Bilimdonlik", "berilgan


Download 376.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi376.37 Kb.
#1492107
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zamonaviy o\'qituvchi modeli

tadqiqotchilik 
kompetensiyasi. 
O‘zining kasbiy 
faoliyatidan qoniqmaslik va shu asnoda uni yangilash, takomillashtirishni 
bilishi, ta’lim jarayonlari qatnashchilari bilan barcha tashkiliy ishlarning 
mazmun-mohiyati va metodlari borasida o‘zaro hamkorlik qilishi, o‘quv-
dasturiy hujjatlarni tayyorlash asoslarini bilishi va ulardan ta’lim 
mazmundorligini 
ro‘yobga chiqarishda foydalanishi, bolalar va 
o‘smirlarning ijtimoiy jihatdan moslasha olmayotganligini bilishi va bunday 
holatlarning oldini olishi, psixologik-pedagogik tadqiqotlar loyihasini ishlab 
chiqishni bilishi kabilardan iborat. 
Kasbiy pedagogik kompetensiya mezonlarini ishlab chiqish eng 
murakkab pedagogik muammo, eng dolzarb masala ekanligini ta’kidlar 
ekanmiz, bu borada aniq ishlab chiqilgan o‘lchovlar yo‘qligini ham tan 
olishimiz lozim. Oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasi tizimi 
pedagogning mahoratida ko‘zga tashlanadi. Biz yuqorida keltirgan 
o‘qituvchining kompetensiya modelini uning kasbiy tayyorgarligi modeli 
desak xato qilmaymiz. Kasbiy kompetensiyaning eng muhim qirralaridan 
biri o‘qituvchi-pedagogning nazariy tayyorgarligi masalasidir. 
Pedagogning kasbiy potensiali (PKP) formulasiga binoan shaxsning 
o‘zgarmaydigan tug‘ma qobiliyatlari (tq)dan, qisman o‘zgaradigan 
shaxsning maxsus qobiliyati (qo‘mq)dan, maxsus tayyorgarlik jarayonida 
tarkib topadigan qobiliyatlar (mtjttq)dan va pedagogning amaliy faoliyatida 
o‘zlashtiriladigan (afo‘q) qobiliyatlar yig‘indisi ekanligini ko‘p sonli 
tadqiqotlar tasdiqlagan. 
Kasbiy potensial tushunchasining umumiy tuzilmasi yetarli darajada 
murakkab va ko‘p qirrali. Uni I.P.Podlasiy quyidagicha tasavvur etish 
mumkinligini ko‘rsatadi. 
Demak, o‘qituvchilik mahorati integrativ fazilat (sifat) bo‘lib, yuqori 
darajadagi madaniyat, bilim, malaka, amaliy qobiliyatlarni o‘zida 
mujassamlashtiradi. 
Y.P.Azlarovning fikricha, pedagogik mahorat cho‘qqisiga yetishish juda 
mushkul va uzoq vaqt talab etadigan jarayondir. 
Haqiqiy usta o‘qituvchi bo‘lish uchun inson tug‘ma qobiliyatga ega 
bo‘lishi zarur, degan fikrlar ham mavjud. F.Gallning fikricha, inson bosh 
suyagi bilan insonning aqliy va axloqiy fazilatlari orasida bog‘liqlik mavjud. 

Download 376.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling