Bilishning mazmun va mohiyati ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/40
Sana19.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1361752
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Bog'liq
5-ma\'ruza matni

Gipoteza 
yangi dalillarning mohiyatini tushuntiruvchi qonun mavjudligi haqidagi asosli taxmindir. Gipoteza 
olimlar tomonidan ilmiy muammoning qo
‘yilishiga sabab bo‘lgan ilmiy dalillarni taxminiy tushuntirish maqsadida ilgari 
suriladi. Gipoteza tekshiriladigan bo
‘lishi lozim, u empirik tekshirish imkonini beruvchi oqibatlarga olib keladi. Agar 
bunday tekshirishning iloji bo
‘lmasa, gipoteza ilmiy jihatdan asossiz hisoblanadi.
Gipoteza formal-mantiqiy qarama-qarshiliklardan xoli va ichki izchillikka ega bo
‘lishi lozim. Gipotezani baholash 
mezonlaridan biri 
– uning mumkin qadar ko‘proq ilmiy dalildan kelib chiqadigan oqibatlarni tushuntirish qobiliyati. Biroq 
ilmiy muammoni qo
‘yish bilan bog‘liq dalillarni tushuntiruvchi gipotezani ilmiy jihatdan asosli deb bo‘lmaydi.
Gipoteza ilgari ma'lum bo
‘lmagan narsalar va hodisalarni, empirik tadqiqot jarayonida hali aniqlanmagan yangi 
ilmiy dalillarning paydo bo
‘lishini bashorat qiladi. Gipoteza mumkin qadar sodda bo‘lishi lozim. U oz sonli asoslar bilan 
ko
‘p sonli hodisalarni tushuntiradi. Unda ilmiy dalillarni va gipotezaning o‘zidan kelib chiqadigan oqibatlarni tushuntirish 
zarurati bilan bog
‘liq bo‘lmagan ortiqcha farazlar bo‘lmasligi kerak. Gipoteza qay darajada asosli bo‘lmasin, u nazariyaga 
aylanmaydi. Shu sababli ilmiy bilishning navbatdagi bosqichi 
– gipotezaning haqiqiyligini asoslash serqirra jarayon bo‘lib, 
mazkur gipotezadan kelib chiqadigan oqibatlarning mumkin qadar ko
‘prog‘i o‘z tasdig‘ini topishi lozimligini nazarda tutadi. 
Shu maqsadda kuzatish va eksperimentlar o
‘tkaziladi, olingan yangi dalillar gipotezadan kelib chiqadigan oqibatlar bilan 
taqqoslanadi. Empirik darajada qancha ko
‘p oqibatlar o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lsa, ularning boshqa gipotezadan kelib chiqish 
ehtimoli shuncha kam bo
‘ladi. Gipotezaning eng ishonarli tasdig‘i – empirik tadqiqot jarayonida gipotezada bashorat 
qilingan oqibatlarni tasdiqlovchi yangi ilmiy dalillarning aniqlanishidir. Shunday qilib, har tomonlama tekshirilgan va 
amalda o
‘z tasdig‘ini topgan gipoteza nazariyaga aylanadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling