Bilimlar hajmini belgilashda geografiya o‘qitish metodikasining roli


Download 53.5 Kb.
bet3/4
Sana05.04.2023
Hajmi53.5 Kb.
#1274681
1   2   3   4
Bog'liq
BILIMLAR HAJMINI BELGILASHDA GEOGRAFIYA O‘QITISH METODIKASINING ROLI

Suhbat. Karta bilan ishlash metodlarida ham ishtirok etish mumkin. Demak,metod bilan usul o`rtasida uzviy bog`lanish bor.
Ta’lim metodlarining tasnifi shu tarzda kelib chiqadiki, bu narsa o`qituvchiga o`quvchilarning o`quv materialini egallash shakllaridagi o`xshash va tafovut qiladigan muhitlarni chuqurroq anglab olishda hamda o`z o`qituvchilik faoliyatini muvaffaqiyatliroq tashkil etishda yordam beradi. Ta’lim metodlari muayyan belgilariga ko`ra guruhlarga ajratiladi.
Hozirgi kunda ta’lim nazariyasi va geografiya ta’limida quyidagi tasnif keng tarqalgan:
I.Bilim olishni asosiy manbalariga ko`ra:
1. Og`zaki bayon (hikoya, tushuntirish, ma’ruza)
2. Suhbat
3. Kartografik qo`llanmalar bilan ishlash.
4. Ko`rsatmali qo`llanmalar bilan ishlash.
5. Kuzatish va tajribalar.
6. Raqamli materiallar bilan ishlash.
7. Darslik va qo`shimcha adabiyotlar bilan ishlash.
8. Amaliy metodlar.
II. Didaktik maqsadlarga ko`ra:
1. Yangi materiallarni o`rganish.
2. Bilimlarni mustahkamlash.
3. Bilim ko`nikma, malakalarni tekshirish metodlari.
III.Xulosa chiqarish faoliyatiga ko`ra:
1. Analitik.
2. Sintetik.
3. Induktiv.
4. Deduktiv metodlar
Fikrlash faoliyati va bilm olish faolligi xususiyati bo`yicha I. YA. Lerner, M.N.Skatkin bo`yicha metodlar tasnifi quyidagicha:
1. Izohli ko`rgazmali metod.
2. Reproduktiv yoki olingan blimlarni qayta tiklash metodi.
3. Muammoli bayon.
4. Qisman izlanuvchi metod.
5. Tadqiqot metodi.
S.G.Shapovalenko didaktiv metodlarni 3 ta guruhga ajratgan.
1. Og`zaki metodlar.
2. Ko`rgazmali metodlar.
3. Amaliy metodlar.
Yuqoridagi barcha metodlarni shartli ravishda ikki: “Yangi bilim olish metodlari” va “Olingan bilimlarni qayta tiklash metodlari” ga ajratish ham mumkin. Har bir ta’lim metodi bir-biri bilan bog`liq bo`lgan ta’limiy va tarbiyaviy tomonlar bilan birlashib turadi.
Ko`pchilik pedagoglar ta’limda faol va sust metodlarni ham ajratadilar. Bu unchalik to`g`ri yo`l emas. Chunki barcha metodlar ham o`rnida to`g`ri qo`llanilsa, o`quvchilar faoliyatini faollashtirishi mumkin.
O`quvchilarning bilish faoliyati ko`pgina omillarga, xususan, o`quv materialining murakkablik, nazariy bilimlar hajmi, sinfning darajasi, o`quvchilarning mustaqil ishlarini qay darajada bajara olish qobiliyati va boshqalarga bog`liq.
Har bir metod ijobiy va salbiy tomonlarga ega. M:hikoya va ma’ruza metodlarini qo`llash shu paytda yaxshi natija beradiki, qachonki o`quvchilarda bilim olishga ishtiyoq kuchli bo`lsa. Yoki muammoli hamda tadqiqot metodlarini qo`llash, uni uyushtirish uchun ko`p vaqt, o`qituvchilardan esa kuchli bilim talab etadi. Biror metodni tanlagan paytda albatta o`quvchilarning bilish qobiliyati, aqliy darajasi, ta’lim vositalari bilan ta’minlanganligi e’tiborga olinishi kerak.
Ta’lim metodlari samaradorligini oshirish hozirgi sharoitda dolzarb vazifalardan biridir.Bir yoki bir necha metodni afzal ko`rish yoki bilish qiyin. Bunga har tomonlama yondashish zarur. Ta’limdagi muvaffaqiyatni ta’lim metodlari tizimi ta’minlaydi. Metodlarning har biri o`ziga xos afzalliklarga ega. U yoki bu tushunchani o`quvchi ongida shakllantirishda har bir metodning o`ziga xos o`rni bor.
Ta’lim metodlarida o`qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi, ruhiy pedagogik , uslubiy va maxsus ilmiy tayyorgarligi aks etgan bo`ladi. Xuddi ana shu omillar ta’lim metodlari samaradorligini belgilaydi. Muayyan metodga yaxshi tayyorgarlik ko`rmagan o`qituvchida shu metodning o`zi salbiy jihatlarini ham namoyon qilishi mumkin, shu sababli ta’lim metodlarini samaradorligini oshirish uchun o`qituvchining tayyorgarlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Metodlarni noto`g`ri tanlash o`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini sust egallashga sabab bo`ladi. Demak ta’limda universal metod yo`q.
Shu tufayli ham o`qituvchi faqat bitta metoddan foydalanib dars o`tmaydi. Bunday bo`lishi mumkin emas. Geografiya ta’limining eng muhim xususiyati shundan iboratki, o`qituvchi aksariyat darslarni o`tishda og`zaki bayon metodlarini qo`llaydi va samarali natijalarga erishadi .
Geografiya ta’limida kartalarni rasmlarni tanlashda izchillikning bo`lmasligi ham bilimlarni sustlashtiradi. Masalan VII-sinfda “Afrika tabiat zonalari” mavzusida o`quvchilar ekvatorial o`rmon, savanna sahro kabi tushunchalarni egallashlari kerak. Bunda dastlab o`qituvchi o`quvchilarda yuqoridagi tabiat komplekslarining tasvirini o`quvchilar ko`z o`ngida gavdalantirish, so`ngra esa uni kartadagi o`rni bilan bo`lsa, hududiy komplekslar turli-tumanligi haqida o`quvchilar zarur bilimga ega bo`ladilar.
Quyidagi geografik bilim manbalariga ko`ra o`qituvchi va o`quvchi faoliyati asosida eng ko`p qo`llaniladigan geografiya ta’limi metodlarini ko`rib chiqamiz .


Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling