Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja: Falsafa tarixida bilishga oid qarashlar evolyutsiyasi


Download 31.93 Kb.
bet8/10
Sana23.10.2023
Hajmi31.93 Kb.
#1717876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-МАВЗУ фалсафа

Isbotlash va rad etish. Fanning u yoki bu qoidasining haqiqiyligi yoki soxtaligi, aniq ravshan ko‘rinib turmaydi. Faqat eng sodda mulohazalar o‘zining haqiqiyligini tasdiqlash uchun sezgi idrokidangina foydalanishni talab qiladi: ko‘rsatish mumkin bo‘lgan narsani isbotlashning hojati yo‘q. Fanning aksariyat qoidalari sezgi a’zolari orqali bilish darajasida va boshqa haqiqatlardan alohida emas, balki mantiqiy tafakkur darajasida, boshqa haqiqatlarga bog’langan holda, ya’ni isbotlash yo‘li bilan haqiqiy deb qabul qilinadi. Isbotlash – ilmiy tafakkurning muhim vositasi. Har qanday isbotda tezis, isbotlash uchun asoslar (dalillar) va isbotlash usuli mavjud. Haqiqiyligi yoki soxtaligi isbotlash yo‘li bilan aniqlanayotgan qoida tezis deb ataladi. Tezisning soxtaligini aniqlash – rad etish deb ataladi. Isbotlashda foydalanilayotgan va isbotlanayotgan tezisning haqiqiyligini ko‘rsatayotgan barcha qoidalar asoslar yoki dalillar deb ataladi. Asoslar va dalillar ishonchli dalillar haqidagi qoidalar, ta’riflar, aksiomalar va ilgari isbotlangan qoidalardan tashkil topadi. Yolg’on haqiqatning qarama-qarshisi. Yolg’on odatda noto‘g’riligi ayon bo‘lgan tasavvurlarni bila turib haqiqat darajasiga ko‘tarish sifatida tushuniladi. Yolg’on kundalik va ijtimoiy hayotda keng tarqalgan bo‘lib, odamlar o‘zaro aloqa qiluvchi hamma joyda uchraydi; u individlar va ijtimoiy guruhlar manfaatlarining “uchrashuvi” yuz beradigan har qanday insoniy munosabatlar funksiyasidir. Gap yolg’on mavjud yoki mavjud emasligida emas (oddiy hayot tajribasi uning mavjudligidan dalolat beradi), balki har bir muayyan holda uning ulushi qanchaligidadir. Beruniy fikricha, “Shunday kishilar bo‘ladiki, ularning tabiatiga yolg’on xabar tarqatish o‘rnashib qolib, go‘yo unga shu vazifa yuklatilgandek bo‘ladi va yolg’on xabar tarqatmasdan turolmaydi. Ba’zan kishi yolg’on xabar tarqatuvchiga taqlid qilib, bilmasdan yolg’on xabar tarqatadi. Bu xabarchilar birinchi marta ataylab yolg’on xabar tarqatgan kishi bilan eng keyin yolg’on xabarni eshituvchi oralig’ida vositachi bo‘ladilar. Yolg’onchilik kishini adolatdan yuz o‘girtiradi, zulm, yolg‘on guvohlik, omonatga xiyonat qilish, boshqalar mulklarini hiyla bilan bosib olish, o‘g’irlik, dunyo va xalqning buzilishiga sabab bo‘ladigan boshqa yomon xulqlarni kishilar yaxshi qilib ko‘rsatadilar”5. Beruniy insonni rostgo‘ylik qolib, yolg’onchilik yo‘lidan yurmasligi, boshqalarga yaxshilik qilish, yaxshilik qilish imkoniyati bo‘lmasa, yaxshi tilaklar izhor qilishga chorlaydi. Rostgo‘ylik, odillik, Beruniy fikricha, yuksak ma’naviyat, go‘zal odob – axloq belgisidir. Insonning individual rivojlanish jarayonida yolg’on bolada jazodan qutulib qolishga harakat qilish, kattalar o‘rnagi va shu kabilar orqali shakllanadi. Keyinchalik bunga jamiyat kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Insonni bu tomonga itaruvchi omillar majmui orasida ehtiroslar, shu jumladan, muhabbat tobora kengroq o‘rin egallay boshlaydi. Muhabbat son sanoqsiz yolg’onni vujudga keltiradi. Oshiq odam o‘zining narxini oshirish uchun yolg’on so‘zlaydi, o‘z raqibining obro‘sini tushirish uchun, rashk o‘tini yoqish uchun... sovib borayotgan muhabbat otashini qayta o‘t oldirish uchun aldaydi, nihoyat, muhabbat yo‘qolgan holda yolg’on gapiradi”. Yolg’on takabburlik, irodasizlik, muvaffaqiyatga intilish, pulga, hokimiyatga o‘chlik va hokazolar zaminida yuzaga keladi.

Download 31.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling