Bilvosita soliqqa tortish fanidan o`quv tadqiqot loyihasi Qabul qildi: A. Raxmonov Tayyorladi: Sh. Tursunboyev


Download 33.44 Kb.
bet5/6
Sana13.04.2023
Hajmi33.44 Kb.
#1351264
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bilvosita soliq oraliq word

204-moddasida barcha tartib tamoyillari ila belgilab qo`yilgan.


204-modda. 
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar ushbu chet el kompaniyasiga nisbatan quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilsa, ushbu modda qoidalari hisobga olingan holda, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi:
- u o‘zi tashkil qilingan chet davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq notijorat tashkiloti bo‘lib, olingan foydani (daromadni) aksiyadorlar (ishtirokchilar, ta’sischilar) yoki boshqa shaxslar o‘rtasida taqsimlamaydigan bo‘lsa;
- u aktiv chet el kompaniyasi yoki aktiv chet el xolding kompaniyasi bo‘lsa;
- ushbu chet el kompaniyasi uchun daromadlarni (foydani) bunday kompaniya doimiy joylashgan davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq moliyaviy yil uchun moliyaviy hisobot tuziladigan davr yakunlari bo‘yicha ushbu Kodeksning 207-moddasiga muvofiq aniqlanadigan soliq solishning samarali stavkasi ushbu Kodeksning 337-moddasi 12-bandida ko‘rsatilgan foydadan olinadigan soliq stavkasi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etsa;
- u chet davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq bank yoki sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya yoxud boshqa maxsus ruxsatnoma asosida faoliyat yuritadigan bank yoki sug‘urta tashkiloti bo‘lsa.
Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida ko‘rsatilgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar bunday chet el kompaniyasi doimiy joylashgan davlat (hudud) ushbu Kodeksning 181-moddasida nazarda tutilgan ofshor yurisdiksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lsa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismi va 4-bandlarida ko‘rsatilgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar O‘zbekiston Respublikasi bilan soliq solish masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomasi mavjud bo‘lgan davlat (hudud) bunday chet el kompaniyasi doimiy joylashgan yer bo‘lsa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini aktiv chet el kompaniyasi yoki aktiv chet el xolding kompaniyasi deb e’tirof etish qoidalari ushbu Kodeksning 
Download 33.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling