Bilish falsafasi


Download 197.25 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi197.25 Kb.
#1304421
Bog'liq
slayd

Bilish falsafasi

Reja:

1. Bilim va bilish — falsafiy tahlil mavzui sifatida.

2. Inson bilishining asosiy bosqichlari: Hissiy va aqliy bilish.

3. Haqiqat tushunchasi. Haqiqatning turli shakllari.

4. Ilmiy bilishning mohiyati va usullari.

 


BILISH VA BILIM
Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o’rganish falsafa tarixida muhim o’rin egallab kelmoqda. Inson o’z bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nihoyat, o’z-o’zini o’zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug’ullanuvchi maxsus sohasi — Gnoseologiya vujudga keldi.
Bilish obyekti.
Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, xodisa, jarayon, munosabatlar bilish obyektlari hisoblanadi. Bilish obyektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo’lishi mumkin. Bilish obyektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bo’lgan borliqni qamrab oladi. Bilish obyektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi.
Bilish subyekti. Bilish bilan shug’ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish subyekti hisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish subyektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning o’ziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obyekti, ham bilish subyekti sifatida namoyon bo’ladi.
Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan — fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm sohalarining hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish subyekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar.
Insonning sezgi a’zolari
Ko’rish,
Eshitish,
Hid bilish,
ta’m bilish, teri sezgisim bilish teri sezgisim bilish,
Tushuncha. Aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish xissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, taxlil qilish, sintezlash, mavxumlashtirish orqali yangi hosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi
Tushunchada insonning xissiy bilish jarayonida orttirgan barcha bilimlari mujassamlashadi. Tushuncha aqliy faoliyat maxsuli sifatida vujudka keladi. Narsa va xodisalar mohiyatika chuqurroq kirib borishda tushuncha muhim vosita bo’lib xizmat qiladi
Xukm. Aqliy bilish narsa va hodisalarga xos bo’lgan belgi va xususiyatlarni tasdiqlash yoki inkor etishni takozo etadi. Tafakkurga xos bo’lgan ana shu tasdiqlash yoki inkor etish qobiliyatika xukm deyiladi. Xukmlar tushunchalar vositasida shakllanadi. Xukmlar yangi bilimlar hosil qilishka imkoniyat yaratadi, ular vositasida narsa va xodisalar mohiyatiga chuqurroq kirib boriladi. Shunday qilib, xukm narsa va xodisalarning tub mohiyatini ifodalovchi eng muhim belgi va xususiyatlar mavjudligini yo tasdiqlaydi yoki inkor etadi.
Download 197.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling