Bilish nazariyasi. Uning yo’nalish va muammolari O’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti 1- bosqich talabasi Hamraliyeva Irodaning falsafa fanidan bilish nazariyasi


Download 20 Kb.
Sana07.11.2023
Hajmi20 Kb.
#1754187
Bog'liq
Bilish nazariyasi. Uning yo’nalish va muammolari-fayllar.org


Bilish nazariyasi. Uning yo’nalish va muammolari

O’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti 1- bosqich talabasi Hamraliyeva Irodaning falsafa fanidan “bilish nazariyasi. Uning yo’nalish va muammolari” mavzusida taqdimotiReja:Bilish jarayoning falsafiy tahlili;Bilishning subyekt va obyektiBilish turlariHissiy va mantiqiy bilish BILISHInsonning o’zini anglashi, atrofini qurshagan dunyoga munosabatlaridan biri – bilish hisoblanadi. Ayrim faylasuflar fikriga ko’ra, “inson o’zini va dunyoni biliishga shubha bilan qaraydi, inson dunyoni to’’liq bilolmaydi”deb insonning bilish nuqtasini chegaralaydi. Mashhur olimlardan biri nemis faylasufi I. Kant –” insondan va uning ongidan tashqarida obyektiv borliqning mavjudligini e’tirof qilgan holda, undagi predmet va hodisalarni “ narsalar biz uchun” va “ narsalar o’zaida”ga bo’ladi”. Bunga ko’ra narsalarning erkinlik va o’lmaslik tushunchalarini inson bilmaydi degan qarashni yuzaga keltiradi.O’rta osiyoda bilish nazariyasiO’rta Osiyo mutafakkirlari FAROBIY, BERUNIY, IBN SINO, ULUG’BEK, NAVOIYlar ham insonning dunyoni va o’zini bilish masalasi haqida to’xtalib, inson tabiat va jamiyatni hamda o’zini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va idroklardan boshlanib, tafakkurga tomon rivojlanib boradi. Inson aqli- faol, u bilishning asosiy qurolidir, deyishadi. Ular inson bilishi ma’lum narsalardan noma’lum narsalar tomon rivojlanib boradi, deb ko’rsatishgan. Fransuz faylasufi DEKART esa, insonning o’zi va dunyoni bilishi haqida to’xtalib, birdan- bir to’g’ri bilish bu – TAFAKKURdir deydi.Bilishning subyekt va obyektiBilishning subyekti sifatida borliqdagi predmet va hodisalar bilan bevosita yoki bilvosita, muayyan tabiiy va ijtimoiy munosabatlarda bo’luvchi, jamiyatning aniq bosqichiga xos, ijtimoiy mohiyatga ega bo’lgan aniq bir kishi yoki kishilar jamoasi tashkil qiladi.Bilishning obyekti esa, subyektning bilish doirasiga kirgan, uning bilishiga qaratilgan borliqdagi aniq predmetlar, hodisa va jarayonlar tashkil etadi. Bilishning predmeti ham mavjud bo’lib, bunda bilish obyekti va subyektining bilish faoliyati doirasiga kirgan tomonlari, xususiyatlari va munosabatlaridir. Bilish turlariInsonning bilish nazariyasi turlari shartli ravishda bir necha turlarga bo’lib o’rganish mumkin. Dastlab, inson bilishini unda borliq qanday holda in’ikos etganligiga qarab, oddiy( kundalik) va ilmiy bilishlarga ajratish mumkin. Oddiy bilish insonning kundalik hayotdagi voqea va hodisalarning o’z sezgi a’zolari orqali atrofni ong tafakkur yodamida tushunishidir.Ilmiy bilish oddiydan farqli o’laroq tabiatdagi predmet va hodisalarning aniq qonuniyatlarini bilishdan iborat bo’lib bu o’z navbatida ularni yuzaki emas balki chuqurroq o’rganishni taqazo etadi.Bilishning asosiy bosqichlariInson bilishi hissiy bilishdan- aqliy bilishga, jonli mushohadalardan- abstract tafakkurga tomon va aksincha, yo’nalishlardan iborat dialektik jarayon hisoblanadi. Bundagi hissiy va aqliy bilish o’zaro chambarchas bog’liq ikki “quyi” va “yuqori” bosqichlardir.Hissiy bilish- inson bilishining dastlabki bosqichi bo’lib, natijada miyada predmet va hodisalarning belgilari, signallari va hissiy obrazlari hosil bo’ladi. Hissiy bilish bosqichlari: sezgi, idrok va tasavvur kabi shakllarda bo’ladiIlmiy bilish Fanlar ilmiy bilishning shakllaridir. Ilmiy bilish ko’plab umumiy, xususiy va alohida konkret ilmiy metodlar yordamida vujudga keladi. Fanlar borliq va uning turli ko’rinishlari: tabiat, jamiyat, inson tafakkuri to’g’risidagi ilmiy bilish jarayonida yuzaga kelgan bilimlar tizimlaridan iborat. Ular insonlarning borliqni bilishi, o’rganishi va o’zlashtirishining o’ziga xos nazariy shakllari bo’lib, o’zlarida moddiy va ma’naviy omillarni birlashtiruvchi ko’p qirrali ijtimoiy hodisadir.Ilmiy bilish metodlari

Kuzatish va eksperimentanaliz va sintez


Tarixiylik va mantiqiylik
Induktiv va deduktiv
Umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish
Formallashtirish va modellashtirish

Mantiqiy bilish Mantiqiy bilish bu avvalo, predmet va hodisalarning mohiyatini bilishdir. Insonning borliqni aqliy bilishi – bu uning tafakkuri orqali borliqdagi predmet va hodisalarni fikr shakllarida bilishdir. Aqliy bilish- borliqdagi predmet va hodisalarning inson miyasidagi umumlashgan, muhumlashgan va konkretlashgan fkriy ifodalanishidir. Mantiqiy bilishda inson ongi borliqdagi predmet va hodisalarning ichki bog’lanishlari va aloqadorliklarini, ularning harakat, o’zgarish va rivojlanish qonunlarining ma’lum fikr shakllari – hukm, tushuncha va xulosalarda ifodalaydiFoydalanilgan adabiyotlarO’zbekiston Milliy Universiteti Biologiya fakulteti kuubxona fondi, axborot markazi.“ Falsafa” o’quv amaliy qo’llanmasi. “o’qtuvchi” nashriyot matbaa ijodiy uyi. Toshkent – 2005. E. Yu. Yusupov



http://fayllar.org
Download 20 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling