Bilish nazariyasi, yo'nalishlari va bilishdagi asosiy muammolar har bir savolga to‘G‘ri javob uchun 2 balldan
Download 31.62 Kb.
|
BILISH NAZARIYASI, YO'NALISHLARI VA BILISHDAGI ASOSIY MUAMMOLAR HAR BIR SAVOLGA TO‘G‘RI JAVOB UCHUN 2 BALLDAN Bilim va bilish nima? Epistemologiyaning predmeti va usuli nimani anglatadi? Bilim va amaliyot qanday bog'liq? "Sensualizm" va "ratsionalizm" tushunchasi nimani anglatadi? Haqiqat nima? Falsafiy yo`nalishlar, tadqiqot olib boradigan soxasiga ko`ra, o`ziga xos bo`lib, asosiylari quyidagilardir: Ontologiya — olam, inson va jamiyatning ob’ektiv-universal mohiyati to`g`risidagi falsafiy ta’limotdir. Boshqacha aytganda, u borliq to`g`risidagi, insonning olamga bo`lgan munosabati haqidagi falsafiy bilim soxasidir. Gnoseologiya — bilish falsafasi bo`lib, olamni anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to`g`risidagi ta’limotdir. Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to`g`risidagi falsafiy ta’limot. Praksiologiya — insonning predmetli-o`zgartiruvchan, amaliy faoliyati to`g`risidagi falsafiy ta’limot. Metodologiya — bilish va o`zgaruvchan faoliyat usullari to`g`risidagi ta’limot. Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, xukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muxokama, tafakkur qonuniyatlari), ularning mazmunidan qat’i nazar, holis o`rganuvchi ta’limot. Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, talab va tartib-qoidalari to`g`risidagi fan. Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida go`zallikning o`rni, qonun-qoidalari to`g`risidagi qarashlar majmui Bundan tashqari, inson falsafasi (antropologiya), ijtimoiy falsafa, tabiat falsafasi, madaniyat falsafasi (qulturologiya), san’at falsafasi, mafko`ra falsafasi (ideologiya), din falsafasi (teologiya), siyosat falsafasi (politologiya), huquq falsafasi, texnika falsafasi kabi soxalar ham mavjudki, ular bir so`z bilan ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimi deyiladi. Ikkinchi xil klassifikatsiya falsafiy fanlar tasnifida olam va odam, borliqning asosi bilan bog`lik masalalar qanday usulda xal qilinishiga qarab belgilanadi. Bunday tasniflash natijasida monizm, dualizm, plyuralizm, materializm, idealizi, teizm, ateizm kabi ko`plab yo`nalishlar ko`zga tashlanadi. Falsafani o`rganish jarayonida bu tushunchalarga hali ko`p duch kelamiz va o`rni kelganda ularga zarur izoh va ta’rif berishga harakat qilamiz. Bu tizimda falsafa tarixi bilimning muxim tarmog`i xisoblanadi. Bunda tadrijiy taraqqiyot tamoyili asosida falsafiy tizimlar o`rtasidagi tarixiy izchillikka tayaniladi. Mazkur qo`llanmada falsafa tarixi ana shunday tamoyil asosida o`rganilgan. Falsafiy bilimlar tizimining o`zgarishi va mazmunan boyib borishi ob’ektiv ijtimoiy-tarixiy jarayon maxsuli bo`lib, u jamiyatning rivojlanish darajasiga mos keladi va uni o`zida ifoda etadi. Falsafiy bilimlar tizimidagi aloxida yo`nalish har bir tarixiy davrda o`ziga xos qonuniyatlar asosida rivojlansa ham, ularning umumiy tamoyillari mavjud. Ya’ni, birinchidan, har bir falsafiy bilim yo`nalishi jamiyat rivojlanishida o`ziga xos determinant (sabab) vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, falsafiy bilimlar jamiyat taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi sub’ektiv omil bo`lsa ham, vujudga kelish asosi - genezisi nuqtai nazaridan ob’ektiv hodisadir. Uchinchidan, falsafiy bilim yo`nalishlarining o`zaro bog`liqlik, aloqadorlik munosabati, ularning dunyoni bilishdagi yaxlitligini ta’minlaydi. Falsafiy G`oyalar va ularning amaliyoti. Insoniyatning yashashi, rivojlanish istiqbollari, orzu-xavaslari, intilishlari, umidlari, turmush tarzi G`oyaviy qarashlarda ham o`z ifodasini topadi. Falsafiy G`oyalar, obrazli qilib aytganda, inson hayot tarzining ko`zgusidir. Har qanday falsafiy bilim dastlab G`oya tarzida shakllanadi. Falsafiy G`oya insoniyat oldida to`rgan muayyan muammoni anglash va uni xal qilish maqsadi, uslub va vositalarining ifodasidir. Kishilarning narsa va hodisalarga o`z extiyoj va manfaatlari nuqtai nazaridan yondashishi natijasida muammoga munosabat va uni xal qilishga qaratilgan amaliy, nazariy harakat paydo bo`ladi. Masalan, inson ongli mavjudot ekani bois o`zini muqarrar xalokatga olib borishi mumkin bo`lgan G`ayriinsoniy G`oyalarga asoslangan xatti-haraqatlarni chegaralashga, ta`qiqlashga kodir. Umumiyroq qilib aytsak, kishilarning yashash, avlod qoldirish, hayotni davom ettirish mayli (instinkti) dunyoda nisbatan barqaror ijtimoiy vaziyatni ta’minlab turadi. Bugungi kunda tinchlik G`oyasi umuminsoniy maqsadlarni birlashtiruvchi falsafiy G`oyaga aylandi. Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblarida aytilganidek: «... Odamning qalbida ikkita kuch — bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o`zaro ko`rashadi. Afsus bilan ta’kidlashimiz lozim: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko`ra vaxshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni xatti-haraqatlarini ko`zatish osonroq»1. Bunda ikki xil jixatga e’tibor berish lozim. Birinchisi - tor doiradagi mutaassib kuchlarning G`ayriinsoniy G`oyalarni yoshlar ongiga, turmush tarziga singdirish yo`li bilan o`zlarining muayyan maqsadlariga erishish uchun harakatiga ehtiyot va xushyor bo`lmoq kerak. Ikkinchisi esa, sog`lom kuchlarning ularga qarshi insonni inson degan nomga munosib qilib tarbiyalash va sivilizatsiyani saqlab qolish hamda rivojlantirish manfaatlari uchun ko`rashdir. Falsafiy nazariyalarning «yaxshi» yoki «yomon», «foydali» yoki «zararli» ekanini tarixiy tajriba asosida faqat bitta mezon — umuminsoniy manfaatlarga mos keladimi yoki yo`qmi, degan xulosa asosida baholash mumkin. Shuning uchun biz falsafiy G`oya va nazariyalarni baholashda o`z sub’ektiv fikrlarimizni mutloqlashtirishdan yiroq bo`lishimiz lozim. Falsafiy nazariyalar tizimida «faqat men xaqman, boshqalar noxaq» degan tarzda mutloq haqiqatga da’vogarlik qiladigan G`oya va nazariyalar o`rtasidagi ko`rash og`ir oqibatlarga olib kelishini tarixiy tajriba qayta-qayta isbotlab bergan. Har qanday manfaat shakllari va darajalari muayyan falsafiy G`oya va nazariyalarda o`z ifodasini topadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, G`oya va nazariyalar o`rtasida doimiy ko`rash borishi tabiiy hol. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, «hayotning o`zi turli-tuman G`oyalar ko`rashidan, baxsu munozaralardan iborat. Taraqqiyotning ma’no-mazmuni, kerak bo`lsa, falsafasi ham shunda... O`z mustaqil fikriga ega bo`lgan, o`z kuchiga, o`zi tanlagan yo`lning to`g`riligiga ishongan inson doimo kelajakka ishonch bilan qaraydi. Jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligidan chuchimaydi, balki zamonaviy bilim va falsafiy qarashlarga, hayot haqiqatiga suyangan holda har qanday G`arazli niyat, taxdid va intilishlarni fosh qilishga kodir bo`ladi»2. Falsafaning muayyan ijtimoiy qatlamlar siyosiy manfaatlari bilan bog`lanib ketishi, ularning mafko`rasi tarzida namoyon bo`lishi masalasi ham nixoyatda muxim. Shuning uchun milliy Falsafamizni rivojlantirish asosida istiqlol mafko`rasini yaratish kun tartibidagi eng dolzarb vazifa bo`lib qolmokda. Тarix falsafasi. Insonning ongli faoliyati ijtimoiy munosabatlar majmuida iborat. Bu munosabatlarning eng umumiy qonuniyatlarini o`rganuvchi falsafiy bilimlar o`z tarixiga ega. Хakkoniy yoritilgan tarix milliy falsafani, mafko`rani shakllantirishdagi asosiy manba bo`lib xizmat qiladi. «Тarixni bilmay turib, mafko`raning falsafiy negizlarini anglab bo`lmaydi. Chunki mafko`raning falsafiy asoslari o`z davrida tarixiy haqiqat tufayli tug`ilgan... Тarix va falsafa mantiqiy ravishda bir-birini taqozo etadigan, kerak bo`lsa, tuldiradigan, taraqqiyot jarayonlari haqida yaxlit tasavvur beradigan, ok-qorani farqlashda asos bo`ladigan fanlardir»3. Afsuski, ko`pgina qo`llanmalarda u yoki bu faylasufning ta’limotiga aloxida e’tibor beriladi, u xaqda chuqur fikr yuritiladi. Ammo usha davr qanday edi, nima sababdan muayyan olim aynan shu G`oyani ilgari so`rgan, nega umrini biror-bir ta’limotni targ`ib etish bilan o`tkazgan, degan masalalarga kam e’tibor beriladi. Aslida, davr olim va faylasuf kamolotida muxim o`rin tutadi. Uning G`oyalari tug`ilishi uchun asos bo`ladi, bu G`oyalar qo`llanadigan ijtimoiy amaliyot bo`lib xisoblanadi. Agar masala bu tarzda qo`yilmasa, falsafiy ta’limotning o`z davrini aks ettiradigan mohiyat-mazmuniga putur yetadi, ayniqsa usha davr muammolarini ijtimoiy makon va tarixiy zamondan ajratib tahlil qilish natijasida falsafaning milliylik ruxi, xususiyatlari xiralashadi. Albatta, biz har bir falsafiy bilimlarning o`ziga xos muammolari va ularni xal qilishning nazariy-amaliy usul va vositalari borligini inkor etmaymiz. Lekin, falsafaning o`rni, ahamiyati va vazifasiga milliy mafko`rani shakllantirish nuqtai nazaridan yondashadigan bo`lsak, unga ta’sir qiladigan omillarni mushtarak-mujassam tarzda olib qarash zarurati paydo bo`ladi. Shuning uchun, bir tomondan, har bir falsafiy bilim yo`nalishlari tarixini millatning umumiy tarixi bilan birgalikda olib tahlil qilganda, yaxlit falsafiy dunyoqarash vujudga keladi. Ikkinchi tomondan, bu jarayonni millat extiyojlaridan kelib chiqadigan, istiqbol manfaatlariga mos bo`lgan milliy istiqlol G`oyasidan ajratish mumkin emas. O`zbek milliy falsafasining genezisiga nazar tashlaydigan bo`lsak, bir-biri bilan bog`liq ikki omilni ko`ramiz: birinchisi, qadimgi zardushtiylikning muqaddas kitobi - Avesto va islom dinining bosh asosi — Јur’oni karim va xadisi sharifdagi insonparvarlik G`oyalari bo`lsa, ikkinchisi — dunyoviy bilimlardir. Hozirgi kunda har qanday ijtimoiy fan soxasining, shu jumladan falsafaning eng muxim vazifasi diniy va dunyoviy bilimlar o`rtasida mu’tadil munosabat bo`lishini ilmiy izohlash, uning qonuniyat va xususiyatlarini ochib berishdir. Buning uchun din va dunyoviy fanlarning o`zaro munosabatlarini umuminsoniy maqsad va manfaatlar doirasida uyg`unlashtirish imkoniyatlarini topish maqsadga muvofiq. Zero, huquq, axloq, siyosat, madaniyat falsafalarining G`oyaviy-nazariy yo`nalishlarini shu masalani xal qilishga qaratishni umuminsoniy sivilizatsiyaning o`zi taqozo qilmoqda. ХХI asrga kelib, insoniyat G`oyat murakkab, olamshumul muammolar qarshisida to`rganligini anglay boshladi. Хususan, yadro urushi xavfi, keskinlashayotgan ekologik muammolar, xom-ashyo va energetika resurslari, Yer shari aholisining shiddat bilan usib borayotgani, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, soKlikni saqlash, maorif va madaniyatni, fan-texnika va texnologiyani rivojlantirish muammolari yangicha tafakko`rni taqozo qilmoqda. Bu masalani milliy va umuminsoniy falsafiy G`oyalarni, nazariyalarni ishlab chiqmasdan xal qilish mumkin emasligi esa tobora aniq bo`lib bormoqda. Falsafa ijtimoiy hayotda insonning mohiyati, yashashdan ko`zlagan maqsadi, oliy qadriyat ekani, ma’naviy omillari (ideallari), borliqdagi o`rni, munosabatlari sabablari, ruxiy va moddiy extiyojlarini kondirish usul va vositalari — barcha-barchasini kursatib beradi. Jamiyat taraqqiyoti va falsafaning rivojlanishi dialektikasi ana shu xususiyatlarga asoslanib, o`ziga xos tarzda namoyon bo`ladi. Bir tomondan, jamiyatning o`zgarib borish tamoyili falsafiy G`oya, nazariya va ta’limotlar o`zgarishini taqozo qiladi. Ikkinchi tomondan, o`zgarayotgan falsafa jamiyat moddiy-ma’naviy hayot tarzini ilg`ab olib, uning istiqbollarini belgilash, mafko`rasini shakllantirishda nazariy, uslubiy asos bo`lib xizmat qiladi. Ayniqsa, mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga utayotgan bugungi kunda kishilar tafakkuri va ongida saqlanib qolayotgan eskicha fikrlash qoliplarini bartaraf etish, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rag`batlantirish, milliy o`zlikni anglash, istiqlol mafko`rasini shakllantirishda shoshilmay, behuda xis-xayajonlarga berilmasdan, aql-zakovat bilan ish to`tishda falsafaning o`rni va ahamiyati G`oyatda o`lkandir. Falsafa har qanday murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatda ham kishilarni yo`qsak G`oyaviylik, mustaxkam e`tiqod, kelajakka ishonch ruxida tarbiyalash bilan birga, ularga murosa va hamkorlik qilish, chigal muammolarni ham umummilliy, umuminsoniy manfaatlarni nazarda to`tgan holda madaniy va ma’rifiy xal etish imkoniyatlarini topishga yordam beradi. Falsafaning vazifalari (funksiyalari). Bu fanning ijtimoiy fanlar tizimidagi o`rni va ahamiyati uning dunyoqarashni shakllantirish, uslubiy, gnoseologik, evristik, pedagogik-didaktik, prakseologik vazifalari (funksiyalari) bilan belgilanadi. Bundan avvalgi ma’ro`zamizda falsafiy dunyoqarashning genezisi, vazifasi va ahamiyati haqida ancha batafsil to`xtalib o`tgan edik. Ushbu ma’ro`zada esa, unga qo`shimcha qilib, falsafa fan sifatida dunyoqarashni shakllantirish borasida qanday vazifani bajaradi, degan savolga javob topishga harakat qilamiz. Falsafa fanining dunyoqarashni shakllantirish borasidagi vazifasi: - birinchidan, inson qarashlarining shakllanish imkoniyatlari, usul va vositalarini, ularning kundalik ong darajasidan nazariy G`oyalar darajasiga kotarilish jarayonini, mifologik dunyo qarashdan farqlarini; - ikkinchidan, milliy dunyoqarashni shakllantirishdagi turli fan yo`nalishlarining muayyan vazifalarini, ularning bir-biri bilan G`oyaviy hamkorlik qilish va uyg`unlashuv tamoyilini; - uchinchidan, ilmiy dunyoqarashning milliy va umuminsoniy manfaatlarga mos kelishini aniqlashda namoyon bo`ladi. Falsafa fanining uslubiy vazifasini izohlash uchun avvalo uslub (metodologiya) tushunchasini bilib olish lozim. Metodologiya — falsafa fanining tadqiqot ob’ektini o`rganishga yo`naltirilgan eng umumiy tamoyillar, usul va vositalar tizimidir. Metodologiya so`zining mantiqiy mazmuni ham borliqni bilishning usul va vositalari haqidagi ta’limot, degan ma’noni anglatadi. Shu ma’noda falsafa boshqa fanlar uchun metodologiyadir. Falsafaning gnoseologik vazifasi, uning borliqni bilish uchun umumiy metodlar tizimini yaratishi bilan bog`liq. Bunda bilimlarning xaqiqiyligi masalasi asosiy o`rin tutadi. Falsafaning gnoseologik funksiyasi, ong va dunyoni bilish masalasiga bag`ishlangan ma’ro`zalarimizda ancha batafsil ma’lumotlar berish ko`zda tutilgan. Falsafaning evristik funksiyasi («evrika» grekcha so`z bo`lib, kashf etish, degan ma’noni anglatadi) gnoseologik vazifasi bilan bog`liq bo`lib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojlanishining umumiy yangi qonuniyatlarini kashf etishni harakterlaydi. Shu bilan birgalikda bu funksiyaga o`zini o`zi anglashni, milliy o`zlikni anglashni ham kiritish maqsadga muvofiq. Zero, inson va millatning o`zligini anglashi o`z tarixining xaqqoniy qirralarini va kelajak istiqbollarini kashf etish bilan belgilanadi. Falsafa tarbiyaviy vazifani bajaradi. Insonning ma’naviy barkamollikka yetishishida falsafaning o`rni va ahamiyati kattadir. Хususan, «Axloq falsafasi» kishida yo`qsak axloqiy me’yorlar — vatanparvarlik, mehnatsevarlik, G`oyaviylik, e`tiqod, ijtimoiy-siyosiy faollik va mas’uliyatni xis etish tuyg`ularini tarbiyalaydi. «Huquq falsafasi» huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni, ijtimoiy nazoratning boshqa huquqiy usul va vositalarini nazariy-amaliy jixatlardan ishlab chiqadi. «Тabiatshunoslik falsafasi» ta’lim-tarbiya soxasida o`ziga xos ahamiyatga ega. Insonning tabiatni bilish borasidagi intilishlari mohiyatini yoritadi, tabiatga nisbatan oqilona munosabatni shakllantirib, uni muxofaza qilishning nazariy asoslarini belgilab beradi. Falsafaning praksiologik funksiyasi falsafiy G`oya va nazariyaning ijtimoiy hayotga amaliy tatbiq etilishi bilan izohlanadi. Har qanday amaliy faoliyat mustaxkam ilmiy nazariyaga asoslanmasa, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, falsafaning bu funksiyasi nazariyaning amaliyotga joriy etish uslub va vositalarini aniqlashni ham o`z ichiga oladi. Yuqorida kursatilgan funksiyalarning o`zaro ichki bog`liqligi falsafaning mushtarak umumnazariy va uslubiy ahamiyatini belgilab beradi. Ularning o`ziga xos xususiyatlari hamda ahamiyatini har tomonlama o`rganish inson va jamiyatning ma’naviy kamolotiga nixoyatda katta ta’sir ko`rsatadi. Bu esa o`z navbatida, falsafiy bilimlar tizimini takomillashtirish yo`llarini topish imkonini beradi. Masalaning bu tarzda xal etilishi umuminsoniy sivilizatsiya tamoyillariga ham mos keladi. Sensualizm (lot. sensus — sezgi, his) — bilish nazariyasida sezgilarni bilishning asosiy manbai deb eʼtirof etuvchi yoʻnalish. Bilishning mohiyatini sezgi organlarining faoliyatiga bogʻlab tushuntiradi. S. ratsionalizmga qaramaqarshi boʻlib, hissiy va ratsional bilimlarning oʻzaro aloqadorligi, imkoniyatlarini oʻzicha talkin etadi. S. vakillari bilimlar odamga tugma ravishda berilmagan, u hayotiy tajriba davomida shakllanib, rivojlanib boradi, deb hisoblaydi, ilmiy bilish jarayonida induktiv xulosa chiqarishni deduktiv xulosa chiqarishdan ustun qoʻyadi. S.ning "hislarda boʻlmagan narsa aklda boʻlmaydi" degan asosiy tamoyiliga hissiy bilishlar obʼyektiv dunyo bilan bogʻliq deb hisoblagan materialistlar (P.Gassendi, T. Gobbs, J.Lokk, K.Gelvetsii, D.Didro, P. Golbax va boshqalar) ham, hissiy bilish tashki dunyo bilan bogʻlanmagan, oʻz-oʻzidan mavjud soha deb bilgan idealistlar (J.Berkli, D.Yum) ham qoʻshilganlar. Sharq falsafasi, xususan, Forobiy va Beruniy asarlarida ham sensualistik fikrlar mavjud. S. shuningdek, gedonizm, utilitarizm, emotivizmaa namoyon boʻladi. 20-asr fan falsafasida ham S.ning empirizm yoʻnalishidagi talqinlari uchraydi. Bilish nazariyasida Dekart ratsionalist bo‘lgan, ya'ni aqlni bilishning asosiy vositasi deb hisoblagan. Uning fikricha. Sezgilarimiz va fikr yuritishimizdagi ayrim xatolar mavjud bilimlarga shubha bilan qarashni taqoza qiladi. Bu fikri uchun Dekartni skeptitsizm yoki agnostitsizmda ayblash xato bo‘ladi, albatta. Dekart, Bekon singari, shubhalanishni aniq va chin bilim olishga xizmat qiladigan usul deb hisoblaydi. U quyidagicha mulohaza yuritadi: “Men shubhalanayapman, demak, men fikr yuritayapman”, “Men fikr yuritayotgan ekanman, demak, men mavjudman”. Dekart ilgari surgan bu tezislar, ayniqsa ikkinchisi, uning falsafiy pozitsiyasini tushunish uchun muhimdir. Uning fikricha, inson fikr yuritish orqali o‘zining borlig‘iga ishonadi. Dekart ratsional metodi bilish oldiga bir qancha talablarni qo‘yadi. O‘zining “Metod to‘grisidagi mulohazalar” asarida u quyidagilarni ko‘rsatib o‘tadi: 1) aniq va ravshan bo‘lgan bilimlarnigina chin bilim deb hisoblash; 2) har bir murakkab muammoni qismlarga bo‘lib o‘rganish; 3) ma'lum bo‘lgan va isbotlangan narsalardan noma'lum narsalarga qarab borish; 4) hech bir bo‘g‘inni qoldirmagan holda, muammoni izchil mantiqiy asosda o‘rganish. Dekart falsafiy dunyoqarashiga umumiy baho berib, uning dualistik xarakterga ega ekanligini hamda falsafiy fikrning keyingi taraqqiyotiga katta ta'sir o‘tkazganligini aytish lozim. Ingliz faylasufi Gobbs (1588-1679) Angliyada burjua revolyusiyasi amalga oshirilib, burjuaziya siyosiy jihatdan mustahkam pozitsiyaga ega bo‘lgan davrda yashagan. Burjuaziya bilan yaqinlashib olgan aristokratiya ham mamlakatning ma'naviy hayotida sezilarli rol o‘ynardi. Gobbsning qarashlarida shu davrdagi mamlakatda sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, burjua davlati va tartiblarini mustahkamlashga bo‘lgan urinishlar o‘z ifodasini topgan.Gobbsning asosiy asarlari: “Fuqaro haqidagi ta'limotning falsafiy elementlari”, “Leviafan”. Gobbs Bekon falsafasini sistemaga solgan mutafakkirdir. Uning ta'limotiga ko‘ra, olam moddiy predmetlar yig‘indisidan iborat. Moddiy bo‘lmagan substansiya yo‘q, barcha harakat va o‘zgarishlarining asosi materiyada. Harakat tashqi turtki natijasida hosil bo‘lali.Gobbs bilishning asosini tajribada deb biladi. Bilish g‘oyalar yordamida amalga oshiriladi. Dekartdan farqli o‘laroq, Gobbs goyalarni tug‘ma emas, balki predmet va hodisalarning ongimizda bevosita aks etishidan iborat deb biladi, ya'ni sensualizm ruhida talqin qiladi. Uning fikricha, faqat g‘oyalarning emas, balki butun bilishimizniig manbaini tashqi sezgilar tashkil qiladi. Predmetlar ta'siri natijasida ongimizda boshlangich g‘oyalar hosil bo‘ladi. Ular, o‘z navbatida, aql tomonidan qayta ishlanib (taqqoslash, qo‘shish, ayirish usullari yordamida), predmetlar haqida bilim hosil qilinadi.Gobbs bilish nazariyasida nominalizm pozitsiyasida turadi. Uningcha, g‘oyalar ayrim faktlarni ifoda qiladi. Umumiy xususiyatlar va aloqalar til orqali aks ettiriladi, ular ob'ektiv xarakterga ega emas. Gobbs falsafasida uning davlat va huquq haqidagi ta'limotining ustun turishiga e'tibor berish ham lozim. “Leviafan” asarida u jamiyat taraqqiyotida 2 ta holatni: tabiiy va fuqarolik holatini farq qiladi. Kishilar dastlab tabiiy holatda yashaganlar va tabiatning o‘z-o‘zini saqlash qonuni asosida hayot kechirganlar. Ular kuch ishlatib, zo‘ravonlik qilib, barcha narsalarni bosib olish xuquqiga ega edilar. Buning natijasida, Gobbs fikricha, odamlar bir-birlari bilan to‘qnasha boshlaydi, hammaning hammaga qarshi urushi holati vujudga keladi. Kishilar tinchlikni istab, o‘zaro kelishishiga, shartnomalar tuzishga, o‘zlarining ba'zi xuquqlaridan voz kechib, shaxsiy irodasini bitta kishi yoki bir guruh kishilar ixtiyoriga berishga majbur bo‘ladilar. Shu tariqa, Gobbs ta'limoticha, davlat va huquq vujudga keladi va jamiyatning fuqarolik holatiga o‘tiladi. Uning fikricha, davlatning zng maqbul va mukammal shakli absolyut monarxiyadir. Din va cherkov, ilmiy va axloqiy qarashlar – barchasi davlat hokimiyatining ixtiyoriga bo‘ysungan bo‘lishi lozim.Gobbsning jamiyat haqidagi qarashlari, ayniqsa davlatni, uning kelib chiqishini tabiiy asosda tushuntirishi shu davr uchun progressiv hodisa edi. Gobbsning ijtimoiy-siyosiy va psixologik qarashlari fan va falsafaning keyingi taraqqiyotiga katta ta'sir ko‘rsatdi. Jon Lokk (I632-I704) ning hayoti va ijodiy faoliyati Angliyada ikkinchi burjua revolyusiyasi va undan keyingi davrda kechgan. Bu revolyusiya ingliz burjuaziyasi va yangi dvoryanlarning siyosiy kelishuvi bilan tugab, uning natijasida feodalizm qoldiqlarini tugatish, kapitalizmni taraqqiy ettirish uchun qulay sharoit vujudga kelgan edi. Lokk liberal burjuaziyaning ideologi bo‘lib, o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida Angliyada revolyusiyadan keyin o‘rnatilgan konstitutsion davlat tuzumini yoqlab chikdi. U XVII asrda keng tarqalgan “tabiiy xuquh” nazariyasini rivojlantirdi. Uning ta'limotiga ko‘ra, tabiiy holatdan grajdanlikka o‘tishga va davlatning vujudga kelishiga sabab, tabiiy holatdagi huquqning mukammal emasligidir. Davlat kishilarning o‘zaro kelishuviga muvofiq vujudga kelgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi – inson erkinligi va mulkchilikni himoya qilishdan iborat.Asosiy falsafiy asari “Inson aqli to‘grisida tajriba” bo‘lib, unda Lokk Bekon va Gobbsning bilish haqida ilgari surgan prinsiplarini rivojlantiradi, bilimlar va g‘oyalarning tajribadan kelib chiqishini asoslaydi. Bilish nazariyasida u sensualistik pozitsiyada turadi.Lokk tajribaning 2 ta turini: ichki va tashqi tajribaning mavjudligini aytadi. Tashqi tajriba predmet va hodisalarning inson sezgi organlariga ta'sir qilishidan iborat bo‘lib, uning natijasida sezgi g‘oyalari hosil bo‘ladi. Bu g‘oyalar aql tomonidan qayta ishlanib, murakkab g‘oyalar, tushunchalar hosil bo‘ladi (masalan, go‘zallik, do‘st, butun olam g‘oyalari va shu kabilar). Ichki tajriba (refleksiya) insonning ichki dunyosini, ruhiy kechinmalarini bilishga qaratilgan. Bu tajribani talqin qilishda Lokk insonning tashqi olam bilan bo‘lgan o‘zaro ta'sirini hisobga olmaydi.Tashqi tajriba asosida sezgi g‘oyalari orqali inson predmetlarning sifatini biladi. Ularni Lokk birlamchi va ikkilamchi sifatlarga bo‘ladi. Birlamchi sifatlar (fazo, zichlik, harakat, son, figura kabilar) sezgilarimizda qanday bo‘lsa, predmetlarda ham shunday, ya'ni ular predmetlarning real xususiyatlaridir. Ikkilamchi sifatlar esa (rang, tovush, ta'm va shu kabilar) predmetlarga xos emas, ular sub'ektiv xarakterga ega.Lokk metafizik metodni yaratishda sezilarli rol o‘ynagan. Bekon bilan birgalikda bu metodni tabiyotshunoslikdan falsafa sohasiga olib o‘tgan. Bulardan tashqari ushbu davrda Jon Toland (I670-I722), Spinoza. (I632-I677), Leybnits (I646-I7I6), Jorj Berkli (1685-1753) va David Yum (1711-1776) kabi buyuk faylasuflar o’z faoliyatlarini olib borganlar. Fransuz ma'rifatparvarlari va ularning ta'limotlari Yangi davr falsafiy fikrining muhim yo‘nalishlaridan birini ma'rifatchilik falsafasi tashkil etadi. U G‘arbiy yevropaning ilg‘or mamlakatlarida, xususan Fransiya, Angliya, Germaniyada shakllandi va rivojlandi.Fransuz ma'rifatparvarlarining dunyoqarashi asosan XVII asr fransuz materializmiga asoslangan, jamiyatni tubdan qayta qurish uchun bo‘lgan intilishlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi ijtimoiy qarashlar majmuasidan iborat bo‘lgan falsafiy ta'limotdir.O‘sha paytda yevropa ijtimoiy muhitida keskin burilishlar davri boshlangan edi. Bu bir tomondan, xristian katolik cherkovining jamiyat ustidan hukmronligini yo‘qotgan; ikkinchi tomondan esa, xristian cherkovi mafkurasining o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan, ko‘pchilik tomonidan e'tirof etilgan izchil ta'limotning shakllanib yetilmagan davriga to‘g‘ri keladi. Jamiyatning ilg‘or ziyolilari oldida jamiyatni qanday qilib aqlga muvofiq tarzda qayta ko‘rsa bo‘ladi?, degan savol ko‘ndalang turgan edi. Bunga ular jamiyatning barcha a'zolarini dunyoviy fanlarni o‘qitish orqali erishish mumkin, degan javob berishdilar. Ma'rifatparvarlar fikricha, qurilishi zarur bo‘lgan jamiyat: 1) dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan borishi kerak; 2) davlat ko‘pchilik fuqarolarning xohish-irodasini qonunlashtirib, uni amalga oshiruvchi siyosiy tashkilot bo‘lishi kerak; 3) davlatni dindan, maktabni cherkovdan ajratish prinsiplariga amal qilinishi kerak; 4) jamiyatning bosh tamoyili gumanizm g‘oyalariga mos kelishi kerak edi.Ularning falsafiy ta'limoti bo‘yicha inson – tabiatning bir bo‘lagi. Tabiat o‘z-holicha yashaydi, ya'ni uni hyech kim yaratmagan va uni hyech qanday qudrat yo‘q qila olmaydi.Materiya – tabiatning qurilish materialidir. Tabiatda uning ichki qonuniyati hukmronlik qiladi. Tabiat mexaniq harakat qonunlariga muvofiq harakat qiladi va rivojlanadi. Inson tabiatning mahsuli bo‘la turib, moddiy bo‘lmagan ruh bilan materiyani o‘zida jo qilishi mumkin emas. U to‘la moddiy va tabiat qonunlariga muvofiq harakat qiladi va faoliyat ko‘rsatadi. Insonda moddiy xususiyatlarga hos his qilish qobiliyati mavjud bo‘lib, u tabiatning qolgan qismi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishini, hayotda o‘z o‘rnini topishini ta'minlaydi. Aql xissiyot bilan aynanlashtiriladi (Gelvetsiy) yoki umumiy his qilish jarayoni (Didro) sifatida namoyon bo‘ladi, deb ta'kidlanadi.Inson o‘zi erishgan yutuqlarni saqlab qolish uchun azob-uqubatdan qochishi, lazzat va roxatga intilishi zarur– bu tabiatning umumiy qonuniyatidir, deyiladi.Xristian mafkurasida ta'lim berilganidek inson tabiatan yomon yoki yaxshi bo‘lib tug‘ilmaydi. Insondagi barcha yaxshi yoki yomon xislatlar ijtimoiy muhit ta'siri ostida va bevosita tarbiyaning natijasi ularoq shakllanadi, deb qayd qilinadi. Ularning mafkurasiga muvofiq to‘g‘pi tarbiya topgan kishi a) ma'rifatli, b) me'yor darajasida xudbin bo‘lishi kerak. Unday kishilarda «Yashashni bil, o‘zgalarga ham yashashga imkon ber» tamoyil amal qiladi.Demak, bu tamoyillarga amal qilgan holda, barcha xalqlar va elatlar, ijtimoiy tabaqalar, qatlamlar, umuman barcha fuqarolarning xuquqiy tengligini ta'minlaydigan tuzum barpo qilishga intilib yashash kerak. Ana shunday jamiyatgina har bir fuqaro uchun kam miqdordagi azob uqubat va kerakli darajadagi poxat-farog‘atda yashashni ta'minlashi mumkin. Kishini yaxshi yoki yomon odam qilib tarbiyalash mumkin, deb hisoblaydi Gelvetsiy. Yana bir ma'rifatparvar D.Didro (1713-1784) esa kishida tug‘ma ravishda boshqalarga yordamga intilish mavjud bo‘ladi, o‘z navbatida, bu intilish pirovardida o‘ziga foyda olib keladi, deb hisoblaydi. 1 Ислом Каримов. «Донишманд халіимизнинг мустаµкам иродасига ишонаман» - «Фидокор», 2000 йил 8 июн. 2 Ислом Каримов. «Донишманд халіимизнинг мустаµкам иродасига ишонаман» - «Фидокор», 2000 йил 8 июн. 3 Ислом Каримов. «Донишманд халіимизнинг мустаµкам иродасига ишонаман» - «Фидокор», 2000 йил 8 июн. Download 31.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling