Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja: Falsafa tarixida bilishga oid qarashlar evolyutsiyasi


Haqiqatni bilishda nazariya, amaliyot va faoliyat birligi. Haqiqat


Download 31.93 Kb.
bet7/10
Sana23.10.2023
Hajmi31.93 Kb.
#1717876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-МАВЗУ фалсафа

Haqiqatni bilishda nazariya, amaliyot va faoliyat birligi. Haqiqat – bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi, chunki haqiqat ongdan, bilayotgan sub’ektdan tashqarida va undan qat’i nazar mavjuddir. Haqiqat – bilimlarning ob’ektiv borliqqa muvofiq bo‘lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in’ikosining natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab etilgan tasdiqlovchi mulohazalar ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba’zan boshqa, yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. Shu ma’noda haqiqat – bilish rivojlanishining yakuni va omilidir. Falsafa tarixida haqiqat (bilimlarning haqiqiyligi) muammosi qadimgi davrlardayoq ta’riflangan. “Avesto”da haqiqat oliy sharofatdir deyiladi. Darhaqiqat insoniyat doimo haqiqatga intilgan. Zero, haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan buyuk qudrat. Aristotel fikricha haqiqat – mulohazalar va amaldagi holat o‘rtasidagi muvofiqlikdir. Platon haqiqatni g‘oyalar dunyosiga mos keluvchi g‘ayritabiiy mustaqil ideal mohiyat sifatida tushungan, inson bilimi jonning shu g’oyalar dunyosi bilan mushtarakligi darajasidagina haqiqiydir, deb hisoblagan. Foma Akvinskiy haqiqat yolg’on narsalarda emas, balki aqlda mavjud bo‘ladi, har bir narsa o‘zi bog’liq bo‘lgan aqlga munosabati darajasidagina haqiqiy deb nomlanishi mumkin, deb qayd etgan. Beruniy fikricha, haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir. Forobiy fikricha, haqiqatni bilish aqlning kamolotiga bog’liq. Bu aql inson qalbidadir, uning kamolotiga esa, faol aqlga qo‘shilish orqali erishiladi. Faol aqlda borliqning eng oliy darajasi bo‘lgan. Birinchi sababdan boshlab to oxirgi haqiqatning barcha shakllari mavjud. Shuningdek, Forobiy va uning izdoshlari fikricha, haqiqat bir nechta bo‘lishi mumkin emas, haqiqat bitta, shu bois falsafa ham bir nechta bo‘lishi mumkin emas. Forobiy haqiqatning o‘zgarmasligiga ishongan va falsafani haqiqatning birdan bir ifodasi deb hisoblagan4.
Ob’ektiv haqiqat – bilimlarimizning inson insoniyatga bog’liq bo‘lmagan mazmuni. Bizning bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy guruhga bog’liq bo‘lgan unsur mavjud bo‘ladi. Binobarin, o‘z bilimlarimizda sub’ektiv unsurlarga bog’liq bo‘lmagan va shu sababli ob’ektiv hisoblanadigan mazmunni qayd etishimiz lozim. Ob’ektiv haqiqat rivojlanib, ikki shakl: nisbiy va mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi.
Mutlaq haqiqat – predmetni kelajakda to‘ldirilishi yoki unga aniqlik kiritilishi mumkin bo‘lmagan tarzda to‘la, mukammal bilishdir. Olam vaqt va makonda cheksizligi tufayli bunday bilimga amalda erishish mumkin emas. Haqiqat tushunchasini mutlaq haqiqat tushunchasi bilan tenglashtirib, biz unga erishib bo‘lmasligi, demak, umuman bilish mumkin emasligi haqida gapiramiz. Biroq fanning haqiqiy tarixi buning teskarisidan dalolat beradi: fan rivojlanadi, chunki u nisbiy va mutlaq bilimning birligi sifatida tushuniladigan haqiqatni bilishga qodir. Boshqacha aytganda, ob’ektiv haqiqat to‘la va mukammal ko‘rinishdagi mutlaq haqiqatdir. Ayrim hollarda, agar haqiqat vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, ya’ni vaqt shart-sharoitlariga bog’liq bo‘lmasa, u boqiy haqiqat deb ataladi.
Nisbiy haqiqat – borliqni asosan to‘g‘ri aks ettirsada, obraz ob’ektga uncha mos emasligi bilan ajralib turadigan bilim. Nisbiy haqiqat to‘g’ri, biroq noto‘liq, taxminiy, vaqt va joyning muayyan tarixiy shart-sharoitlari bilan cheklangan haqiqatdir. Nisbiy va mutlaq haqiqat bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Nisbiy haqiqatlar bilish taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o‘z chegarasi bo‘lgan mutlaq haqiqatga yaqinlashadi.

Download 31.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling