modda
Soliq solish maqsadida bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan chet el yuridik shaxsi nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb e’tirof etiladi:
- chet el yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etilmaydi; Ya’ni bir shaxs bir vaqtning o`zida ikki mamlakatning soliq rezidenti hisoblana olmaydi.
- O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar chet el yuridik shaxsini nazorat qiluvchi shaxslar hisoblanadi. Bu nima deganiki O`zbekiston Respublikasida chet el kompaniyasini tashkil etgan yuridik shaxs ustidan nazoratni faqatgina O`zbekiston Respublikasi soliq rezidentigina amalga oshira oladi.
Nazorat qiluvchi shaxslari O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaxs bo‘lgan, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari ham nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb e’tirof etiladi.
Investitsiya fondining (pay fondining yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirish boshqa shaklining) boshqaruvchi kompaniyasini O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etish o‘z-o‘zidan ushbu qismda ko‘rsatilgan shaxs o‘zi uchun nazorat qiluvchi shaxs bo‘lgan ushbu investitsiya fondini (pay fondini yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shaklini) nazorat qiluvchi kompaniya deb e’tirof etishga asos bo‘lmaydi. Mazkur fondlar (jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shakllari) boshqaruvchi sheriklar yoki o‘zga shaxslar tomonidan boshqarilgan taqdirda ham shunday qoidalar qo‘llaniladi.
Endilikda nazorat qila oladigan shaxs bo`la olishi uchun qandey savol va standartlarga javob berishi kerak degan savolga esa soliq kodeksining 40-moddasida javob topishimiz mumkin
40-modda
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq solish maqsadida quyidagilar chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari deb e’tirof etiladi:
- chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi 25 foizdan ortiqni tashkil etadigan, O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etiladigan yuridik yoki jismoniy shaxs; Ya`ni shu kompaniyaning
Do'stlaringiz bilan baham: |