Bill Geytsning kitob mutolaasi uchun 4 qoidasi
Bill Geyts bilimi va tirishqoqligi bilan nafaqat o‘zining, balki insoniyatning ham hayotini yaxshilagan biznesmen, jamoat arbobi. U jahonning eng ko‘p kitob mutolaa qiladigan kishilaridan biri sifatida ham nom qozongan. Janob Geyts har yili o‘rtacha 50 ta kitob o‘qiydi. Ya’ni, har haftada bitta kitob! Bill Geyts uchrashuvlarda ham sayyoramizning eng muvaffaqiyatli kompaniyasini yaratishda unga o‘qish va o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi yordam berganini ko‘p takrorlaydi. Uning fikrcha, yaxshi kitob — hayotidagi muhim hodisa. Kitob o‘qishda Bill Geytsning o‘z qoidalari mavjud. Zero, o‘qish bilan uqishning farqi borligini biz ham yaxshi bilamiz. Milliarder yaqinda Quartz nashri bilan suhbatda o‘zining kitob o‘qishda e’tibor qiladigan odatlarini ma’lum qildi. Quyida ularni bayon qilamiz.
1. Kitob hoshiyasiga qaydlar qoldirish.
«O‘qish insondan diqqatni jamlashni talab qiladi. Ayniqsa, ilmiy yoki badiiy bo‘lmagan kitoblarni o‘qish jarayonida sen yangi bilim olasan. Ularni o‘zingdagi qarashlar bilan chog‘ishtirish uchun qayd yozish foydali odat. Qolaversa, yaxshi kitob o‘z sir-asrorini bir o‘qishda fosh qilmaydi. Uni takror o‘qiganing sayin tushunib borasan. Qayd yozish odati keyinchalik ham kitobni varaqlaganingda sahifalardan o‘zing uchun muhim fikrlarni tez va oson topishga yordam beradi. Shuningdek, bu odat o‘quvchida tanqidiy fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi».
2. Boshlagan kitobingni tashlab qo‘yma.
Bill Geyts oxiriga qadar o‘qishga ko‘zi yetmagan kitobni qo‘liga olishdan qochadi. Buning yaxshi tomoni bor — kitobni esga tushganida o‘qish vaqtni behuda sarflashdan farq qilmaydi.
«Ma’nan va ilmiy jihatdan yetuk kitoblarni tanlab o‘qing. Aks holda, bir dasta qog‘oz hayotingizni zaharlashi yoki o‘g‘irlashi mumkin», deydi u.
Milliarderning fikricha. ming yil avval yozilgan kitob uni o‘qimagan odam uchun hali yangi hisoblanadi.
3. Bosma yoki raqamli? Qaysi qulay bo‘lsa, shuni o‘qing.
«Hozircha bosma kitoblar mutolaasi men uchun qulay. Biroq, sekin-asta gadjetlarda ham kitob o‘qishni odat qilmoqchiman», deydi Bill Geyts. Agar sizga mobil qurilmalarda kitob o‘qish qulay bo‘lsa, bu — sizning tanlovingiz. Muhimi — eski po‘stin kiysangiz ham, yangi kitob o‘qishga odatlaning.
Do'stlaringiz bilan baham: |