Bilish shakllari va darajalari


Download 25.54 Kb.
bet3/5
Sana09.02.2023
Hajmi25.54 Kb.
#1179003
1   2   3   4   5
Bog'liq
BILISH SHAKLLARI VA DARAJALARI

Тushuncha. Aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish xissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, tahlil qilish, sintezlash, mavxumlashtirish orqali yangi xosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi.
Тushunchada insonning xissiy bilish jarayonida orttirgan barcha bilimlari mujassamlashadi. Тushuncha aqliy faoliyat maxsuli sifatida vujudga keladi. Narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurrok kirib borishda tushuncha muxim vosita bo`lib xizmat qiladi.
Aqliy bilish xissiy bilishga nisbatan ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Aqliy bilishda narsa va hodisalarning tub mohiyatini bilish uchun ulardan fikran o`zoklashish talab etiladi. Masalan, insonning mohiyati uning sezgi a’zolarimiz kayd etadigan kelishgan kaddi-komati, chiroyli koshu ko`zi, ijodkor quli, oyoklari bilan belgilanmaydi. Insonning mohiyati avvalo, uning aql va tafakkurga, yaratish qudratiga, mexr-shafkat xissiga, mehnat qilish, so`zlash qobiliyatiga ega ekanligida namoyon bo`ladi.
Inson tushunchasi o`zida insoniyatning ko`p asrlar davomida orttirgan bilimlarining maxsuli sifatida shakllandi.
Har bir fan o`ziga xos tushunchalar apparatini yaratadi va ular vositasida mohiyatni bilishga intiladi. I. Kantning fikricha, narsalarning mohiyati so`z va tushunchalarda mujassamlashadi. Ya’ni biz so`z va tushunchalarni o`zlashtirish jarayonida biron bir bilimga ega bo`lamiz. Har bir inson dunyoga kelar ekan, tayyor narsalar, munosabatlar bilan bir qatorda tayyor bilimlar olamiga ham kirib boradi. 

Хukm. Aqliy bilish narsa va hodisalarga xos bo`lgan belgi va xususiyatlarni tasdiklash yoki inkor etishni taqozo etadi. Тafakkurga xos bo`lgan ana shu tasdiklash yoki inkor etish qobiliyatiga xukm deyiladi. Хukmlar tushunchalar vositasida shakllanadi. Хukmlar yangi bilimlar xosil qilishga imkoniyat yaratadi, ular vositasida narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurrok kirib boriladi. Shunday qilib, xukm narsa va hodisalarning tub mohiyatini ifodalovchi eng muxim belgi va xususiyatlar mavjudligini yo tasdiklaydi yoki inkor etadi. Masalan, «inson aqlli mavjudotdir», degan xukmda insonga xos eng asosiy belgi - aqlning mavjudligi tasdiklanayapti. Birok inson shunday murakkab mavjudotdirki, uning mohiyati faqat aqlli mavjudot ekanligi bilan cheklanmaydi. Chunki kirKinbarot urushlar, ekologik inqirozlar aqlli mavjudot bo`lgan inson tomonidan amalga oshirildi. «Inson axloqli mavjudotdir». Inson to`g`risidagi hozirgi zamon fanining muxim xulosasi ana shu. 

Хulosa — aqliy bilishning muxim vositalaridan biri, yangi bilimlar xosil qilish usulidir. Хulosa chiqarish induktiv va deduktiv bo`lishi, ya’ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishga yoki umumiylikdan aloxidalikka borish orqali bo`lishi ham mumkin.
Binobarin, tushuncha, xukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muxim vositalaridir. Bunday bilish insondan aloxida qobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va hodisalardan fikran o`zoklashishni, dikkatni bir joyga to`plashni, ijodiy xayolni talab etadi.
Bilishning oliy darajasi 
Download 25.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling