Bilish jarayonlari


Download 75.21 Kb.
bet11/11
Sana14.04.2023
Hajmi75.21 Kb.
#1356926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BILISH JARAYONLAR1

Sezgi chegarasi - sezgining mutloq chegarasi. Minimal kuchga ega bo’lgan qo’zg’ovchining bilinar - bilinmas ta'sirini sezishga sezgining kuchi chegarasi, qo’zg’ovchining eng yuqori kuchga ega bo’lgan ta'sirini sezishga - sezgining yuqori (maksimal) chegarasi deyiladi.
Sezgirlik - o’ta sezuvchanlik, sezgi a'zolarining o’ziga ta'sir etib turgan qo’zg’ovchilarning salgina yoki unchalik farq qilmaydigan ta'sirini ajrata olish qobiliyati.
Proprioreseptiv sezgilar (lot. proprius - xususiy, maxsus, recipere - qabul qilmoq) - tananing turli qismlaridagi holatlardan va ularning harakatlaridan darak beruvchi sezgilar.
Sensibilizasiya (lotin. sensibilis - sezuvchan) - ichki omillar ta'siri natijasida
analizatorlar sezgirligining ortib ketishi.
Sensor sezgilar (lot, sensus - sezgi, his) - sezgi a'zolariga taalluqli sezgilar. Sensorika sezgi va idrokni umumlashtiruvchi tushunchadir.
Sinesteziya (yunon. sineistcsus - birgalikda sezish) - turli xildagi sezgilarning o’zaro ta'siri natijasida qo’shilib ketishi, (jumladan, eshitish va ko’ruv sezgilari va h.k.)
Ta'm bilish - sezgi turi (shirin, achchiq - chuchuk, tuzli). Analizator til o’zagidagi nerv tugunlari hamda bosh miya po’stloq qismidagi ta'm bilish markazidadir.
Farq qilish chegarasi - qo’zg’ovchilar o’rtasidagi bilinar - bilinmas farqni sezish. Bu avvalgi qo’zg’ovchilar bilan keyingi qo’zg’ovchilar o’rtasidagi qandaydir farq borligini seza olishda ifodalanadi.
Eksteroreseptiv sezgilar - tashqi olamdagi narsa va hodisalarning turli xususiyatlari haqida darak beruvchi sezgilar mas., ko’rish, eshitish, hid va ta'm bilishdan iborat tashqi sezgilar.
Hid bilish sezgisi - sezgi turi, xillarini aks ettirish jarayoni. Uning analizatori burun to’siqining shilliq pardasida joylashgan va uning markazi bosh miya po’stloq qismidadir.
Download 75.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling