Bilimlar ombori va ekspert tizimlar. Reja: Bilimlar ombori; Bilimlar omborini boshqarish tizimlari


Bilimlar omborini boshqarish tizimlari


Download 123.57 Kb.
bet3/21
Sana08.01.2022
Hajmi123.57 Kb.
#236080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
3c3d789f0bce3564e1b220889f6c8c5dc5eec567

Bilimlar omborini boshqarish tizimlari
Hozirgi zamon mutaxassisi kerakli axborotni topish, ajratib olish , tahlil qilish, tashkillashtirish, saqlash hamda kerakli ko’rinishda tasvirlashni bilishi kerak. Bu esa undan tahlil va sintez qilish, umumlashtirish, abstraksiyalash, modellashtirish, o‘xshashliklarni topish va shunga o ‘xshash boshqa aqliy faoliyat ko‘nikmalarini egallashini talab qiladi.

Shuni ham aytib o‘tish kerakki, biror hodisa, voqea yoki soha haqida absolyut bilim beradigan axborot tizimini yaratish juda mushkul ish hisoblanadi.

Bilimlar omborini boshqarish usullari bilimlar omborini yaratish bilan bevosita bog’langan bo’ladi.

Bilimlar omborini boshqarish uchun maxsus dasturlar tuziladi. Bunday dasturlarning vazifasiga quyidagilar kiradi:

• bilimlar omboridagi ma’lumotlarga kirish;

• bilimlar omboridagi axborotlarni modifikatsiyalash (yangilash);

• kompyuter o‘chirilganda yoki dasturlar ishi to‘xtab qolganda boshqarishning tezda qayta tiklanishi;

• bilimlar omboridan bir vaqtda bir necha kom pyuterning foydalanishi va foydalanuvchilarning bir-biriga xalaqit bermasligi;

• bilimlar omboridagi ma’lumotlardan foydalanishning cheklanganligi va ularni tashqi ta’sirlardan himoyalanishi.

Bilimlar ombori maxsus tashkil etilgan firmalar, guruhlar yoki yakka dasturchilar tomonidan yaratiladi. Foydalanuvchilar esa bu dasturlarni magnit yoki lazer disklariga yozib oladilar va ulardan foydalanadilar.



Download 123.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling