Bilimingizni sinab ko`ring. (Leksikologiya)


Download 18.5 Kb.
Sana06.07.2020
Hajmi18.5 Kb.
#123084
Bog'liq
leksikologiya


BILIMINGIZNI SINAB KO`RING. (LEKSIKOLOGIYA)

1. Ramazon aytib keldik eshigingizga,

Xudoyim o`g`il bersin beshigingizga.

Ushbu she’riy parchada ma’no ko`chishining qaysi turlari sodir bo`lgan?

A) 1 ta metonimiya, 1 ta sinekdoxa B) 1 ta metonimiya, 1 ta sinekdoxa, 1 ta metafora

C) 1 ta metonimiya, 2 ta sinekdoxa D) 2 ta metonimiya, 1 ta sinekdoxa

2. Qipchoq lahjasiga oid so'zlarni toping.

A) yozutti, boravuza B) kechog'i, onglar C) inak, shoti D) duz, go'rmak

3. Quyidagi qaysi gaplarda sodda tub otning asosi fe’l bilan shakldosh bo`la oladi?

1. Zarar qilg`ay danakni tishda chaqmoq.

2. Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot.

3. Usta o`tkir asbob bilan simni qirqdi.

4. Eng gullagan yoshlik chog‘imda, Sen ochilding ko`ngil bog`imda. Shunda ko`zim ko`rdi bahorni, Shunda ko`nglim tanidi yorni.

A) 2, 4 В) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 3, 4

4. Ev, adaq, ochun so‘zlarining ma’nolari qaysi javobda to‘g`ri berilgan?

A) ko'rish, nur, yog'du B) uy, oyoq, dunyo

C) ko'r, ezgu, foyda D) vatan, olam, uy

5. Metaforaga berilgan misolni toping.

A) O'z jigariga ham shavqat qilmaydilar.

B) “Rossiya”ga qanday borsam bo‘ladi?

C) Asal bolalarim yugurib keldi.

D) Mabodo “Besh bolali yigitcha” kelmadimi?

6. O'zbek shevalariga mansub “gavora” so'zi adabiy tilda qanday ma’noga ega?

A) sigir В) oy C) tom D) beshik

7. Qaysi gap(lar)dagi xatolik paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq

xatolik emas?

1) Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranch ila,

Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

2) Ikki dugona mayizni bir qismdan bolalarga ulashib chiqdi.

3) U avvaliga biroz hayajonlandi-yu, ammo keyin rovon

gapira boshladi.

4) Anvar xalloslab yugurib ketdi.

A) faqat 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 4 D) 2, 3, 4

8. Har ikki qismi ham omonim xarakterga ega bo‘lgan so‘zlardan tashkil topgan qo‘shma so‘zlar ko‘rsatilgan javobni toping.

1) toshqovoq; 2) belbog‘; 3) yor-do‘st; 4) tokqaychi; 5) qo‘shog‘iz; 6) bodomqovoq.

A) 4, 6 B) 2, 3, 6 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 5

9. Uch o‘rinda shakldosh bo‘la oladigan so‘zlar to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

1) bog‘; 2) til; 3) chog‘; 4) qil; 5) to‘p; 6) ort.

A) 2, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 2, 5, 6 D) 2, 3, 5, 6

10. Bir so‘z turkumi doirasida ham, turli so‘z turkumi doirasida ham omonimlik xususiyatiga ega bo‘la oladigan so‘zlar to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

1) ort; 2) o‘ch; 3) til; 4) suzma; 5) un.

A) 4, 5 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 4, 5

11. Qaysi javobda iboraga xos xususiyat noto`g`ri sanalgan?

A) iboralarning ma’nosi odatda bir so`zga teng bo`ladi

B) iboralar nutqqa tayyor holda olib kiriladi

C) ibora tarkibidagi mustaqil so`zlar alohida-alohida gap bo`lagi bo`lib keladi

D) iboralar har doim ko`chma ma’noda qo`llanadi

12. Qaysi javobda keltirilgan so`zlar o`zbek tilining neytral leksikasini tashkil etadi?

A) umumxalq tilida keng qo`llaniladigan so`zlar

B) ma’lum bir uslubga xos so`zlar

C) kitobiy uslubni yaratuvchi so`zlar

D) ma’lum hududda qo`llanadigan so`zlar



Ustoz: Nargiza Erkaboyeva

Admin: @trenermozga
Download 18.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling