurmat-ehtirom va mehr-muruvvat ko‘rsatish eng ezgu insoniy fazilatlardan biri ekanini kelajak avlod ongiga singdirish maqsadida, DXX Chegara qo‘shinlari harbiy qismlarida faxriylar ishtirokida uch avlod uchrashuvlarini tashkil etish an’ana tusini olgan. Yana bir ahamiyatli jihati, nuroniylar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tar-biyalashda, ularning qalbiga yo‘l topib, xayrli maqsadlar sari unday oladilar. Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida joylashgan 15-sonli Mehribonlik uyida tashkillashtirilgan “Uch avlod uchrashuvi” ham fikrimiz isboti bo‘la oladi. Ha, faxriylarning umr yo‘li¬ga boqib, har sohada peshqadam va yetuk shaxs bo‘lishga ilhom oladi kishi. Mazkur tadbir o‘smir va yoshlar uchun maktab, ibrat va namuna vazifasini o‘tab berdi. Davradagi samimiy va dilkash suhbatlar, katta hayot tajribasiga ega yoshi ulug‘lar bilan mu¬loqotlardan to‘lqinlangan yoshlar ham o‘zlarining dil so‘zlarini yashirmadilar. Yoshlarda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash kabi maqsadlarni ilgari surgan holda harbiy-vatanparvarlik festivallari, yoshlar sayllari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Termiz davlat universitetida “Bilim va tafakkurimiz – shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida oʻtkazildi. Tadbir Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Andijon garnizonidagi harbiy qism va Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat kengashi bilan hamkorlikda tashkillashtirildi. Tadbirda harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan koʻrgazmali chiqishlar talaba yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Harbiy orkestr jamoasi tomonidan esa vatanparvarlikni tarannum etuvchi hamda yoshlarga bagʻishlangan kuy-qoʻshiqlar ijro etilgani tadbirning chinakkam bayramona tus olishiga xizmat qildi. Umuman olganda, festivalda ishtirok etgan har bir yurtdoshimiz xalq va armiya yakdil ekanligiga yana bir bor amin boʻldi, ona Vatanni va tinchlikni qadrlashga bag‘ishlangan suhbatlar esa esa andijonlik yoshlar xotirasidan ancha vaqtga qadar o‘chmasligi shubhasiz. Download 15.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling